Bog'liq 8386 Ривожланишида нусони бўлган болалар диагностикаси
O’qish, yozish, xisoblashmalakalarinitekshirish Pedagogik tekshirishning umumiy taxlili. O’qish. O’qishmalakasini egallab olmaslik hollari turlicha bo’lib, ba`zan ularni ajratish ancha murakkabdir.
Qiyinchiliklar o’qish malakasida ham, shuningdek o’qishning mazmun tomonida ham kuzatiladi.
O’qish malakasi o’z rivojlanishida bir qator bosqichlardan iborat murakkab yo’lni bosib o’tadi. Savod o’rganishga kirishib bola ko’pincha tovush tahlilida qiynaladi. Bola qator hollarda bo’g`inlab va so’zlarni sidirg`asiga o’qishni egallab olishda qiynaladi. Qiyinchiliklar harflarni eslab qolishda ham kuzatiladi. Aqli zaif bolalar oliy nerv faoliyatlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’qish malakalarini juda qiyinchilik bilan egallaydilar va uning alohida bosqichlari ancha ko’p vaqtni talab qiladi. Aqli zaifbolalarda ko’p kuzatiladigan og`zaki nutqning nuqsonlari ham qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Har bir bolaning o’qishni egallashdagi qiyinchiliklarini sinchiklab tahlil qilish va ularning xarakteri va sabablarini aniqlash muhimdir.
O’qish malakasidan tashqari pedagog bolaning o’qigan so’zlari, gaplarining ma`nosini tushunganliklari, intonatsiyaga ahamiyat berishni, o’qiganlari bo’yicha savollarga javob bera olishi va so’zlab bera olishlariga diqqatini qaratish lozim.
O’qish malakasini tekshirishda kesma harflar kabi ko’rgazmalar zarurdir.
Ko’pincha bolaning o’qish malakasini unga tanish va tanish bo’lmagan alifbedan foydalanib tekshiriladi.
Bolaning o’qish va yozish malakasini o’rganishdagi qiyinchiliklarini tahlil qilishda quyidagilarga diqqatni qaratish zarur:
1. Bolalarda mavjud bo’lgan qiyinchiliklarning qaysi biri uning ta`lim va tarbiya sharoitlariga bog`liq (pedagogik qoloqlik,, o’qitishda noto’g`ri metodlarningtanlanishi,o’qishdanuzoqvaqtorqadaqolibketishvahokazolar).
O’qishdagio’zlashtirmasliknio’qituvchilarodatda:
- harflarniesdanchiqarish;
- o’qishjarayoningqiyinchiliklari;
- o’qilganmatnnitushunmaslikbilanbog`laydilar.
Tekshirishjarayonidaqiyinchiliklarningsababinianiqlashuchunyuqoridako’rsatilganlargadiqqatniqaratishlozim.
1. Bolako’pinchatahminqilib, rasmlarbo’yichao’qiydi, yodlaboladi. O’qishnio’rganishningavvalgibosqichlaridao’rganilmaganlarkeyingibosqichlaridaqiyinchiliklarniyuzagakeltiradi. SHuninguchunba`zihollardabolao’qishvayozishnibilsahamharflarnibilishningmustahkamligitekshiriladi. Bolao’zqiyinchiliklarigaqandayqarashi, ularniqandayengishgaharakatqilishgahamdiqqatniqaratishzarur.
2. YOzuv va o’qishning buzilishlari (dislektsiya va disgrafiya).
3. O’qishni o’rganishda qiyinchilikkeltirib chiqaradigan boshqa omillarning mavjudligi (talaffuzdagi, nuqsonlar, eshitishning, ko’rishning pasayganligi).
4. Bolaning o’qish va o’rganishida orqada qolishning asosiy sababini uning aqli zaifligidangina deb tahmin qilmaslik. Agarda bolani o’qishni o’rganishdagi qiyinchiliklari aqli zaiflikdan deb tahmin qilmasdan boshqa sabablari to’liq tushuntirilsa uni yordamchi maktabga yuborish haqidagi fikrlarga shubha tug`iladi (ayniqsa bolaning rivojlanishi orqada qolishi haqida boshqa shikoyatlar bo’lmasa). Bunda masala tekshirishning barcha ma`lumotlarini solishtirish yo’li bilan hal qilinadi.