Bibliografiya lat p65



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Asosiy tushuncha — o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar.


123
O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimi
haqida umumiy tushuncha
O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar — mamlakatning bir
hududiga oid adabiyotlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Hozirgi
paytda o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimining
nazariyasi, metodologiyasi ishlab chiqilgan. Bu sohada pedagogika
fanlari nomzodi H. Mamatraimova maxsus ilmiy-tadqiqot ishi
olib borgan. Bu qo‘llanmalar kitobxonlarning u yoki bu o‘lkaga
oid ilmiy, o‘quv, ishlab-chiqarishga oid, ilmiy-ommabop ax-
borotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Qo‘l-
lanmalarning kitobxonlari ilmiy xodimlar, talabalar, professor-
o‘qituvchilar, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, rahbar
xodimlar, madaniyat va san’at xodimlari, tashkilot va muassa-
salarning rahbarlari va boshqalar bo‘lib, ularning o‘z sohalarida
yutuqlarga erishishlari uchun, bilim malakalarini oshirib borishlari,
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yordam beradi.
Maqsadi — kitobxonlarni o‘lkaga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida
tarbiyalash, tarixiy-o‘lkashunoslik bilimlarini takomillashtirib
borish. O‘lkashunoslik o‘tmishdan kelajakka yo‘l ochib beradi.
O‘lkashunoslik kutubxona-bibliografik manbalarining bosh bo‘g‘ini
va kitobxonlarning hujjat va axborotlarga bo‘lgan talablarini
qondirishning asosi — o‘lkashunoslik fondidir. Unda kitob, risola,
boshqa turdagi matbuot asarlari, hatto qo‘lyozma manbalar ham
to‘planadi. Bu hujjatlar mahalliy hokimiyat organlarining ish
faoliyatini yoritadi, o‘lkada hayotning u yoki bu tomonini
yaxshilashga, rivojlantirishga yordam beradi, bundan tashqari,
o‘z kutubxonasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes korxonalari,
ishlab chiqarish idora-tashkilotlari uchun zarur axborot manbayi
ham hisoblanadi. O‘lkashunoslik fondi muntazam va retrospektiv
tarzda to‘ldirib boriladi. Kundalik to‘ldirishda kutubxona fondiga
kelib tushayotgan adabiyotlar va hujjatlar orasidan o‘lkaga oid
adabiyotlar ajratib olinadi. Retrospektiv to‘ldirishda turli man-
balardan foydalanish mumkin.
O‘lkashunoslik bibliografik manbalarning keyingi tarkibiy qismi
MBA o‘lkashunoslik fondi tarkibi va mazmuni yoritib boriladi,
iste’molchilarga o‘lkashunoslik kutubxona-bibliografiya xizmati
ko‘rsatiladi, tashkilot va muassasalar o‘lka haqidagi bibliografik
axborot bilan ta’minlanadi. MBA o‘lkashunoslik katalog va
kartotekalaridan, ma’lumotnoma nashrlaridan, o‘lkaga bag‘ish-
langan turli bibliografik ko‘rsatkichlardan, bajarilgan ma’-


124
lumotnomalar fondidan iborat bo‘ladi. Uning eng asosiysi
o‘lkashunoslik kartotekasidir. Unda o‘lkaga oid barcha hujjatlar
to‘planadi: kitoblar, risolalar, ularning bo‘limlari, boblari,
qismlari, maqolalar, fotoalbomlar, xaritalar, kino-fotohujjatlar,
tasviriy san’at asarlari, musiqa-nota asarlari, elektron veb
sahifalar, internet materiallari, multimedialar, kompakt disklar
va boshqalar. Ma’lumotnoma nashrlari fondi ensiklopediyalar,
spravochniklar, lug‘atlar, fotoalbomlar, yo‘l ko‘rsatkichlari,
xaritalar va boshqalardan tashkil topadi. O‘zbekistonda viloyat,
shahar, tumanlarga oid „Toshkent“ ensiklopediyasidan boshqa
birorta ensiklopediya yo‘q.
Spravochniklar ko‘proq nashr etilgan. XX asrning 70 — 80-
yillarida respublikamizning deyarli barcha viloyatlari, shaharlariga
oid ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan. Masalan: Andijon,
Samarqand, Namangan, Buxoro, Bekobod, Angren, Chirchiq
va hokazo. Yo‘l ko‘rsatkichlaridan „Ìóçåè Òàøêåíòà“, „Óëèöû
Òàøêåíòà“, „Toshkent teatrlari“,„Samarqand“, „Toshkent dar-
vozalari“ va boshqalar, fotoalbomlardan „Qashqadaryo“,
„Surxondaryo“, „Termiz“, „Xiva“, „Buxoro — ochiq osmon
ostidagi muzey“, „Xiva — ming gumbaz shahri“ va boshqalar,
xaritalar, to‘plamlar, telefon-spravochniklar, manzillarni ko‘r-
satuvchi kitoblar va boshqalar o‘lkashunoslik fondini tashkil
etadi. O‘lkashunoslik qo‘llanmalari mazmuni, ahamiyati, o‘lka
haqidagi adabiyotlarning nashr joyi belgilariga ko‘ra shakllanadi.
O‘lkaga oid bibliografik qo‘llanmalar tuzilmasi o‘lka haqidagi
adabiyotlarni aks ettiruvchi qo‘llanmalar va mahalliy matbuot
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 1983- yil Òoshkentning 2000
yilligi munosabati bilan „Toshkent“, „Toshkent — o‘tmishda,
bugun va kelajakda“ (o‘zbek va rus tillarida), 1970- yil rus tilida
nashr etilgan „Èñòîðèÿ Ñàìàðêàíäà è Ñàìàðêàíäñêîé
îáëàñòè“, 1974- yilda „×òî ÷èòàòü î Õèâå“, 1969- yilda „×òî
÷èòàòü î Ñàìàðêàíäå“ ko‘rsatkichlarini misol keltirish mumkin.
O‘lkaga oid adabiyotlarning bibliografik qo‘llanmalari:

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish