Bilamizki, oxirgi yillarda ko’plab davlatlarda aholini ish bilan ta’minlash asosiy muammolardan biri bo’lib kelmoqda. Shu jumladan, bizninig yurtimizda ham bunday muammo yo’q emas



Download 32,12 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi32,12 Kb.
#202079
Bog'liq
maqola


Bilamizki , oxirgi yillarda ko’plab davlatlarda aholini ish bilan ta’minlash asosiy muammolardan biri bo’lib kelmoqda . Shu jumladan, bizninig yurtimizda ham bunday muammo yo’q emas. So’ngi yillardagi yurtimiz mehnat bozorini kuzatadigan bo’lsak, aholining bandlik ko’rsatkichida o’sishini kuzatishimiz mumkin. Biroq bu o’sish mamlakatimiz uchun yetarli emas. Misol sifatida oxirgi 10 yillikni oladigan bo’lsak , 2010-yildan 2020-yilgacha bo’lgan natijalarni kuzatsak bizda ish bilan band aholi dastlab 2010-yilda 12286.6 ming kishini tashkil etga va 10 yil o’tib 2020-yil esa taxminan, 20% ga oshdi va 14979.9 ming kishiga yetdi . Xo’sh bu 10 yil ichida aholini bandligini oshirish qanday ishlar olib borildi?

Ko’rsatkichlardan shuni bilsak bo’ladiki aholini bandligini oshirish uchun 10 yil davomida mamlakatimizda yetarlicha ishlar olib borilgan va shu sababli ham ushbu natijaga erishilgan . Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ko’plab sohalarga aholi jalb etilgan va yildan-yilga turli xil zavod-fabrikalar o’z faoliyati yo’lga qo’yilgan. Masalan, yaqin yillar davomida xorijiy korxonalar bilan aloqalar o’rnatilib ularning faoliyati O’zbekistonda olib borilishiga zamin yaratildi. Ular orasiga Hyundai, Skoda va shu kabi avtokorxonalarni, ta’lim sohasida esa ko’pgina xususiy universitetlar va maktablar ochilganini kiritsak bo’ladi. Quvonarlisi, prezidentimiz tashabbusi bilan ochilgan Prezident maktablari yurtimizdagi yosh o’qituvchilarni o’z faoliyatlarini mana shunday e’tirofli ilm maskanlarida faoliyat boshlashlariga turtki bo’ldi. Va bunday maktablar soni kelajakda har bir viloyatda ochilishini ta’kidlab o’ttilar, bu esa bizning o’qituvchilarmizga va o’quvchi yoshlarimizga katta ishonch bildirayotganligini anglatadi. Shu jumladan, yurtimizda oxirgi yillarda universitetlar soni ham yetarlicha ko’paydi va ularning soni 129taga yetdi. Ko’plab malakali mutaxassislarimizning yoshlarga bilim va ko’nikmalarini berishi uchun shunday sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari iqtisodiy faoliyat turi bo’yicha sanoat mahsulotlari hajmida ham sezilarli darajada o’sish kuzatilgan. Qolgan ma’lumotlar bo’yicha va natijalar bo’yicha mavzumizning keyingi qismlarida batafsil to’xtalib o’tamiz

Mustaqillikka erishganimzdan buyon aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha _fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Erishilgan yutuqlarga qarmasdan, ishsizlikni kamaytirish uchun yangi ish joylarni, ayniqsa qishloq hududlarida yaratish respublikaning ustuvor vazifalaridan biri. Tadqiqotlar natijasidan ma’lumki, demografik xususiyatlar sababli O’zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni keskin o’sib bormoqda va bu o’sish doimiy aholi soni o’sishidan yuqoriroq. Shuning uchun, umumiy aholi sonida mehnat resurslari ulushining o’sishi kuzatilmoqda. Mehnat bozoriga har yili yangi ish kuchlari chiqishi, iqtisodiyotning qayta tashkil etilishi va ba’zi sohalardan ish kuchi bo’shashi) va ish beruvchilarning kasbiy va malakaviy talablariga ish kuchi javob bermasligi sababli mehnat bozorida ish kuchi taklifi unga bo’lgan talabdan kattaroq. Bundan tashqari, O’zbekiston mehnat bozori hozirgi kunda rivojlanmoqda va uni tartibga solish uchun ish bilan bandlik tarkibi dinamikasi va omillarini, ayrim viloyatlardagi milliy ijtimoiy-mehnat munosabatlarnining maxsus xususiyatlarini inobatga olgan holda o’rganish zarur.

Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda respublikaning jami mehnat resurslari 19,1 mln kishini tashkil etib, shundan 99,5 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 77,3 foiz qismi yoki 14,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,2 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 89,5 foizni tashkil etmoqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,3 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular jami mehnat resurslarining 22,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2020-yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 89,2 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 69,1 foizni tashkil etdi.

1-rasm


Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobiliyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga aylandi.

Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa, o‘z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o‘zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir joiz bo‘lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish imkonini bermoqda.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, chuqur qayta ishlangan mahsulot hajmini ko‘paytirish, qishloqqa sanoatni olib kirishni samarali tashkil etish hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib ravishda joylashtirish imkoniyatlarinikengaytirmoqda. 2020 yilda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoqlar tuzilmasida quyidagi manzara hosil bo‘ldi:

• sanoatda 1789,7 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 13,5 foiz;

• qishloq va o‘rmon xo‘jaligida 3560,0 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 26,9 foiz;

• qurilishda 1267,8 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 9,6 foiz;

• ta’limda 1160,0 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 8,8 foiz;

• savdoda 1364,4 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 10,3 foiz;

• tashish va saqlash sohasida 623,0 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 4,7 foiz;

• sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 652,1 ming kishi , jami bandlikdagi ulushi 4,9 foiz;

• boshqa sohalarda 2822,5, jami bandlikdagi ulushi 21,3 foizni tashkil etdi.

Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.

O’zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilmoqda:

• ishsizlarni yangi kasbgaa tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini oshirish;

• ishsizlarning haq to’lanadigan jamoat ishlarida, asosan, hududlarni obodonlashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, yolg’iz yashaydigan qariyalarning xizmat ko’rsatish sohalaridagi ishtirokini kengaytirish;

• axborotlar asosida ish joyini tanlashni kengaytirish, tuman mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya bo’yicha bo’linmalari tomonidan ish izlash sifatini oshirish hisobiga ishsizlarni ishga joylashtirish jarayonini optimallashtirish;

• iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishsizlarning oilalariga o’z ishini tashkil qilishlari uchun mikrokreditlar ajratish;

Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin.

Birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (73,1%), Qashqadaryo (73,4 %), Samarqand (74,4 %), Surxondaryo (75,7 %) va Namangan (76,3%) viloyatlarida mehnat resurslarini e’tiborga oladigan bo’lsak, aholining iqtisodiy faollik darajasi nisbatan pastligi kuzatiladi. Shuning hisobiga mazkur mintaqalarda band aholining jami mehnat resurslaridagi ulushi respublika ko‘rsatkichiga nisbatan past ko‘rinishga ega. Ushbu holatlar mazkur hududlardagi demografik jarayonning murakkabligi bilan bog‘liq.

2-rasm


Ikkinchidan, hududlar bo‘yicha aholi va mehnat resurslarining notekis taqsimlanganligi sababli ish bilan band bo‘lganlar soniga ko‘ra viloyatlar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, respublika bo‘yicha jami ish bilan band aholining ulushi yuqori bo‘lgan hududlarni Samarqand (10,6 %), Farg‘ona (10,8 %), Qashqadaryo (8,9 %), Andijon (9,3 %), Toshkent (9,0 %) va Namangan (8,1 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (9,3 %) ga teng ekanligini ko‘rish mumkin.

Uchinchidan, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashganligi sababli hududiy tarmoqlarda bandlik turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida aholining sanoat, qurilish, transport sohalarida bandligi nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yuqori deyish mumkin.




Xulosa
Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim.

Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:

• aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va

birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish

o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;

• mehnat bozori talab va takli_ balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;

• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish

strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;

• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.

Yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarni amalga oshirsak yurtimizda aholining bandligini ta’minlashga keraklicha ulush qo’shgan bo’lamiz . Bu maqsadlardan tashqari yurtimizdagi iqtisodiy zonalar sonini oshirib investorlarga va tadbirkorlarga ularning faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bersak ham chekka-chekka hududlardagi mehnatga yaroqli aholimiz bandligini ta’minlagan bo’lamiz .


Yillik sarhisob qilanayotganda ajratilayotgan kapitalni har xil zavod va fabrikalar ochilishiga ajratsak imkoniyatlar oshadi . Masalan, kichikroq korxonada 50 kishi faoliyat olib borsa , kattaroq korxonalarda bu son 20 barobarga oshadi va ko’plab insonlarning bandligi ta’minlanadi.. Xulosa qiladigan bo’lsak aholini ish bilan ta’minlash va ularning bandligini oshirish davlatning boyishiga va aholi orasida kambag’allik ko’rsatkichi qisqarishiga olib keladi . Shuning uchun sanab o’tgan maqsadlarimiz va ishlarimiz amalga oshishi, elchilarimiz chet davlatlar bilan aloqani yaxshilab investorlani yurtimizga jalb qilishlari kerak . Shundagina ko’zlangan maqsad va rejalarga erishiladi va xalqaro bozorga chiqish ham osonlashadi.
Download 32,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish