Zamonaviy informatsion texnologiyalar.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar о‘zi nima? Texnologiya bu maxsulotni qayta ishlash, yaratish usullari majmuidir. Informatsion texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bо‘lgan amallardir. Bu - axborotni saqlash, yigish, ishlash, saralash, о‘zatish va xokazo. Zamonaviy informatsion texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bо‘lgan zamonaviy texnologiyalardir. Zamonaviy informatsion texnologiyalar: kompyuter texnologiyalari, tarmoqlar, Internet, multimedia.
Jurnalistika va Ommaviy Axborot vositalarida informatsion texnologiyalarni quyidagi guruxlari mavjud:
Nashriyotda zamonaviy informatsion texnologiyalar.
Radioda zamonaviy informatsion texnologiyalar.
Televideniyada zamonaviy informatsion texnologiyalar.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar vositalari.
Zamonaviy informatsion texnologiya vositalari bu kompyuterlar, tarmoqlar, Internet, multimediadir. Kompyuter о‘zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir Xozirgi kunda kompyuter xayotimizning barcha soxalariga jadallik bilan kirib bormokda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar о‘z mexnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqda Keling Virtual kutubxonaning asosiy vositasi bо‘lgan bu qurilma bilan tanishaylik. Uning kо‘rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:
Protsessor
Monitor
Klaviatura
Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilma. U kompyuterning ishlash tezligini aniklaydi. Kompyuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi. Xozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel, Pentium.
Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter imkoniyatlari operativ xotira xajmiga bog‘liq bо‘ladi. Operativ xotira xajmi qanchalik kо‘p bо‘lsa, shunchalik kompyuter kо‘p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bо‘ladi.
Doimiy xotira - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira xajm bilan о‘lchanadi. Xajm kо‘p bо‘lsa, kompyuter shunchalik kо‘p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bо‘ladi.
Monitor - bu televizor, ya’ni kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar rangli, oq-qora va suyuq-kristalli turlarga ega. О‘lchami televizorlarga о‘xshash: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va xokazo. 15 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. 17-21 dyuymli monitorlar odatda grafika bilan shug‘ullanuvchilar uchun qulaydir. Kompyuter ishini va qurilmalar ishini maxsus programmalar amalga oshiradi. Bu programmalar mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlashga juda qulay. Ular kompyuterning programm ta’minoti deb ataladi. Kompyuter bilan foydalanuvchi о‘rtasidagi muloqatni operatsion tizimlar bajaradi. Xozir kompyuterlar Windows operatsion programmasi asosida ishlaydi. Maxsus amaliy programmalar kompyuter bajara oladigan barcha amallarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |