Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar haqida Reja


EKSPERT TIZIMLARNI YARATISH



Download 213,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana17.01.2022
Hajmi213,01 Kb.
#381938
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar haqida

EKSPERT TIZIMLARNI YARATISH

 



 

ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish 

 

ET dagi bilimlar tarkibi 



 

Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 



ET LARNING YARATISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI ISHLAB 

CHIQARISH 




Aim.uz 

Aim.uz 


 

1970-yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib 

qoldi. Sun'iy intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish

fikrlab xulosa chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat 

ETlargina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga 

keltirishdi. 

ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq 

tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan. 

Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq 

firmalar mashg'uldir. 

Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini 

sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi. 

Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. 

Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik 

firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab 

chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish 

sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni 

xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: 

«tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat  —  harakat 

apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal 

ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa, evristik qoidalarga 

asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, 

boshlang'ich  vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa, 

unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga 

qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu 

masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi  ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab 

chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi 

maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi. 

Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu 

qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi. 

Demak, Komp’yuter  tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum bir 

ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. 

Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z 

bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir 

qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu 

holatga keltirish uchun yurist  yoki mediklarga nisbatan matematik yoki 

dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda 

yordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va 

bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari, 

dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi. 

Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter  ) tizimlari orasida «dallol» 

vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari 

(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala 

boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina 

oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizimlashgan dasturlashtirish 



Aim.uz 

Aim.uz 


 

mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri 

vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich 

bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET 

ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak. 

Yana bir muammo —  bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar 

bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli 

bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash 

usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-

kablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda 

foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa 

ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni 

mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi. 

Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof 

etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi 

talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar 

hozirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni 

saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan 

holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi 

kunda bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir. 

Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida 

joylashgan va  foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga 

ko'maklashadi. 

Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib 

chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan 

kompaniyalar ularni Komp’yuter  ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus 

biznes jarayoniga joylashtiradilar. 

 


Download 213,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish