Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q. Shu bilan birga ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi. Komillikning yо‘li odalardan faqat yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir.
Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam etgan insondir.
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qо‘llanma vazifasini о‘tagan kо‘p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu о‘rinda Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash о‘rinli: “...bizning ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman.
Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish – yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar. Shu tariqa о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojо‘ya hatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashdi, ularda iymon va vijdon binosining paydo bо‘lishi va mustahkamlanishini ta’minlab keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |