Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichi yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir. - Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichi yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir.
- Hayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Hayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo’shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat hayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. huperbo1ye bo’rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «schema» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «tupos» iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o’xshatma muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
- Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko’rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro’yrost yaxlitlashtirish imkoniyati yo’q xilmaxil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi.
- Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki hayoliy kompozitsiyasi to’qib chiqariladi (lotincha sotrozSho tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuligo’yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o’tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar.
- Giperbolizatsiya fenomeni hayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini o’zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o’xshash psixik jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat haddan ziyod kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqsek kichik balo, uydek tuxum, tog’dek pahlavon, tarikdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqsorini ko’paytirish yoki ularning o’rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan, yetti boshli ajdarlar, ko’pqo’lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to’sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |