Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes-jarayonlarining servislarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo‘limlari o‘rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo‘limi, statistik va analitik axborotlar, spravochnik, o‘quv axborotlari; ta'minotlar, dillerlar, iste'molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar kiradi. Biznes – jarayonlarni tashkil etish uchun Internet-ilova, kompaniya (buxgalteriya, ombor, rejalashtiruvchilar va boshqalar.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |