Aim.uz
Bilimlar bellashuvi ixtisoslashgan 7-sinflar uchun. 1- variant
1. Quyidagi voqealar orasidan qaysi birining farqi yarim asrni tashkil etadi?
A) Kambiz Misrni bosib olishi va Plateya jangi
B) Kir II ning massagetlar ustiga yurishi va Fermopil jangi
C)Makedoniyalik Aleksandrning Hindistonga yurish boshlashi vaAntioxning hukmronligining boshlanishi
D)Yunon Baqtriya hukmdori Demitreyning hukmronligini boshlanishi va U Dining hukmronligining
boshlanishi
2. Angliyadagi “Qizil va oq gullar” urushidagi hal qilivchi jang qayerda bo’lib o’tgan?
A) Yorkda B) Bristolda C) Bosvortda D) Londonda
3. O’rta Osiyolik mashhur olimlar yaratgan qaysi asarlar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan ?
1. Al-qonun fit-tib 2. Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum 3. Al- jabr val-muqobala
4. Kitob surat ul-arz 5. Kitob at-Tavhid A. 1,2,3 B. 1,3,4,5 C. 2,3,5 D. 1,3
4. O’rta Osiyoda qachondan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaldi?
A. IX asr B. XI asr C. X asr D. XII asr
5. Aynan bir asrda bo’lgan voqealar berilgan qatorni toping?
A) Xitoyda Xanlin akademiyasiga asos solindi, Italiyada Rim papalari davlati tashkil topdi
B) Xitoyda U Day sulolasining hukmronligi, Fransiyada yangi o’zlashtirilgan yerlarda dehqonlar
qaramligining bekor qilinishi
C) Musulmon adabiyotidagi asarlar arab tilidan fors tiliga tarjima qilish boshlandi, Xitoyda poroxdan harbiy maqsadlarga foydalanish boshlandi
D) Xalifa Xorun ar-Rashid saroyida “Bayt ul-hikma” tashkil topdi, Muqaddas Rim imperiyasiga asos solindi
6. Amudaryo xazinasi topilgan yildan 2211 yil avval bo’lgan voqeani aniqlang?
A) Xeroniya yaqinida makedonlar yunonlar qo’shinini tor-mor etdi
B) Xitoy imperatori U Di Chjan Syanni Dovonga jo’natdi
C) Aleksandr Sharqqa yurish boshladi
D) Spetamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo’lib o’tdi
7. Qaysi hudud yerlari juda hosildor, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirib, paxta va sholi ekkan?
A) Tohariston B) Farg’ona C) So’g’d D) Choch va Eloq
8. Rim imperatori Troyan davrida yuz bergan voqealarni belgilang?
1. Dunay daryosi bo’yida yashovchi daklar bilan urushlar olib bordi
2. Imperator Senat va Xalq majlisiga hisobot bermay qo’ydi
3. Suriya va Mesopotamiya hududlari bosib olindi
4. Parfiya bilan urushda muvaffaqiyat qozondi 5. Senatorlar soni qisqartirildi
6. hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslar tayinlandi
7. Parfiya bilan tinchlik sulhi tuzildi
A) 1.3.4. B) 2.3.5. C) 1.3.5.7 C) 1.2.4.6
9. Xunlar Italiyaga bostirib kirganidan 374 yil oldin va 240 yil keyin tarixda qanday voqealar sodir bo’lgan?
A) Xitoy imperatori U Di vafot etdi-Arablarning yagona davlati tashkil topdi
B) Kushon podsholigida Kanishka podsholigi boshlandi – Abu Bakr xalifalik davri tugadi
C) Kushon podsholigida Kanishka podsholigi boshlandi – Tug’shoda Buxoro taxtiga o’tirdi
D) Rimda Kaligula hukmronligi davri boshlandi – Xorun ar-Rashid xalifalik taxtiga o’tirdi
10. Xitoyda miloddan avvalgi II ming yillik oxirida qanday voqea sodir bo’ldi?
A) Shan yerlariga qo’shni Chjou qabilasi bostirib kirib , yangi “Chjou” davlatiga asos solindi
B) Xitoy hududidagi shahar davlatlar yagona “Shan” davlatiga birlashdi
C) Xitoy tarixidagi “Ko’p podsholiklar” yoki “Kurashayotgan podsholiklar davri ” boshlandi
D) Xitoyda bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tildi
11. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o’yinlari man qilinishiga sabab ….
A) Odamlarning qashshoqligi B) Adolatsizliklar ko’p bo’lganligi
C) Homiylarning kamayib ketishi D) Xristian dini tarqalishi
12. Qaysi alloma mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’plagan?
A. Mahmud az-Zamaxshariy B. Beruniy C. Al-Xorazmiy D. Motrudiy
13. "Metofizika" kimning asari? A) Ibn Sino. B) Arastu. S) Farobiy. D) Arximed.
14.Tasavvuf ta’limoti asosida nima yotadi ?
A) Insonni mukamlika intilishi B) inson faoliyati va uning kamoloti
C) Islom dini D) Islomiy ta’lim-tarbiy
15. Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo’lgan alloma kim?
A) Imom al-Buxoriy B) Burhoniddin al-Marg’iloniy
C) Iso at-Termiziy D) Abu Mansur al-Motrudiy
16. Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan hokimlik?
A) Choch B) Toxariston C) Farg’ona D) So’g’d
17.Tasavvufning quydagi qaysi tariqati insonlarni halol va pok bo’lishga,o’z mehnati bilan kun
kechirishga,muhtojlarga xayr-ehson berishga,sofdil va kamtar bo’lishga chaqiradi ?
A.Naqishbandiya B) Kubraviya C) Yassaviya D) Motrudiy g’oyalarida
18.O’zbeklar alohida etnik birlik birlik bo’lib,quydagi qaysi mintaqalarda shakillangan ?
A) Movarounnahr,Xorazm, Sharqiy Turkiston,Surxon vohasid
B) Movarounnahr,Xorazm,Yettisuv,Sharqiy Turkistonnig g’arbida
C) Sharqiy Turkiston,Xuroson,Movarounnahr,Zarafshon vohasida
D) Xorazm,Xuroson,Movarounnahr,Surxon voxasining g’arbiy hududlarida
19. Moskva shahrini asoschisi kim?
A) Yaraslav Donishmand B) Ivan Grozniy C) Vladimir Monomax D) Yuriy Dolgorukiy
20. Qadimgi tarixchilarning yashagan davri bilan moslashtiring?
1. Geradot 2. Sim Syan 3.Strabon 4.Arrian 5. Kvint Kursi Ruf
a) mil II asr b) mil I asr c) mil avv V asr d) mil avv I asr e) mil avv II asr oxiri I asr boshlari
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b
C) 1-c, 2-d, 3-e, 4-a, 5-b D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b
21.O’rta Osiyoning antropologik qiyofasi to’liq shakillangan davrni aniqlang ?
A) Milodiy IV-V asrlarda B) IX-asrda C) Mil.avv III asrda D) VII-asrda
22. Shumerliklarning ixtirolari berilgan qatorni toping?
A) Sanoq tizimi, oromiy yozuvi, oy taqvimi B) Sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimi
C) Sanoq tizimi, oy taqvimi, oqomiy yozuvi D) Sanoq tizimi, Quyosh taqvimi, yulduzlar jadvali
23. Abulxayr ibn Hammor yashab o’tgan yillarni aniqlang?
A. 991-1048 yy B. 970-1011 yy C. 970-1034 yy D. 973-1048 yy
24. Nechanchi asrga kelib Afinani idora qilishda oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo’lgan?
A) Mil avv VII asrda B) Mil avv IV asrda C) Mil avv V asrda D) Mil avv VI asrda
25. Karfagen shahar davlati qaysi davlat koloniyas bo’lgan?
A) Finikiya B) Yunoniston C) Makedoniya D) Ossuriya
26. Voje daryosi bo’yida jang bo’lgandan 102 yil o’tib quydagi qaysi voqea bo’lib o’tadi?
A. Qunduzcha jangi bo’lib o’tdi B. Konstantinopol turklar tomonidan olinadi
C. Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortdi
D. Usmoniylar sultoni Mexmet II hukmronligi tugadi
27. Xatolikni aniqlang? A. diniy-ritsarlik ordeni a`zolarining asosiy vazifasi urush edi
B. Uchinchi salib yurishiga sabab Musulmon hukmdorlarining Sharq va Jahub tomondan
salibchilarning siqib kelishi edi
C. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo`lgan
D. Tampliyerlarordeni a`zolari harbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan
28.O’rta Osiyolik Mashhur olimlar va ularning asarlari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
1) Burhonuddin al-Marg’inoniy 2) Ahmad Farg’oniy 3) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy
4) Muso al Xorazmiy 5) Abu Rayhon Beruniy 6) Ahmad Yugnakiy
a) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” b) “ Hibat ul-haqoyiq” s) “Kitob surat ul-arz
d) “Hidoya” e) “Geodeziya” j) “Al-Mufassal”
A) 1-d, 2-a, 3-j, 4-s, 5-e, 6-b, B) 1-s, 2-e, 3-j, 4-d, 5-a, 6-b,
S) 1-b, 2-s, 3-e, 4-a, 5-j, 6-d, D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-s, 5-e, 6-j,
29. XII asrda qayerda donishmandlar uchun maxsus “Faqihlar madrasasi” qurilgan?
A) Samarqandda B) Buxoroda S) G’ijduvonda D) Bog’dodda
30. Kimning asarlarida diniy ta'limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining
shakllanishi mohiyati talqin etilgan?
A. Imom al-Buxoriy B. Beruniy C. Al-Xorazmiy D. Motrudiy
31. MDHni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad…
32. Bir tonna paxta xomashyosidan necha kg chigit olinadi?\
33. Saklar qabila-ittifoqiga birlashganda davrda Hindistonda qanday voqea sodir bo`lgan?
34. Toshkentdagi “Minor” masjidi qachon barpo etilgan?
35. “Bolalar tinchlik haykali” qaysi davlatda barpo etilgan?
36. Arablar qaysi hududlarni Xuroson deb atashgan?
37. O`rta asrlarda qo`zg`alon rahbarlaridan qaysi biri aqlli, savodli va tadbirkor kishi bo`lgan?
38. Qachonga kelib Arab xalifaligi markazida toju-taxt uchun kurashlar boshlangan?
39. Dunyoda birinchi alifboni qaysi xalq yaratgan?
40. O’z maqsadiga erishish yo’lida eng keskin choralarni qo’llashga tarafdorlik- nima deb ataladi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |