2-savolga javob.
O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g‘o‘za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G‘o‘za genetik kolleksiyasini yaratishda akademik J.A. Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta. Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, vilt kasalligiga chidamli navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidamli «Toshkent1», «Toshkent2», «Toshkent3»navlarini, akade miklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil «AN402», «Samarqand3», «Yulduz» kabi navlari mashhurdir. Respublika miz olimlari keyingi yillarda g‘o‘zaning yangi hamda istiqbolli «Buxoro9», «Buxoro102», «Namangan34» va «Omad» navlarini yaratdilar. O‘zbekistonda 250 dan ortiq uzum navlari mavjud. Xalq seleksioneri, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishgan Rizamat ota Musamuxamedov va uning shogirdlari uzumning bir necha xil navlarini yaratganlar. Bulardan «Rizamat», «Gultish», «Sohibi», «Hiloliy» kabi navlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning oq olma, qizil
olma, Namangan olmasi, targ‘il olma, qozi dastor olma navlari, shaftolining «Vatan», «Lola», «Anjir shaftoli», «Zarafshon», «Farhod», «Zarg‘aldoq» navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlarning xilmaxil navlari yaratilgan. Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning
turli hududlarida ekilib, ulardan mo‘l hosil olinmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning «Nimrang» — cho‘zin choq pushti o‘rtapishar navi, «Obidov» — kechpishar, cho‘ziq qizil serhosil navlari ning yaratilishi diqqatga sazovor bo‘ldi. Professor D. Abdukarimovning yaratgan «Samarqand» navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin
3-savolga javob:
Ulotriks jinsiy ko`payganda 2 ta gametadan 1 zigota, undan 4 ta yangi ulotriks ipi hosil bo`ladi. shundan foydalanib quyidagi proporsiya tuzamiz va masalani ishlaymiz:
2 gameta _________1 ta zigota____________4 ta yangi ip
256______________x=128 zigota
128 zigota ___________100%
32=x_______________25%
32 zigota____________100%
16=x_______________50%
1 zigota ____________4 ta yangi ip
16 ________________x = 64 ta
4-BILET
1. Biologiya fanini o‘rganish usullari, vazifasi, biologiya fanini o‘rganish obyekti va biologiya fanining kompleks fan ekanligini izohlab bering.
2. Hayvonlarda urug‘lanish jarayoni va partenogenezni misollarda tushuntiring.
3. Makkajo‘xorining so‘tasi 20 va 8 sm uzunlikda bo‘lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini namoyon etsa, u holda: a) F1 da so‘taning uzunligi qancha bo‘ladi? b) 3 ta dominant genli formalar F2 dagi 960 ta o‘simlikdan necha qismini tashkil etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |