Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud? A ta b ta c ta d 9 ta



Download 410 Kb.
bet1/6
Sana21.05.2021
Hajmi410 Kb.
#65130
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 (8)


Variant-1

1. Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud? A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 9 ta

2. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til o’rta undoshi mavjud? A) imkon B) ko’ngil C) buyuk D)afsungar 3.Xayrli ishning kechi yo’q. Ushbu gap tarkibida nechta til oldi undoshi mavjud? A)5 ta B) 6ta C)4 ta D)7 ta

4. Tarkibida burun undoshi mavjud bo’lgan so’zni toping. A) dengiz B) shamol C) qudratli D) A, B

5. Qaysi so‘zda lablanmagan tor va keng unli qatnashgan? A) okean B) bilak C) ko‘krak D) o‘g‘iz

6.Nutqimizda sirgʻalovchi til undoshlari soni nechta? A)5ta B)3ta C)4ta D)6ta

7. Qaysi so’z tarkibida 3 ta til oldi undoshi mavjud? A) kongress B) singil C) shtanga D) sening

8. Tabiat qanday go’zal. Ushbu gap tarkibida jarangsiz juftiga ega bo’lgan nechta jarangli undosh mavjud? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta

9. Qaysi qatorda g’ tovushining jarangsiz jufti qo’llangan?A) paxta B) sanoq C) ko’ngil D) g’ tovushining jarangsiz jufti mavjud emas

10. H tovushining paydo bo‘lish o‘rni ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. A) labda B) til oldida C) bo‘g‘izda D) burunda

11. Qaysi qatordagi undoshlar tilning eng orqa qismida hosil bo‘ladi? A) b, d, g B) p, t, k C) q, g‘, x D) x, h, f

12. Tilning old qismida hosil bo‘ladigan tovushlarni toping. A) v, f B) b, p C) d, t D) ch, k

13. Sirg‘aluvchi tovushlarni toping. A) sh, j, k B) s, z, sh C) s, ch, j D) m, n, h

14. Qaysi qatordagi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti bor? A) b, g, d, j, y, l B) v, g, d, l, m, n C) b, v, d, z, j, g D) v, g, d, j, y, m

15. Qaysi qatorda jarangsiz jufti yo‘q undosh tovushiar berilgan? A) g, g‘, y, l, m, n B) v, z, j, m, n C) g, y, l, m, n D) l, m, n, ng, r

16. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so‘z bor? A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) B, C.

17. ng bir tovushni ifodalagan faqat so‘zlarni belgilang. A) tungi, unga B) tongi, otangiz C) tonggi, dengiz D) B, C.

18. Qaysi so‘zlar faqat jarangli undoshlardan iborat? 1) ko‘ylak; 2) maydon; 3) jadval; 4) va’zxon; 5) qo‘llar; 6) vijdon: 7) sog‘lom: 8) doimiy; 9) darslik; 10) osmon. A) 2, 3, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 8, 10 C) l, 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 4, 5, 7, 9

19.Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli qatnashmagan?A) tor unli B) o‘rta keng unli C) keng unli D) lablangan unli

20. Jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zlarni belgilang. 1. Hiqichoq 2. Hayot 3. Tahsin 4. Maxsus 5. Sahifa 6. Shafaq 7. Sayyod 8. Fig’on A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,5,6 S) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1

Variant-2

1. p, m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A) labda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra C) tilning qayerida hosil bo‘lishiga ko‘ra D) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra

2. Qaysi javobdagi barcha undoshlar til undoshlari hisoblanadi? A) b, n, m B) v, f, l C) v, m, f D) y, g, q

3. x, g‘ undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra B) tilning qayerda hosil bo‘lishiga ko‘ra C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra D) labda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra

4. Qaysi jarangli undoshlar sirg‘aluvchilarga mansub emas? A) v, z B) m, n C) k, t D) j, g‘

5. b va k undoshlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A) lab yoki tish undoshlariga mansubligiga ko‘ra B) jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra C) tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra D) portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko’ra

6. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ochiq bo‘g‘indan iborat? A) arra, fazo, quyosh; B) mazali, go‘yo, keladi; C) nozanin, azamat, ota; D) mana, ko‘rpa, semiz;

7. Qaysi qatordagi so‘zda ochiq bo‘g‘in qo‘llangan? A) bellashmoq B) vazmin C) barzangi D) qatnov

8. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so‘zni belgilang.A) konduktor B) bolg‘a C) mavsum D) maktab

9. Qaysi qatorda so‘zlar bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratilgan? A) ton-ggi, ten-gi B) tan-glay, ton-gi C)de-ngiz, ko‘-ngil D) ta-nglay, den-giz

10. Kongress so‘zi qaysi qatorda bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratilgan? A) ko-ng-ress B) kong-ress C) kon-gress D) kong-res-s

11. Bo‘g‘inga ajralmaydigan so‘zlar qatorini belgilang. A) qit’a, qal’a, yechim B) hukm gramm, ong C) ongi, yengil, yangi D) A, B, C

12. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zni belgilang. A) g‘alla B) kitob C) po‘lat D) paxta

13. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo‘la olmaydi? A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra

14. Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq bo‘g‘in mavjud? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy) A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

15. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat tor unlilar qatnashgan? A) muhit, zehn B) kibor, musiqa C) muqim, uyushiq D) lirika, musiqa

16.Sh bilan G’ qaysi xususiyatiga ko’ra bir guruhga mansub emas?

A)hosil bo’lish o’rniga ko’ra B)hosil bo’lish usuliga ko’ra S)ovoz va shovqin ishtirokiga ko’ra D)A,B,S

17. x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi? A)ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra B)tarkibiga ko‘ra C)hosil bo‘lish usuliga ko‘ra D)hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra

18. Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi. Ushbu gapda yopiq bo‘g‘inlar tarkibida lablanmagan unlilar soni nechta? A)9ta B)6ta C)7ta D)8ta

19. g undoshining k undoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan?

A)shovqinlilik B)til orqalilik C)jaranglilik D)portlovchilik

20. Quyida berilgan qaysi undoshlar akustik jihatdan birlashadi? A) d-t B) g-k C) n-z D) z-s

3-variant

1. Tarkibida ham qo’sh undosh, ham qator undosh mavjud so’zni toping. A) minnatdor B) kongress C) milliard D) B, C

2. Qaysi gap tarkibida qator undosh mavjud? A) Kapalak xursand bo’ldi, sevinib qanot qoqdi. B) Odamning ko’ngli nozik. C) Ravon nutq – insonning ko’rki, fazilati. D) A, C

3.Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi qanday nomlanadi? A)grafika B)fonetika C)orfoepiya D)orfografiya

4. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsim izzat-ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim. Ushbu gapda qo‘sh va qator undoshli so‘zlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta qo‘sh undosh, 3 ta qator undoshli so‘z. B) 3 ta qo‘sh undosh, 4 ta qator undoshli so‘z. C) 2 ta qo‘sh undosh, 2 ta qator undoshli so‘z. D) 2 ta qo‘sh undosh, 1 ta qator undoshli so‘z.

5. Qaysi so‘zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor? A) gilos, rayhon, gulkaram B) sochpopuk, shafqat, ko‘kat C) ziynat, ko‘hlik, libos D) ko‘makdosh, inson, ko‘rgazma

6. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ng tovushi qo‘llangan? A) nonga, keng, tushuncha B) unga, donga, o‘tinga C) ongga, yurting, o‘zingga. D) maymunga, yurganga, borganga

7. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so‘zlar qatorini ko‘rsating. A) mehr, keng, sen B) yomg‘ir, makon, nodon C) misol, moviy, dengiz D) ro‘mol, nom, lola.

8. f va g‘ tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A) portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra B) f va g‘ tovushlari sanalgan xususiyatlarga ko‘ra turli guruhlarga mansub bo‘ladi. C) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra D) tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra

9. So‘z urg‘usi olma, gullar so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga tushsa qanday ma’no anglashiladi? A) olma – meva (ot); gullar – gullashi mumkin (fe’l) B) Ushbu so‘zlarda urg‘u ma’no farqlashga xizmat qilmaydi. C) olma – meva (ot); gullar – ko‘p gullar (ot) D) olma – bo‘lishsizlik (fe’l); gullar – gullashi mumkin (fe’1)

10. Yangi, hozir so‘zlarida urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushganida qanday ma’no anglashiladi? A) yangi (yangi kitob) , hozir (hozir shu yerda edi) B) yangi (u yangi ketdi), hozir (davrada hozir bo‘lishdi) C) yangi (u yangi ketdi), hozir (hozir u shu yerda edi) D) yangi (yangi kitob, hozir (davrada hozir bo‘lishdi)

11. Qaysi so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi? A) shamolday B) o‘quvchiman C) bahordagi D) B, C

12 Matematikami? Ushbu so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? A) to‘rtinchi B) uchinchi C) ikkinchi D) oltinchi

13. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) sezuv B) xushbichim C) romanlar D) kitobxon

14. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat? A) sabr, hukm, darz B) darz, davr, fayz C) zulm, fayz, farzand D) farzand, darz, ranj

15. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor? A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta

16.Qaysi so’zlarda yonma-yon kelgan undosh bor,lekin bu undoshlar qator kelgan undosh hisoblanmaydi? A)do’st, barg B)paxta, nimcha C)stol, stul, D)barcha

17.Til oldi unlilar berilgan javobni toping. A. o, a B. o, a, u C. o, a, I D. a, e, i

18.Ochiq bo‘g‘indan birida faqat til undoshi berilgan so‘zni toping.A. bahona B. mamnun C. vafodor D. faqat

19. Qator undoshli so’zlar miqdorini belgilang.

Shavkatim, faxrim mening,

Dengiz-u nahrim mening,

Yuragim, bag’rim mening-

Paxtakor respublikam.

A) qator undoshli so’z berilmagan B) 8ta S) 7ta D) 6ta

20 Qaysi so‘zlarda qatnashgan unlilar og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega? 1) komil; 2) kemtik; 3) tikuvchi; 4) kamolot; 5) cho‘chimoq; 6) mudir A)1, 2, 3, 4, 5 B)3, 4, 6 C)1, 2, 5 D)2, 3, 4, 5, 6

Variant-4

1.Qaysi qatordagi so’zlarda ng harf birikmasi ishtirok etmagan? A) dangasa, tanga B) kongress, shtanga C) ingramoq, kenglik D) yangi, yengil

2. Qo’shimcha qo’shilishi natijasida o’zgarishga uchragan so’zlar qatorini toping. A) sana, dumaloq B) o’roq, qaynoq C) angla, sayla D) bo’yoq, tuproq

3. Qator unlilar ishtirok etgan so’zni toping. A) taassuf B) mudofaa C) muattar D) A, B, C

4. Qator undoshli so‘zlar berilgan javobni toping. A) paxta, nimcha, o‘simlik B) musht, traktor, krem C) maslahat, ilhom, kompyuter D) ulkan, foyda, hikmat

5. Son – sana, ek – ekkan, shahar – shahri, men – mening kabi o‘zak va qo‘shimchalarning qo‘shilishida tovush o‘zgarishlarining qaysi turlari vujudga kelgan? A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi va tovush orttirilishi D) tovush almashishi va tushishi

6. Pasay, susay so‘zlarida o‘zak va qo‘shimchalarning qo‘shilishidan qanday fonetik o‘zgarish vujudga kelgan? A) unli tovushlar almashishi B) undosh tovushlar almashishi C) unli tovushlar tushishi D) undosh tovushlar tushishi

7. Quyidagi so‘zlarning qaysi qatorida qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush o‘zgarishi sodir bo‘lgan? A) o‘lcham, to‘plam, o‘ymakor B) shirinlik, ko‘pchilik, bog‘lam C) ko‘ylakchan, ko‘klam, o‘lguncha D) guldiros, qishloq, ovloq

8. 1) o‘g‘limga; 2) quvonchim; 3) sarg‘aymoq; 4) o‘rnatmoq; 5) chanqoqni Berilgan so‘zlarning qaysi birida qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarish vujudga kelgan? A) 1, 3 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4, 5

9. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush o‘zgarishi sodir bo‘lgan? A) qaynoq, maqtov, o‘yna B) ko‘ylakchan, ko‘klam, o‘lguncha C) shirinlik, ko‘pchilik, bog‘lam D) o‘lcham, kuyla, o‘ymakor

10. Sanab sanog‘imga yetolmadim. Ushbu gapdagi sanog‘imga so‘zi asliga ko‘ra qanday fonetik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan? A) 3 ta tovush almashinishi B) 2 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi C) 1 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi D) 2 ta tovush almashinishi

11.Yopiq bo'g'inlardan biri faqat lab undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang? A) bodomzor B) mafkuraC) bolg'laD) konduktor

12.Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushgan ?A) bodomzor, qanday B)bo'lma (fe'l), yangi(ravish) C) romandan, katta D) mardlarcha, oydek

13. p,m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko'ra bir guruhga mansub bo'ladi?A)labda hosil bo'lish o'rniga ko'ra B)Ovoz va shovqunning ishtirokiga ko’ra C)tilning qayerida hosil bo'lishiga ko'ra D)jarangli va jarangsizligiga k.

14.tenglik so’zida qanday undoshlar mavjud? A)3ta til oldi,1ta til orqa B)1ta til oldi,2ta til orqa S)2ta til oldi,1ta til orqa D)2ta til oldi,2ta til orqa

15.Qaysi so’zda hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?A)shabnam B)ishkom S)madaniyat D) taqdir

16 Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo’ydiki,bu fanlarning sirli olami uning butun borlig’ini qamrab oldi. Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv asosida yoziladi? A)1 B)2 S)3 D)4

17.Keltirilgan gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi".

A)2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi

B)1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi

C)1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi

D)2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi

18. 1) taroqqa; 2) buloqqa, 3) so‘roqqa; 4) ilikka; 5) kurakka; 6) terakka. Jo‘nalish kelishigidagi ushbu so‘zlarning qaysi birida so‘zning ham o‘zak, ham qo‘shimcha qismida tovush o‘zgarishi yuz bergan? A) 1, 3 B) 3, 4, 5 C) barchasida faqat qo‘shimchada o‘zgarish yuz bergan. D) 1, 2, 3

19. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarishlar ro‘y bergan? A) tovush o‘zgarishi B) tovush tushishi C) tovush orttirilishi va o‘zgarishi D) tovush orttirilishi

20. Quyida berilgan so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, tovush tushishi vujudga kelgan? 1) bilak; 2) o‘g‘il; 3) egin; 4) keyin; 5) lochin; 6) singil: 7) ko‘ngil. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 6, 7

Variant-5

1."Mehnat mamnuniyat va madaniyat manbayidir" Ushbu gapdagi ochiq boʻgʻinlar tarkibida necha oʻrinda til oldi undoshlari qatnashgan? A)5 ta B)4 ta C)3 ta D)6 ta. 2. Nuqtalar oʻrniga chuqur til orqa undoshi yoziladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) a..loq; 2) hol-a..vol; 3) ..atti-harakat; 4) ..okkey; 5) ..ushyorlik; 6) ..iylakor A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 3

3. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi

bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping.

A) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab

emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar.

B) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi.

C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.

D)Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmayd. 4.Jarangsiz jufti mavjud bo‘lmagan til oldi undoshlarini aniqlang. A)l,m,r,nB)x,hC)r,l,nD)r,l,n,y 5.Qaysi undosh oʻz jarangsiz jufti bilan birga portlovchi til undoshlariga mansub boʻladi? A)gʼB)dC)zD)b 6.Oʻzbek tilida jarangli portlovchi til undoshlari soni nechta? A)2ta B)5ta C)4ta D3ta. 7.Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og‘zini tiyolmadi.

Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik hodisa kuzatiladi?

A) 6 B) 4 C) 5 D) 3


Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish