Kimyo mo'jizasi


YAXSHILARDAN YAXSHI MUALLIM



Download 109 Kb.
bet19/19
Sana17.01.2017
Hajmi109 Kb.
#522
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
YAXSHILARDAN YAXSHI MUALLIM
Bizga ma'Iumki, bir necha yillardan buyon "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Ouyida biz geografiya fanidan o'tkazilgan ko'rik-tanlovning bu yilgi respublika bosqichi qanday o'tganligi, kimlar g'olib bo'iganligi haqida ma'lumot bermoqchimiz. Bu ma'lumotlar kelgusida ushbu tanlovga qatnashmoqchi bo'lgan hamkasblarimiz uchun yordam beradi, degan umiddamiz. Ko'rik-tanlovning o'tkazish bosqichlari:

1-bosqich — tuman (shahar) miqyosida: fevral

2-bosqich — viloyat miqyosida: mart

3-bosqich — respublika miqyosida: aprel oyida o'tkazildi.



1-tur. O'z fani bo'yicha belgilangan mavzu yuzasidan darsga tayyorgarlik ko'rish. Bu jarayonda ishtirokchi kompyuter texnikasidan va qo'shimcha adabiyotlardan foydalanishi hakamlar hay'ati tomonidan kuzatildi. Ishtirokchi tayyorgarlik jarayonida berilgan mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasini hakamlar hay'atiga topshirdi. Darsga tayyorgarlik jarayoni uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Ishtirokchi tomonidan yozilgan bir soatlik dars ishlanmasi quyidagi mezon asosida 25 ball bilan baholandi.

Dars mavzusi asosida dars tipining to'gri tanlanishi va dars bosqichlarining to'g'ri belgilanishi; maqsadning to'g'ri qo'yilishi va o'quvchilarning bir soat davomida egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarining belgilanishi; dars jarayonida foydalanadigan ko'rgazmali vositalarning to'g'ri tanlanganligi va dars mazmunida ifodalanganligi; o'tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida tanlangan usullarda barcha o'quvchilarning ishtiroki ta'minlanishi ko'zda tutilganligi; o'quvchilarning oldingi darsdagi mavzularni tabaqalashtirgan holda so'ralishining rejalashtirilganligi; vaqtning to'g'ri taqsimlanganligi; yangi mavzuni bayon qilishning dars ishlanmasida to'liq yoritilishi va asosiy mazmunning berilishi; o'quvchilarning bahosini hamda uyga beriladigan vazifani to'g'ri tahlil qilib berish usullarining aniq belgilanganligi; darsga tayyorgarlik jarayonida internetdan ma'lumotlarni olib foydalanishi; dars ishlanmasini Word dasturida tayyorlashi; dars jarayonida foydalaniladigan ko'rgazmali vositani Power point dasturida tayyorlab, taqdim etishi.

2-tur. Ta'lim sifatini oshirishga oid "Aylana stol atrofida" suhbat o'tkazish. Jami 15 ball bilan baholandi.

Ishtirokchilarga ta'lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar haqida savollar berildi.

Ishtirokchilarning javobi, dunyoqarashi, fikr-mulohazalari hakamlar hay'ati tomonidan qayd etib borildi va quyidagi mezonlar asosida baholandi:

kadrlar tayyorlash milliy modeli mazmunini o'zlashtirishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi; umumiy o'rta ta'lim tizimiga jahon va milliy pedagogika yo'nalishidagi tajribalarni, psixologiya va o'qitish metodikasini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy yetishi; barkamol avlodning ta'lim-tarbiya olishi, o'qitishning sifati va uni yaxshilash, pedagoglik mahoratini oshirishi; respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yoritish, keltirilgan misollarning konstruktivligi, fikrlashning originalligi, o'z fikrini nazariy jihatdan bayon qila olish malakasi, ta'lim sifatini oshirishga oid takliflarning asosliligi va amaliyotga qo'llashda natijaviyligi;



3-tur. Yozma ish uchun 2 soat vaqt ajratildi. Jami 15 ball bilan baholandi. Ishtirokchilarni bu turda yozgan amaliy ishlari quyidagicha:

1. Yozuvsiz xaritada berilgan topshiriqlar asosida Yevrosiyoning tabiiy xaritasini tushiring (Yozuvsiz xarita ilova qilindi).

2. Quyidagi jadvalda O'zbekistonda tashkil etilgan "Davlat buyurtma maskanlari"ni yozing.

3. Yer shari bo'yicha yangi kun va yangi yilni birinchi bo'lib yaponlar kutib oladi, degan fikrga siz qanday qaraysiz?






"Davlat buyurtma niaskanlari"ning nomi

Qayerda tashkil etilgan ?

1.
















10.







4. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga tavsif bering (ShHT)

5. Buxoro-Navoiy va Samarqand iqtisodiy geografik rayonlariga qiyosiy tahlil yozing.

3 ta tur bo'yicha 40 balldan kam to'plagan ishtirokchilar ko'rik-tanlovning nizomiga asosan 4-turiga qo'yilmaydi. 4-tur. Namunaviy dars jami 45 ball bilan baholandi. Ko'rik-tanlovishtirokchisi notanish maktabJardan birida notanish sinfda notanish mavzu bo'yicha dars o'tdi (dars mavzusi va sinfi bir kun ojdin qur'a tashlash yo'li bilan aniqlandi).

Dars o'tish uchun 45 daqiqa vaqt ajratildi. O'quvchilarning ishtirokchi tomonidan berilgan mavzuni o'zlashtirish darajasi, geografiya fani bo'yicha test topshiriqlari yechish orqali aniqlandi. Test va amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt ajratildi. Bajarilgan test va amaliy ish natijalari 10 ball, dars 35 ball, jami 45 ball bilan baholandi.

O'qituvchining dars o'tish jarayoni nizom asosida quyidagicha baholandi: darsga tayyorgarlik ko'rish bosqichlari; o'quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishi va qo'llaniladigan metodlar; o'tilgan mavzular bo'yicha amalga oshiriladigan ishlari; yangi mavzuni mustahkamlash; o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish; dars jarayonida foydalaniladigan ko'rgazmali vositalari va ularni qo'llash metodlari; dars jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanishi; darsni yakunlashi.

Umumiy jami — 100 ball. Eng ko'p ball to'plagan ishtirokchi ko'rik-tanlovning g'olibi hisoblanadi.



Geografiya fanidan ko'rik-tanlovning bu yilgi g'oliblari quyidagilar:

1-o'rin. Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 11 -maktab o'qituvchisi Rustam Abdiyev.

2-o'rin. Xorazm viloyati Urganch shahridagi 5-maktab o'qituvchisi Zuhra Hasanova.

3-o'rin. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 112-maktab o'qituvchisi Malika Asenova. G'oliblarni chin dildan qutlaymiz!



Sabohat BERDIYEVA Hakamlar hay'ati a'zosi
Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish