Ixtiyorsiz diqqat esa qo’zg’atuvchining kuchli ta’siri asosida yuzaga keladi. Masalan, kuchli
qo’zg’atuvchilar hisoblangan baland ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini
o’ziga jalb etadi. Shuningdek, kishining extiyojlariga muvofiq keladigan uning uchun ahamiyatga
ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo’zg’aydi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli,
hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligina ham bog’liqdir. Masalan, teatr bilan
qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha bo’lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor bermasdan,
ayni chog’da teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat sub’yektning
anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda, uning biron bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi.
Ixtiyorsiz diqqatning asosiy vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez
va to’g’ri mo’ljal olishdan, uning mazkur paytda eng ko’p darajada hayotiy mazmun kasb etishi
mumkin bo’lgan ob’yektlarni alohida ajratib ko’rsatishdan iboratdir.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini-ixtiyoriydan so’nggi
Do'stlaringiz bilan baham: |