Bilim inson manaviy kamoloti omili



Download 78,04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi78,04 Kb.
#89120
Bog'liq
Bilim inson manaviy kamoloti omili-fayllar.org



Bilim inson manaviy kamoloti omili

BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI

REJA

1.

Komil va barkamol inson tushunchalari.



2.

I.Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari.

3.

Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi.



9.1. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan

avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib

olish lozim bо‘ladi.

Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli

mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar

ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh

mavzulardan biri bо‘lib kelgan.

Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining

mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob

fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli

bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va

ma’rifat orqali erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn

Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur

tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy

insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson

qalbida ekanligini kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq

G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan.

Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot

inson bilan gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy

mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi.

О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining

mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi.

Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va

kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U

insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va

tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi

ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish



kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi

ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va

mazmun beradigan omildir.

G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi

evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi.

Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik

mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash

zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa

mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan

ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini

ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy faoliyatini

tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun

zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish,

yaratish malakasiga ega ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri

hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat

tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni

о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik

olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”,

deb ta’riflagan.

Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan

farq qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi.

Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk

yaratuvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi,

uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning

takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun

manba bо‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat

va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish,

zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning

ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab

chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi

idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish

va boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar,

hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat

kabilar tashkil etadi.

Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga

intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson yashashining birlamchi,

asosiy sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy



ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish,

boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas. Inson ruhi ham о‘ziga

xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik,

odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy

himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni

shakllanishiga olib keladi.

Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini

mustahkamlaydi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona

qondirishga, ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat

bо‘lishga undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat

mujassamdir.

Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida

mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi,

balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.

Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy

tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar,

siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni

о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi,

ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan

yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida

faoliyat kо‘rsata boshlaydi.

Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy

maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi

qadriyatini mujassam etadi.

Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini

topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida,

uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy

ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda

yaqqol kо‘rinadi.

О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va

barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri

bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng

kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday

shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib

qо‘ygan.

Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin

tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga

erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik




qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni

tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon,

matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.

Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik

tushunchalari ham yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi

“faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi

о‘zgarib ketgan.

Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da,

asosan о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi

siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor

munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda

paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”,

inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin -

grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan

ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni

bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida

о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan

atama qabul qilindi.

Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga

kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat

qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning

tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar

yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega

bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi,

ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z

navbatida fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal

qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar.

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan

kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari surildi. Demakki,

bizning bosh maqsadimiz demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish va

barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va

madaniy hayoti shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun

ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan,

kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning

xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish

organlarining mavqei baland bо‘lgan ijtimoiy tuzum.

Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini

shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini

barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz

I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni




barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining

pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini

barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat

sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib

borishdan iborat”.

9.2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra

tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan

hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi

sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy

adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da,

mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda

shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga

va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-

onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab

oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga

birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash

vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson,

komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini

ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati

birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka,

vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak

ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini

tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali

ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy

fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat

tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga

ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi.

Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi,

qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil

insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy

barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala.

Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz

sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom

kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona

ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni

tushunamiz”

Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va

umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak

ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi.

Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati,

xulq-atvor normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan

ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va




farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular

mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.

Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas,

balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok,

ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday

kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va

insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus,

о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, eliga va

xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan

bо‘lishlari lozim.

Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib,

quyidagi tо‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:

-о‘z haq-huquqini taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin;

-о‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‘lsin,

imkoniyatlarini ishga solib, samarasini kо‘rsin;

-atrofida sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat

bildira olsin;

-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda

kо‘rib, faoliyat yuritsin.

Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va tо‘liq ta’rifdir.

Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan

quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganida qaddi bukilmaydi,

ba’zan uyushtirilgan tuhmatu fitnalar uning ruhini tushira olmaydi.

Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy

barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi,

chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik,

jasorat, mardlik, о‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash,

ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib

turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-

ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-

ahloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan

kelib chiqib unga quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi,

farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qо‘ni-

qо‘shnilari, mahalla kо‘yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat

xalq farovonligi haqida qayg‘urish, tevarak-atrofdagi insonlar unga

kerak bо‘lganligi singari, о‘zi ham ularga kerakli bо‘lishga

intilishi, odob-ahloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishini insoniy



burch deb hisoblash, ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bо‘lib

qolgan madaniy-ma’naviy merosni qadrlash, milliy qadriyatlarni

e’zozlash va ularga sodiq bо‘lib qolish, vatanparvarlik,

insonparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ularining barqaror bо‘lishi;

о‘zaro muomala-munosabatda о‘rnak bо‘lishga moyillik, birovning

og‘irini yengil qilishni odat qilish, umumxalq ma’qullagan va

hukumat tomonidan qabul qilingan Konstitusiyaga hurmat va unga

sadoqat namunalarini amalda kо‘rsatish; Vatanni himoya qilish,

boshqacha aytganda, harbiy-vtaanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash;

diyonat, adolat, mehr-shafqat, ezgulikni himoya qilish; va’daga

vafoli bо‘lish va boshqalar kiradi.

Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga

mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik

tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki,

mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bо‘lmas ekan,

fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jо‘sh

urmaydi.

Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bо‘lib, u quyidagilarni о‘z

ichiga oladi:

-Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish;

-xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish:

-butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini xalq baxti uchun baxshida

etish va boshqalar.

Mustaqillik – bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas

ma’naviyatdir. Shu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz va

mustahkamlashimiz davlat ahamiyatiga ega bо‘lgan muhim vazifa va

burchdir. Shu vazifani amalga oshirish va hal qilishda yoshlar va

butun xalq ongiga mustaqillik ruhini singdirish katta ahamiyat kasb

etadi.

Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan yana biri milliy



iftixordir. Milliy g‘urur bu milliy iftixordir. Milliy g‘urur о‘z

xalqining necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va

ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari,

odob-ahloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy

yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda

bо‘lish, avaylab-asrashdir.




О‘z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol

manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan,

о‘z millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan, kurashmaydigan

kishilarda milliy g‘urur ham, millat bilan faxrlanish ham,

millatparvarlik ham bо‘lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol

inson deya olmaymiz.

Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning mohiyati va

asosiy qirralarining ba’zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning

qolgan ba’zi qirralarini navbatdagi mavzularda yoritib boriladi.

9.3. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi

bilan hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson

darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka

intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun

intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi.

Uchta tushuncha: sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson –

darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan

bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q.

Shu bilan birga ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim

о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-ahloqiy komillik

chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali

komil inson emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot

darajasiga baho bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar

bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni ota-

ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi. Komillikning

yо‘li odalardan faqat yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish,

doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir.

Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy

bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob,

qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil inson

odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida

mujassam etgan insondir.

Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana

shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli

risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan:

“Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk

bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa

ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda

quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z,

yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan

ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma

vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.



Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga

kо‘tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng

oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib

chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy

poklanish jarayonida erishadilar.

Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon

sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qо‘llanma

vazifasini о‘tagan kо‘p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan.

Bu о‘rinda Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash о‘rinli:

“...bizning ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida

butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda,

sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak,

deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar

davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu

hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu

kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.

Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga

quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”,

Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur

tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning

“Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va

boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat,

halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik,

ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.

Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos

xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular

qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma

bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga

rioya etish, barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari,

xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish –

yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim,

xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun

о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar.

Shu tariqa о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi

ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir

odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar

katta ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli,

ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va

sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon va lahzada

insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar,

nojо‘ya hatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashdi,



ularda iymon va vijdon binosining paydo bо‘lishi va

mustahkamlanishini ta’minlab keldi.

Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy

timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog‘imiz lozim. Mustaqil

О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida iymonli

bо‘lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bо‘lish

nechog‘lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil

insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan

bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak,

mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat

bо‘ladigan bilimli,ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.

Boshqa ibora bilan aytadigan bо‘lsak, Allohning о‘zi biz

insonlarga buyurgan komil inson bо‘lish, halollik, tо‘g‘rilik,

poklik va adolat bilan kun kechirish kabi kо‘pdan-kо‘p olijanob

fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana

shunday xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga doimo amal qilib

yashash- odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab

beradigan asosiy mezon sanaladi.

Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar

esa quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, ahloqiy

yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy,

ma’naviy saviya, professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur

va boshqalar.

Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz,

kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog‘lab komil

inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar kirishiin umumiy

tarzda bayon etishimiz mumkin:

Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, kо‘rkamlik,

jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik,

ulug‘sifatlik, о‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik,

tarbiyalanganlik va boshqalar.

Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, dо‘stlik,

g‘amxо‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik,

iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalali, boadabli, iltifotli

bо‘lishlik, kechirimlilik, mehmondо‘stlik, halollik,

tо‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik,

vatanparvarlik va hokazolar.



Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik,

mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik,

udaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik,

barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar.

Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik,

sog‘lom fikrli, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik,

notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik,

qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar.

Ehtiroslilik xislatlari: kо‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib

turuvchanlik, hazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik,

olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, hijolatpazlik,

iffatlilik va hokazolar.

Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi

ularni barkamol, sog‘lom va komil inson qilib voyaga yetkazishda

ta’lim- tarbiya tizimi va ota-ona tarbiyasining tо‘g‘ri

qо‘yilishi muhim rol о‘ynaydi.

Vatan, millatning kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,

boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni bо‘lmish

farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq,

chunki inson qalbiga yо‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi.

Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola

timsolida avvalo buyuk kelajakni yaratuvchi shaxsni kо‘rishi zarur.

Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng

avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs

bо‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har

birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas,

balki “Men о‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb

о‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.



http://fayllar.org

Download 78,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish