17 – amaliy mashg‘ulot: Tarmoqlash va ma’lumot uzatish, dasturlash
kutubxonalari va asosiy funksiyalari bilan ishlash.
Ishdan maqsad:
Tarmoqlash va ma’lumot uzatish dasturlash kutubxonalari
bilan tanishish va ularning asosiy funksiyalari bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar.
Ma’lumot uzatish tizimi tushunchasi
Ma’lumot uzatish tizimi 2 guruhga bo‘linadi:
1. Ma’lumot uzatish xizmatlari.
2. Ma’lumot uzatish tarmoqlari.
Ma’lumki har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma’lumotlar, grafika,
tasvir) uzatish uchun iste’molchilarga taqdim etiladigan hizmatlar to‘plami
ma’lumot uzatish hizmati deyiladi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Ma’lumot uzatish xizmatlari
Hozirgi kunda ma’lumot uzatish xizmatlariga quyidagilar kiradi:
1.
Telegraf xizmati;
2.
Telematik xizmatlar.
Telegraf xizmatlari:
1.
Umumiy foydalanish telegrammalarni uzatish xizmati;
2.
Abonentlik
telegraflash xizmati;
Маълумот узатиш ҳизматлари
Телефо
н
хизмат
и
Товуш
узатиш
дастурлар
ини
тақсимла
ш
хизмати
Телегр
аф
хизмат
и
Телемат
ика
хизматла
ри
Телевидени
я
дастурлари
ни
тақсимлаш
хизмати
3.
Teleks xizmati.
Ma’lumot uzatish tarmog‘ida berilgan har-xil turdagi axborotni uzatish
va taqsimlashni ta’minlovchi texnik vositalarga ma’lumot uzatish xizmatlari o‘z
talablarini qo‘yadi. Quyidagi 1.1-
jadvalda xabar turlari, ko‘rinishlari va tezlik
diapazonlari keltirilgan.
Xabar
turlari
Xabar ko‘rinishlari
Tezlik
diapazoni
Ovoz
Telefon
Stereo
16-64 kb\s
64-768 kb\s
Ma’lumotlar
Start – stop
Sinxron
Yuqori tezlikli
Fayl
uzatish
0,1 – 0,2
24 - 64
64 – 100
1500 - 3200
Tasvir
Grafika
Harakatsiz tasvir
Harakatli tasvir
03 - 64
64 – 1500
1500 - 100000
Xabarlarni o‘rtacha xajmi
Xabar turlari
Odatdagi o‘lcham
e-mail
2,2 kb
Uzun xujjatlar (20 qator)
44 kb
Grafikli tasvir
330 kb
1 minut
audio
475 kb
1 minut video
2400 kb
Ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida ma’lumot uzatishning mos
tarmoqlari yaratiladi.
Ma’lumot uzatish tarmoqlari deb - ma’lumot uzatish
xizmatlarini yetkazib
berish imkoniyatlarini ta’minlovchi texnik vositalar to‘plami tushuniladi. Bularga
quyidagilar kiradi:
- terminal qurilmalar;
-
kommutatsiya vositalari;
- uzatish tizimlari;
- aloqa kanallari.
ITU (xalqaro elektraloqa ittifoqi) ga binoan ma’lumotlarni uzatish
hisoblovchi qurilmalarda ishlov berilgan ma’lumotlarni uzatish deb ta’riflanadi.
Hozirgi vaqtda ma’lumotni uzatishni 2 ta tushunchasi mavjud, ular quyidagilar:
1. Tor ma’noda;
2. Keng ma’noda.
Tor ma’noda - ma’lumotlarni uzatish bu ma’lumotlarni ikkilik signallari
ko‘rinishida 1 - chi punktdan 2 - chisiga, hisoblash texnikasi vositalari yordamida
ishlov berish uchun elektraloqa vositalari bilan ko‘chirishdn iborat.
Ma’lumotni uzatish keng ma’noda bu raqamli
signallarga aylantirilgan
ma’lumotni barcha turlarini,
shu jumladan, nutq va video signallarni uzatishdan
iborat (1.3 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: