PRODUKSION TIZIMLARDA XULOSANI BOSHQARISH Boshlovchi mexanizm o'z ichiga maqsadlar daraxtini va bazali yechimni qidirish strategiyasini oladi. Boshlovchi mexanizm ikki komponentdan iborat:
O'z xulosasini o'zi amalga oshiradi.
Bu xulosani boshlaydi.
Xulosa komponenti mavjud faktni ishchi xotiradan ko'rib chiqib, qoidalarning to'g'ri yoki noto'g'riligini ta'kidlaydi. Berilgan komponent informatsiya tanqisligi sharoitida ishlashi zarur. Chunki, ichkaridan eshitmagan faktlarni har doim ham ko'chirish imkoniyati bo'lmaydi. Boshlovchi komponent qoidalarni ishlatish tartibini aniqlaydi hamda shu bilan birga ishning davom ettirilishi natijasida nazarda tutiladigan faktlarni aniqlaydi. Boshlovchi komponentlar 4 ta omildan iborat:
Taqqoslash. Bunda namunaviy qoida mavjud omillar bilan taqqoslab ko'riladi.
Tanlash. Agar muayyan vaziyatda bir necha qoidalar ishlashi mumkin bo'lsa, u holda ular ichida beriladigan mezon bo'yicha mosrog'i tanlab olinadi. Bu esa muammoning hal etilishi deyiladi.
Ishlatilish. Agar namunaviy qoida taqqoslash jarayonida ishchi xotiradagi faktlar bilan mos kelsa, u holda qoida ishga tushadi.
Harakat. Ishchi xotira o'zgarishga duch kelgan holda yangi ishlangan qoida yordamida qo'shimchalar kiritish va xossalarning. kiritilishi harakat deyiladi.
Interpretator siklik tarzda ishlaydi.
EKSPERT TIZIMLARNI YARATISH TILLARI • Instrument sifatidagi dasturlashtirish tili
• ET larni qurishning yordamchi muhitlari
INSTRUMENT SIFATIDAGI DASTURLASHTIRISH TILI Funksional qulayliklariga ko'ra instrumentli muhitni asosiy va yordamchi muhitlarga bo'lish mumkin. Asosiy muhit ET komponentlarini yozish uchun mo'ljallangan tilni va shu tilni qo'llab-quwatlaydigan tizimli dasturlashni anglatadi. Yordamchi muhit ETning biror komponentini qayta ishlash yoki tekshirish-ning alohida bosqichini so'rash uchun mo'ljallangan. ET dagi ishlar uchun qo'llaniladigan dasturlash tillari — bu ПACKAЛ, ФOPTPAH yoki matnni qayta ishlaydigan ЛИСП va ПРОЛОГ kabi muammoli-mo'ljallash tillaridir.
Muammoli — mo'ljallash tili ilmiy matematik va statistik izlanishlardagi maxsus sinfli vazifalar uchun mo'ljallangan. Matnlarni qayta ishlash tili sun'iy intellektning amaliy sohalari uchun mo'ljallangan. Tahrir qilish va xotirani avtomatik boshqarish belgilarini oson boshqarish, shuningdek, dastur namoyishiga bir marotaba kirish imkoniyatiga ega. ЛИСП ikki versiya ИНТЕРЛИСП va МЕКЛИСП (har xil qo'llab-quvvatlash muhitiga ega) da namoyon bo'ladi. ЛИСПga qulay dasturlash tillari ET yaratuvchisiga egiluvchanlikni namoyish qiladi, lekin unga bilimni qanday ko'rsatishni yoki bilimlar bazasiga kirish mexaniz-mini qanday qurishni ko'rsatmaydi.
Injenerlik bilim tillari kam egiluvchanlikka ega, tizim yaratuv-chisi chiqish mexanizmi yordami bilan boshqarish sxemasidan foydalanishi kerak. Injenerlik tillarini sklet yoki universal bo'limlarga ajratish mumkin. Sklet tili — bu maxsus bilim predmetlarisiz (KAK, EMYCIN, EXPERT) «ajratilgan» ET lardir. Skletli tizimlar chiqarishning tayyor mexanizmi va bilimni strukturalashni ta'minlaydi. Ular faqat muammoning tor sinfiga ishlatiladi va ET yaratuvchisining imkoniyatini chegaralaydi. Universal tizimlar har xil amaliy sohalardagi turli tipdagi muammolarga mo'ljallangan. Ular ma'lumotlarni qidirishni va ularga kirishni boshqarish imkoniyatini sklet tizimlarga nisbatan oshirish imkonini beradi.