Falsafiy bilishning boshqa vositasi - intuitsiyadir. Uning bilishdagi ahamiyatini xitoy mutafakkiri Van Yanmin, fransuz faylasufi A.Bergson va boshqalar ta'kidlagan. Mantiqiy tuzilish hali o‘z-o‘zidan kashfiyotni ta'minlamaydi. Shunga bog‘lab, taniqli kanadalik faylasuf M.Bunge yozgan edi: «Faqat bitta grammatikaning o‘zi hyech kimni poema, garmonika nazariyasi esa - simfoniya yaratishga ilhomlantirmaganidek, mantiqning o‘zigina hyech kimni yangi g‘oyaga olib kela olmaydi. Mantiq, grammatika va musiqa nazariyasi bizga formal xatoliklar va muvofiq fikrlarni topish imkonini beradi, biroq ular bizni «tub mohiyat» («substansiya») - porloq g‘oyalar, yangi nuqtai nazar bilan ta'minlamaydi».4 Bunday g‘oya va nuqtai nazarlarni intuitsiya orqali hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |