BILISH JARAYONLARI HAQIDA
REJA
Diqqat psixodiagnostikasi
Xotira psixodiagnostikasi
Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov
v Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari
Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Xayolni diagnostika qilish metodlari
- Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va Hzlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual µislar maµsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish eµtiyoji tariqasida namoyon bo’ladi.
- Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
- Diqqatning barkarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
- Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
- Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
- Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob`ektdan ikkinchi ob`ekta ko’chirish.
- Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
- Xotira - aks ettirilgan narsa va µodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo’lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.
- Diqqat psixodiagnostikasi
- Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Psixologiya bo‘yicha mavjud o‘quv qo‘llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‘rganish metod va metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986).
- Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |