Jo`shqin (hayajonli) tip - bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan aloqa qilishni
afzal ko`radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashib, xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar.
Ijobiy xislatlari: samimiylik, rahm-shafqatlilik, o`zgalarning yutug`idan quvonadigan hamda
bo`ysunuvchan. Salbiy tomonlari - yig`loqi, o`ta hissiyotli, izzattalab.
Namoyishkorona tip - tez muomalaga kirishuvchanlik, etakchilikka intiluvchanlik,
ko`ngilchanlik, boshqalarga tez ko`nikuvchanlik xususiyatilari mazkur tipga xosdir. Ularda
xokimiyatni egallash hissi ustuvor bo`lib, maqtovni juda yoqtiradilar. Bunday kishilar o`ziga
ishonchliligi va o`ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g`ashiga tegib, mojarolarni o`zlari
keltirib chiqaradilar va bu holatda faol tarzda o`zlarini himoya qiladilar. Ularning ijobiy tomonlari -
sabr-qanoatlilik, artistlik qila oladigan, boshqalarni o`ziga qarata oladigan, to`g`riso`zligidir. Salbiy
tomonlari esa - xudbinlik, shaxsiyatparastlik, maqtanchoqlik, dangasalikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |