Bill Geyts haqida siz bilmagan 13 ta fakt
Ko‘pchilik Bill Geyts haqida quyidagi uchta ma’lumotnigina biladi xolos:
1. U dunyodagi eng boy odamlardan.
2. U dunyodagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri Microsoft'ga asos solgan.
3. U juda ham saxiy filantrop bo‘lib, Bill & Melinda Gates Foundation fondiga asos solgan.
Biroq Bill Geyts haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bu bilan chegaralanib qolmagan, albatta. Quyida siz milliarder haqida bilmagan 13 ta ma’lumotni keltirib o‘tamiz.
1. O‘smirlik paytlari Lakeside Prep School maktabida o‘qib yurgan kezlari Geyts General Electric kompyuterida o‘zining ilk kompyuter dasturini yozadi. Bu kompyuterga qarshi o‘ynash mumkin bo‘lgan «X–0» o‘yni edi.
2. Geytsning dasturlash borasidagi qobiliyatlarini sezgan maktab ma’muriyati unga o‘quvchilarning dars javdalini tuzuvchi kompyuter dasturini yaratishga ruxsat beradi. Geyts ayyorlik ishlatib, o‘zini sinfda qiziqarli qizlar ko‘p bo‘lgan darslarga yozib qo‘yadi.
3. O‘smirlik payti Geyts, shuningdek, butunboshli Jahon Ensiklopediyasi Kitobini ham o‘qib chiqqan.
4. Amerika oliygohlariga kirish uchun topshiriluvchi SAT imtihonida Geyts maksimal 1600 balldan 1590 ball to‘plagan.
5. Boshqa ko‘plab texno-biznesmenlar singari Geyts ham universitetdagi o‘qishini tashlab ketgan. U bor vaqtini Microsoft'ga sarflash uchun 1975 yilda Garvard Universitetidan ketgan.
6. Garvarddan ketganidan ikki yil o‘tib Geyts Nyu-Meksiko shtatida qamoqqa olinadi. U haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqaryotgan va qizil chiroqda to‘xtamasdan o‘tib ketgan edi.
7. Microsoft'dagi xodimlarning ishga kelish va ketish vaqtlarini o‘zi uchun kuzatib turish maqsadida Geyts ishchilar avtomobili raqamini eslab qolardi. «Kompaniya kattalashib borishi bilan bunga e’tibor bermay qo‘ydim», deydi Geyts.
8. Avtomobillar haqida gap ketganda aytish kerakki, Geyts juda katta Porsche avtomobillari kolleksiyasiga ega. Ular orasida eng ko‘zga tashlangani Porsche 959 sportkaridir. Geyts bu mashinani AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi yoki AQSh Transport vazirligi yo‘lda minishga ma’qullashidan 13 yil oldin sotib olgan.
9. Geyts samolyotda uchishiga to‘g‘ri kelsa, eng arzon chiptalarni xarid qilardi. Hozirda esa u o‘zining 1997 yilda sotib olgan samolyotida parvoz qiladi va bu xaridni «o‘ta katta keraksiz xarajat» deb ataydi.
10. Samolyotdan tashqari Geytsning eng katta xaridlaridan biri Codex Leicester, ya’ni Leonardo da Vinchining qo‘lyozmalari kolleksiyasi hisoblanadi. U bu qo‘lyozmalarni 1994 yilgi auksionda 30.8 milliom dollarga sotib olgan.
11. O‘zi milliarder bo‘lishiga qaramay, Geyts farzandlarining har biri «atigi» 10 million dollar merosga ega bo‘lishini aytadi. «Bolalarga o‘ta katta miqdorda pul qoldirish ularga qilingan yaxshilik emas», deya fikrlaydi Geyts.
12. Geytsning ta’kidlashicha, u yiliga 50 ta kitob o‘qiydi. «O‘qish hanuzgacha men ham yangi narsalar o‘rganadigan, ham o‘z tushunchalarimni sinovdan o‘tkazadigan usuldir», deydi u.
13. Geyts hech qaysi xorijiy tilni bilmaydi. Aytishicha, bu u hayotda eng ko‘p afsuslanadigan kamchilikdir.
2 LIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH.
Ma'lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari quyidagicha bajariladi:
Endi yuqoridagi jadvallar yordamida ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarishga doir misollar ko'ramiz.
Kompyuter xotirasi o'lchov birliklari:
1 Bit = Binary Digit (eng kichik)
8 Bit = 1 Bayt
1024 Bayt = 1 KB (kilo bayt)
1024 KB = 1 MB (mega bayt)
1024 MB = 1 GB (giga bayt)
1024 GB = 1 TB (terra bayt)
1024 TB = 1 PB (peta bayt)
1024 PB = 1 EB (ekza bayt)
1024 EB = 1 ZB (zetta bayt)
1024 ZB = 1 YB (yotta bayt)
1024 YB = 1 Bronto Bayt
1024 Bronto Bayt = 1 Geop Bayt
Geop Bayt - eng yuqori xotiradir.
Do'stlaringiz bilan baham: |