Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog’liqligi ayniqsa, mustaqillik
yillarida tarixni xolisona o’rganish va shu bilan birga inson shaxsining madaniy-tarixiy shart-
sharoitlarga bog’liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga etkazishda namoyon
bo’lmoqda. Zero, inson ruhiyati va u vakil bo’lgan millat va elat psixologiyasi orqali tarixiy
voqealarga baho berish milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar ongiga singdirishning muhim
vositalaridan biridir.
Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar
sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, o’z navbatida psixologiya ham ushbu
fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi.
Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida
ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda
ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |