haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo’ladi.
ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo’ladi). Masalan, agar biz O’zbekistonda dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg’ir yog’ayotganini ko’rasiz. Siz: «Yomg’ir yog’yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto’g’riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |