Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdan iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida avvalo insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish va shu bilan bir qatorda barkamollikka intilish, tabiat va jamiyatning insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Har qanday fan – fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
Bilish predmeti deganda biz bilish subyekti(inson)ning aktiv faoliyati yunaltirilgan bilish obyektini va uning ayrim sohalari va tomonlarini tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |