O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»
Toshkent tibbiyot akademiyasi
rektori A.K.SHadmanov
_________________________
20___ yil «____» _________
«SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH» MODUL DASTURI
Bilim sohasi:
400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi:
410 000 – Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo’nalishi:
60411200 – Menejment: sog’liqni saqlash menejmenti
Toshkent - 2021
Modul kodi UKMSVST
O'quv yili 2021/2022;
2022/2023
Semestr 2-3
Kreditlar 6
Modul turi Majburiy
Ta'lim tili O'zbek
Xaftadagi dars soatlari 3/3
1.
Modul nomi
Auditoriya mashg'ulotlar (soat)
Mustaqil ta'lim (soat)
Jami yuklama (soat)
SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
90
90
180
2.
I. Modulning mazmuni Modulni o'qitishdan maqsad – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, fan buyicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Modulning vazifalari – bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlarni hisoblash, byudjetga to‘lash tartiblarini, xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi ilg‘or tajribalarni, soliq imtiyozlari ularni qo‘llash, soliqlar bo‘yicha hisobotlarni soliq organlariga taqdim etish tartiblarini va buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rganish, o‘z haq-huquqlarini bilish.
II. Asosiy nazariy qism II.I. Modul tarkubiga quyidagi mavzular kiradi: 2-semestr: 1-mavzu. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti va o‘rganish usullari «Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning maqsadi va vazifalari. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti va o‘rganish usulllari. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. Soliqlarning ob'ektiv zarurligi va o‘ziga xos xususiyatlari. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabati. Soliqlarning funksiyalari va vazifalari. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari. Fanni o‘rganishdagi mavjud usullar. Tadqiqotning induksiya va deduksiya usullari. Ilmiy abstraksiya usuli. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqasi.
2-mavzu. Soliq tizimi va qonunchiligi. Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari. Soliq solishning muhim shart-sharoitlari. Soliq solishning muhim shart-sharoitlari. Soliq mexanizmi. Soliq tizimini guruhlashning o‘ziga xos jihatlari.
3-mavzu. Soliq turlari. To‘g‘ri va egri soliqlar. Soliqlarni ob'ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash. Oborotdan olinadigan soliqlar. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Daromaddan olinadigan soliqlar. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar.
3-semestr: 4-mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bo‘linishi. To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi. Egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo‘lgan tovarlar. Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchilari. Iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlar. Umumiy soliqlar. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.