154
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan
odamlar guruhi.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni
shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo‘nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum
yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va
psixikasining o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o‘zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo‘lgan narsa
obrazlarning nisbatan o‘zgarmasligi.
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma’lumotlarni ichki olam ob’ektiga
kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi – sezgi a’zlariga bevosita ta’sir etib turgan ob’ektlarni, ularning belgi
va xususiyatlari bilan birgalikda qo‘shib idrok etish.
Istedod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik
va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida
uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol
obrazi.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin
bo‘lgan xolatning bashorat qilinishi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli
xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq
ma’lumotlariga tayanadi.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish jarayoni.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan
fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkil otlar, mehnat
natijalari hamda mehnat sub’ektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmui.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzatslarni ma’no-mohiyatini
takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish,
o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi
jarayoni.
Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo
munosabatda bo‘luvchi kishilar guruhi.
Ko‘nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K.
mahoratning asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish
usullari yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: