Bilish va o‘z-o‘zini anglash. Inson voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga ham ega.O‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |