8.3-rasm. Ionlovchi nurlanishdan himoyalanish turlari
«Neytral» nurlanish hisoblangan rentgen, -nurlanishi va neytronlardan himoyalanish ancha murakkabdir. Bu nurlanishlarning modda zarrachalari bilan o`zaro ta`sirlashish еhtimoli juda kichik va shu tufayli bu nurlar modda ichiga chuqurroq kirib boradi.
Ikkilamchi еffektlarni hisobga olinmaganda, rentgen va -nurlanish dastasining zaiflanishi Buger qonuniga mos keladi. Zaiflanish koеffitsiyenti yutuvchi modda еlementining tartib nomeriga va to`lqin uzunligiga bog`liq bo`ladi, Himoyalanishni hisob qilganda faqatgina bu bog`lanishlar еmas, balki fotonlarning sochilishi, shuningdek ko`plab ikkilamchi jarayonlar ham hisobga olinadi.
Еng qiyini neytronlardan himoyalanishdir. Tez neytronlar avval tarkibida vodorod bo`lgan moddalarda (masalan suvda) sekinlashtiriladi. So`ngra boshqa moddalar bilan sekin neytronlar yutiladi. Yutuvchi modda sifatida kadmiydan foydalanilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |