Bilim sohasi


Prozeletizm – o‘z dinidan voz kechib, boshqa bir dinni qabul qilishdir



Download 7,14 Mb.
bet109/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

Prozeletizm – o‘z dinidan voz kechib, boshqa bir dinni qabul qilishdir.

U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon Ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o‘z o‘g‘lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o‘z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko‘ra bu udumni istagani tufayli ota-bola o‘rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi kabi qarashlar turli tushunchalar mazmunini ataylab chalkashtirib, tarixiy voqelikni buzib talqin qilish natijasidir. Chunki xristianlik endi paydo bo‘lgan bir sharoitda faoliyat olib borgan "da’vatchilar" (garchand ularga nisbatan ham "missioner" so‘zini qo‘llash keng tarqalgan bo‘lsa-da) bilan bugungi "missionerlar" orasida keskin farq borligini va ularni aslo bir qatorga qo‘yib bo‘lmasligini unutmaslik lozim. Zero, o‘z davrida xristianlikning faol tarafdorlari tomonidan “da’vatchilik” ishlarining olib borilishi, o‘z ta’limotlarini tarqatishga harakat qilishlari tabiiy bir hol edi.

Bugun dunyoning diniy manzarasi o‘zining aniq shaklu shamoyiliga, turli xalqlar asrlar davomida shakllangan diniy-milliy qadriyatlariga ega bo‘lgan bir davrda ilk "da’vatchilik"dan farqli ravishda missionerlik millat, jamiyatni diniy asosda bo‘lib yuborishga qaratilgan buzg‘unchilikning bir ko‘rinishiga aylanib qolganini alohida ta’kidlash zarur. Missionerlar axolisining 90 foizdan ortig‘ini islomga e’tiqod qiladigan O‘zbekistonda faoliyat olib borishga intilayotgani ham bunday buzg‘unchilikka yorqin misol bo‘la oladi.

Missionerlar da’vat ishlarini ijtimoiy tarmoqlarda ham amalga oshirmoqdalar. ”Facebook” ijtimoiy tarmoqlaridagi g‘arazli guruhlar yoki to‘dalar o‘zlarining qabih niyatini amalga oshirish uchun hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlarni aqidalaridan adashtirish uchun tunu kun harakat qilmoqda. Shunday ekan, insonlar qalbi va ongi uchun kurashlar kechayotgan globallashuv davrida yuksak ma’naviyat, kelajakni ishonib topshirmoqchi bo‘lgan yoshlarimizning odob-axloq tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish dolzarb vazifadir. Yoshlarning vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yanada rivojlantirish, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Agar bugun biz ular bilan shug‘ullanmasak, “boshqalar” shug‘ullanishi aniq.

Virtual olamda buzg‘unchi kuchlar targ‘ib etayotgan illatlar ta’siriga qarshi kurashda xalqimiz xulq-atvori, diniy-milliy qadriyatlardan mustahkam joy olgan diyonat, poklik, halollik, odamiylik, hayo va iffat kabi ko‘plab fazilatlarning o‘rni beqiyos. Ushbu fazilatlarni yosh avlod qalbi va shuuriga singdirish barobarida ularni xar xil zaharlovchi unsurlar ta’siridan asrashda sustkashlikka aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganlaridek, “Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”.

Demak, bugungi kunda eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr – sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, har xil buzg‘unchi kuchlar ta’siridan ogoh etish va munosib himoya qilishdan iboratdir.


Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish