Darsning maqsadi: - BILIM: tajriba uchun kimyoviy jihozlar va asboblarni tanlay olish, yig’ish va ulardan foydalanish, tajribaning amalga oshirish sharoiti va natijalari haqida ma’lumotlar yoza olish;
- KO’NIKMA: o’quvchilarning sof modda va aralashmalar haqida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash;
- MALAKA: dars davomida o’qib o’rganganlarini hayot tajribasida foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish;
Kunning muhim yangiliklari: STAKAN- CUP SHISHA TAYOQCHA – GLASS STICK PROBIRKA – FEST DUBE PROBIRKA QO’YGICH- FEST TUBE LAUER VORONKA - CREAFER FILTR QOG’OZI – FILTR PAPER BUG’LATISH KOSACHASI- STEAM BOWL SHTATIV- HOLDER QURUQ YOQILG’I – DRY FUEL ELEKTRON TAROZI – ELECTRIC SCALES OSH TUZI -SALT QUM - SAND
Kerakli
stakan
probirka
voronka
chinni
Shisha
shtativ
Filtr
Quruq
Elektron
magnit
O’tilgan mavzuni takrorlash - 1. Sof moddalar deb nimaga aytiladi?
- 2. Kundalik hayotingizda uchraydigan sof moddalarga misollar keltiring?
- 3. Sof modda bilan aralashmani bir-biridan qanday farqlash mumkin?
- 4. Kundalik hayotingizda uchraydigan aralashmalarga misollar keltiring?
Aralashmalar tarkibidagi moddalarning zarralari
katta-kichikligiga qarab ikki xil bo’lishi mumkin:
Bir jinsli
gomogen
Bir jinsli bo’lmagan
geterogen
GETEROGEN
(har xil xossaga ega) aralashmalarga –tindirish, filtrlash, magnit yordamida tozalash, dekantatsiyalash jarayonlari kiradi.
GOMOGEN
(bir xil xossaga ega)
aralashmalarga – bug’latish, distillash, xromatografiya, membrana yordamida ajratish jarayonlari kiradi.
Aralashmalarni bir-biridan ajratish moddalarni tozalash deb ataladi. IFLOSLANGAN OSH TUZINI TOZALASH
Osh tuzi (10 gr) +
qum (10 gr) +
temir qipig’i (2 gr) + yog’och qipig’i
(2 gr)
Magnit yordamida moddalarni ajratish TINDIRISH
Zichligi suyuqlik (masalan suv) zichligidan katta bo’lgan qattiq moddalarni suyuqlikdan ajratishga imkon beradi.
Yog’och qipig’ini temir qirindisidan ajratish FILTR QOG’OZI TAYYORLASH FILTRLASH
Cho’kmaydigan qattiq moddalarni suyuqlikdan ajratishda qo’llaniladi.
Masalan:suv tozalash manzilgohlarida daryo suvlari katta hovuzlarda tindirilgandan keyin maxsus qurilmalarda filtrlanadi.
DEKANTATSIYALASH
Zichliklari har xil qattiq va suyuq moddalar aralashgan bo’lsa, yengil moddalar boshqa idishga qo’yib olinadi.
BUG’LATISH va KRISTALLASH
Eritmada erigan moddani ajratib olish uchun qaynatish yo’li bilan erituvchini bug’ holida chiqarib yuborilish jarayoniga bug’latish deyiladi.
DISTILLASH yoki HAYDASH
Aralashmadagi osonroq qaynaydigan moddani bug’latib, uning bug’i sovitgich orqali o’tkazilsa, bug’ kondensatlanib, qaytadan suyuqlikka aylanadi.
XROMATOGRAFIYA
Bu usul, eritmadagi yoki gazlar aralashmasidagi moddalarning boshqa modda sirtiga har xil tezlik bilan yutilish xossasiga asoslangan. Shu usul bilan aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalarni ham sifat, ham miqdor jihatdan aniqlash mumkin. Xromatografiya so’zi grekcha bo’lib, “xroma”-rang, “grafo” –yozaman degan ma’noni bildiradi.
MEMBRANA YORDAMIDA AJRATISH
Membrana maxsus filtr bo’lib, teshiklari juda kichik membranalar hatto gazlar aralashmasini ham tarkibiy qismlarga ajratishga imkon beradi. Membrana filtratni “molekulyar elak” ham deyishadi. Masalan, etilen gazi bilan karbonat angidrid aralashmasi membranadan o’tkazilsa etilen “elak”dan o’tadi, karbonat angidrid esa o’tmaydi.
Quyidagi rasmda qaysi tozalash usullari berilgan? Quyidagi rasmda qaysi tozalash usullari berilgan?
Quyidagi aralashmalar turiga hayotiy misollar keltiring?
Geterogen aralashmalar
Gomogen aralashmalar
Quyidagi aralashmalar turiga hayotiy misollar keltiring?
Geterogen aralashmalar
Gomogen aralashmalar
Suv bilan
shakarning
suvda erishi
Sutning sirtiga
qaymoqning
qalqib chiqishi
Ariqdagi suvni
hovuzga qo’yib
tindirish;
Choynak suvi qaynashi;
MUSTAHKAMLASH 1. Siz uyingizda shakarni to’kib yubordingiz. Uni yig’ib olib, qanday qilib tozalaysiz? 2. Yangi sog’ilgan sigir sutini qillardan (tuklardan) qanday qilib tozalash mumkin? 3. Qum aralashgan shag’alni qanday qilib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin? Донишманд ва мутафаккирлар фикрлари: Biladi va bilishini ham biladi, u-оlimdir, unga tobe bo’lmoq kerak. Bilmaydi va lekin bilmasligini ham biladi, Bu qobil insondir, unga o’rgatmoq kerak. Bilar , lekin bilishini bilmas, U -uyqudadir, uni uyg’otmoq kerak. Bilmas, lekin bilmasligini tan olmas, U- johildir, undan qochmoq kerak.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |