Reja:
Bilish jarayonlari
Sezgilarning inson hayotidagi o’rni
Bilish faoliyati psixik bilish jarayonlari
Bilish jarayonlari - Bilish jarayonlari talabalar uchun ta’lim jarayonidagi vaziyatlarni va o‘quv materiallarini bilishninng asosi bo‘lib xizmat qiladi. Insonga uni o‘rabturgan tashqi olamni va o‘z-o‘zini bilib olishga imkon beruvchi psixologik jarayonlarga bilish jarayonlari deyiladi.
- Psixik jarayonlar – har xil shakldagi psixik hodisalarning dinamik aks ettirilishidir. Psixik jarayonlari – bu boshlang‘ich, rivojlanish va tugallanish reaksiyalariga ega bo‘lgan psixik hodisalarning oqimi(kechishi)dir. Bunda inson psixik faoliyatining uzluksizligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir hodisa yangi jarayonning boshlanishi va tugallanishi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi (kayfiyat va samimiylik).
- Psixik jarayonlar quyidagi xususiyatlarga ega: bilish xususiyati: sezgi, idrok, diqqat, xotira, Xayol, tasavvur, tafakkur va nutq jarayonlarining psixologik mohiyati; hissiy(emotsional) xususiyati: faol va sust qabul va o‘zatish; irodaviy xususiyati: qaror qabul qilish, uni bajarish, zo‘riqish va
- Psixik jarayonlar inson faoliyati va xulq-atvorini nazorat qilish, bilimlarni shakllantirishni ta’minlaydi. Murakkab psixik faoliyatda bir nyecha bilish jarayonlari birlashadi va ongning yaxlitligini tashkil etib, bir necha faoliyatni amalga oshirishga va haqqoniy aks ettirishga xizmat qiladi.
Bilish jarayonlari uch xil darajada aks ettiriladi: - 1-daraja- sezgilar, idrok va diqqat- hissiy bilish darajasidir. Bu buyumlardagi sifat va xususiyatlarni to‘g‘ri aks ettirishga yordam beradi.
- 2-daraja- xotira,tasavvur va Xayol- atrofdagi voqelikni psixologik aks ettirishning murakkab shaklidir.
- 3-daraja- tafakkur va nutq – bilishning oliy darajasi bo‘lib, murakkab aloqa va munosabatlarni aks ettirish shaklidir
Bilish faoliyati psixik bilish jarayonlari Bilish faoliyati psixik bilish jarayonlari va psixofiziologik reaksiyalar asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham turli mashg‘ulotlarni olib borish davomida talabalardagi bilish jarayonlarini rivojlantirishga harakat qilish lozim. Bilish jarayonlari yaxlit tizimga ega bo‘lib, biri ikkinchisisiz ro‘y bermaydi.Lekin biz bilish jarayonlarini o‘rganish uchun ularni alohida-alohida tarzda o‘rganib chikamiz. Bilish sezgilardan boshlanadi - Bilish sezgilardan boshlanadi. Sezish tashqi qo‘zg‘atuvchilarning tana yuzasiga, aniqrog‘i , u joyda joylashgan nerv tolalariga ta’sir etishi natijasija paydo bo‘ladigan nerv qo‘zg‘alishidir. Sezgi orqali narsalarning rangi, shakli, mazasi, vazni, hidi, tovushlari va hokazolarni aks ettirish mumkin.Umuman, sezgi – bu sezgi organlariga bevosita ta’sir etayotgan buyum va hodisalardagi sifat hamda xususiyatlarning inson ongida aks etishidir.
- Sezgilarning fiziologik mexanizmi sezgi organlarining murakkab faoliyatidir.Buni rus fiziologi I.P.Pavlov tahlilatorlar deb atadi va bu haqda o‘z ta’limotini yaratdi.
Sezgi turlari - Sezgi turlari: ko‘rish,eshitish,hid bilish, ta’m bilish,teri tuyush,organik va muvozanat sezgilari mavjud. Ko‘rish sezgilari : insonning tashqi olamni bilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib,buyumlarning rangi, o‘lchami,hajmi va qanday masofada turganligini bilib olishda muhim ahamiyatga ega.
- Uzoqdagi yoki mayda narsalarni ravshan ko‘rish qobiliyati ko‘zning o‘tkirligi deyiladi. Buni aniqlash uchun har xil jadvallardan foydalaniladi. Odatda balandligi 7 mm.ga teng bo‘lgan bosma harflarni 5 metr masofadan turib kamida uchtasini aniq ko‘rish ko‘zning o‘tkirligini isbotlaydi.
- Teri tuyush(kinestik) sezgilar teri va harakat sezgilarini bir-biriga qo‘shib, buyumlarni paypaslab ko‘rish, ushlab, tutib ko‘rish natijasida hosil bo‘lgan sezgidir.Teri tuyush sezgisi aniqlikni talab etadigan jarayonlarni bajarishda muhimdir. (O.I.Skoroxodova – ko‘r ayolning omma oldidagi chiqishi. Ko‘zi ko‘r odamlar o‘zlarining tanishlarini qadam tashlashidan, turli narsalarni xididan bexato tanib olishadi).
Sezgining quyidagi qonuniyatlari mavjud: - Sezishning quyi va yuqori chegarasi. Aynan shu chegaralarda sezgi organi tashqi ta’sirlarni qabul qiladi. Sezishning quyi chegarasi qanchalik past bo‘lsa, sezuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi va uning aksi (mas.:yaxshi yoki yomon ko‘rgan duximiz).
- Segining farqlash chegarasi. Ikkita qo‘zg‘atuvchining kuchi va sifati bir xil bo‘lganda bir ta’sirni farqlaymiz.(qish kunida quyoshning qizdirishi tufayli etik yoki paltoning og‘irligi).
- Sezgining ko‘nikish chegarasi. Kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda sezgirlik asta –sekin ortib boradi va uning aksi. Sukunatda tovushni yaxshi eshitish, yaxshi yoritilgan xonada buyumni aniq ko‘rish, charchagan ko‘z sezuvchanligini yo‘qotishi.
Xulosa Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid jahon psixologiyasi fanida ko'plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-sepsiyalar, o'xshash qarashlar, puxta pozitsiyalar, xilma-xil yonda shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizmlari, muayyan o'ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta'min-lovchi shart-sharoitlar, harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirchanlik imkoniyati rang-barangligi tufayli onitogenetik davrning xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritishning o'zi yetarlidir. E’tiboringiz uchun tashakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |