Mantiqiy bilish - inson borliqni aqliy bilishidir.
Nazariya - haqiqatligi amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid ma’lum g‘oyalar, qarashlar, qonunlar va printsiplarni muayyan tizimi tushuniladi.
G‘oya – hodislarni fikrda ifoda etishning formalaridan biri bo‘lib, kelgusida batafsilroq shaklga keltiriladigan bilimning mohiyati va asosiy mazmunini anglashni o‘z ichiga oladi.
Tushuncha - predmetning muhim umumiy, zarur aloqalarini va xossalarini aks ettiradi.
Gipoteza — haqiqiyligi aniqlanmagan ilmiy taxmin yoki farazdir. Gipoteza, bu – fanda o‘rtaga qo‘yilgan savolga javob berishga intilib, bildirilgan fikrlar tizimidir. Shu bilan birga bu fikrlar faktual emas balki nazariy xarakterga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |