9- MAVZU: Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Turli maktabgacha yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi.
REJA:
1. Bolalarda vaqt tasavvurlarni shakllantirish
2.Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Turli maktabgacha yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi.
4.Vaqtni bilish
Kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Bir kunni kichkintoylar o'z faoliyatlari mazmunining o'zgarishiga hamda shu vaqt oralig'ida o'z atroflarida bo'lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.
Aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, mashg'ulot vaqtlari qat'iy belgilab qo'yilgan ligi va hokazolar kunning bo'laklari haqida tasavvur hosil qiUsh uchun sharoitlar yaratadi. j|
Pedagog (tarbiyachi) vaqt bo'lagininfvvrriini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo'lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. ,,Hozir ertalab. Biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz". Yoki: ,,Biz allaqachon nonushta qilib bo'ldik, shug'ullanib ham bo'ldik, hozir kunduzi. Tez orada tushki ovqatni yeymiz".
Masalan, boladan quyidagilar so'raladi: „Hozir ertalab. Sen erta bilan nima qilasan? Sen o'rningdan qachon turar.an?" va shu kabilar. Rasmlar shunday bo'lishi kerakki, ularda vaqt uchun xarakterli bo'lgan belgilar aniq ko'rinib tursin. U bolalarga savollar beradi: »Sen erta bilan nima qilding? Kunduzichi?". Yoki: ,,Sen qachon o'ynaysan? Qay vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?" Keyin
bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechqurun kattalar y°ki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oiadilar. Bolalar asta-sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi s° zlarining aniq mazmunini tushunib oiadilar, ularda vaqt haqida ushuncha va tasavvur hosil qilinadi. Bolalar o'z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.
Mashg'ulotlarda ishni tashkil qilish
Kichik guruhlarda boshlangan elementar matematika tushun chalarini rivojlantirish ishi o'rta guruhda davom ettiriladi. 4-5 yoshdagi bolalarning matematik bilimlari ancha kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Matematika mashg'ulotlari sentabr oyidan boshlab bar haftada, haftaning ma'lum bir kunida o'tkaziladi. Mashg'ulotlar 20 minut davom etadi, Har bir mashg'ulotda yangi mavzu yuzasidan va o'tilgan mavzularni takrorlash bo'yicha bir vaqtda ish olib boriladi.
O'rta guruhda faqat 2 mavzu ustida ishlash bilan cheklanish zarur. Agar boshqa mavzularni takrorlash yangi material ustida ishlashning tarkibiy qismini tashkil etsa, uni yaxshiroq o'zlash tirishga yordam bersa, ayrim hollarda yo'1 yo'lakay boshqa mavzularga oid bilimlarni ham mustahkamlash mumkin.
O'rta guruh bolalarining diqqati juda o'zgaravchan b fiadi.Bilimlarni puxta o'zlashtirishlari uchpn ularni albatta ish bilan qiziqtirish zarur. Bolalar bilan shoshilmasdan olib boriladigan bamaylixotir suhbat, ko'rsatmali ko'rgazmalarning qiziqarliligi, o'yinli mashqlardan va didaktik o'yinlardan keng foydalanish
bularning hammasi bolalarda yaxshi kayfiyat paydo qiladi. O'yin harakatlari ayni bir vaqtda elementar matematik harakat harn bo'ladigan ,,Yana shunchani top!", ,,Tartib bilan terib qo'y boshqa o'yinlardan foydalaniladi.
Mashg'ulot oxirida ko'pincha yurish va yugurishni o'z ichifc oladigan harakatli o'yinlar: ,,Nima o'zgardi?", ,,Avtomobillar ular saqlanadigan joy" o'yinlari o'tkaziladi. Bu o'yinlar bolalar harakatlanish imkonini beradi.
Kichik guruhdagi singari o'rta guruhda ham vaqtni bilish asc bolalarning kundalik hayotida o'stirib boriladi. Muhimi o'rgatishning puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima
qilishlari bilan bog'lab, bolalarning sutka qismlari haqidagi' tasavvurlarini aniqlaydi.
Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o'tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog'chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, bolalar bog'chasida ertalab, kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishlarini so'raydi.
U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayotganliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. Suhbat oxirida ertalab, kunduzi, kechqurun va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. ,,Bugun", ,,ertaga", ,,kecha" kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalar ularni o'zlashtirishlari qiyin.
Shuning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so'zlari dan ko'proq foydalanish va bolalarni bu so'zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga: ,,Biz qachon rasm chizdik? Biz bugun (kecha) nimani ko'rdik? Ertaga qayerga boramiz?" savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.
Tez, sekin so'zlarining ma'nosi aniq misollar bilan ochib beriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yin davomida ular bajar magan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi (,,Poyezd sekin yurayapti, keyin borgan sari tezroq va tezroq yura boshladi").
10-11-MAVZU: Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni xis qilishni rivojlantirish. Faoliyatni vaqtda rejalashtirish, ajratilgan vaqtga va ish ko’lamiga bog’liq holda ishning tempi va ritmini tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |