Bilim sohasi


Ta’limning onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili



Download 7,14 Mb.
bet137/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

5.Ta’limning onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili. O‘quvchi talabalarning yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r yodlash va kabilarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuni ham tushunishlarini talab etiladi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda materiallar quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchi-talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham o‘z ichiga oladi. Ma’lumki ta’lim ikki tomonlama xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va o‘quvchi-talabalar o‘rganish jarayonini kechiradilar.

O‘rganish murakkab psixik jarayon bo‘lib, o‘quvchi-talabalardan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagogik qonunchilik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin, o‘quvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, o‘quv jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak, o‘quv jarayonida avval o‘quvchi-talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga ta’sir etadi, idrok, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi.



O‘quvchi-talabalarda faollik holatining vujudga kelishida motivatsiyalar ahamiyatlidir. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki, onglilik va faollik mustaqil tafakkurning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman, onglilik, faollik va mustaqillik o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli o‘zlashtirish bir tomonidan o‘quvchi-talabalarning mustaqil, faol fikr yuritishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. O‘quvchi-talabalar faolligini rivojlantirish, mustaqilligini oshirish, onglilikni o‘stirish o‘qishda yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.


Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish