Bibliografiya lat p65


Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati
Hujjatlar madaniyati va dunyo bibliografiyasining yuzaga
kelishida kitob palatasi asosiy o‘rin tutadi. U matbuot asarlarining
majburiy nusxalarini yig‘di, barcha turdagi elektron kitoblar va
hujjatlarning ham majburiy nusxalari shu joyda yig‘ildi va hisobga
olindi, uni saqlab, arxivini tashkil etdi, bibliografik va axborot
xizmatini ko‘rsatish uchun manbalarni tayyorladi va hokazo.
1920- yilda O‘zbekistonda nashriyotchilik ishi va kitob ishi
rivojlanib borishi bilan davlat bibliografiyasining markazini tashkil
etish ehtiyoji paydo bo‘lgan edi. Shu yili kuzda Òoshkentdagi
Òurkiston davlat nashriyotida birinchi Òurkiston kitob palatasi
tashkil etildi. Ammo o‘sha paytdagi shart-sharoitlarning murakkab-
ligi tufayli chiqayotgan nashrlarning hammasini hisobga olib
borish, ularning ro‘yxatini tuzish va nashr etish, Rossiya markaziy
kitob palatasiga kelib tushayotgan va mahalliy kutubxonalarga
kelayotgan nashrlarni to‘la qamrab olish imkoni bo‘lmadi.


98
1922 — 1924- yillarda Òurkiston matbaa asarlarining davlat
hisobini olib borish va Rossiya kitob palatasining „Kitob yilnoma-
si“da aks ettirishga urinishlar bo‘lgan. 1922- yil 17- iyulda qabul
qilingan respublikalar hududida nashr etilayotgan matbuot
asarlarini majburiy hisobga olish haqidagi qarordan so‘ng yana
Òurkiston kitob palatasini tashkil etishga urinish boshlandi. Chunki
1922- yilgacha hech qayerda Òurkiston matbuoti hisobga olinmadi,
respublikada nashriyotchilik va kitob ishining tez sur’atlar bilan
o‘sib borishi tezkorlik bilan ular haqida axborot berib borishni
talab etar edi, respublikada nashr etilayotgan asarlarning majburiy
nusxalarini to‘plash masalasi hali hal etilmagan edi. 1922- yil
sentabr oyi boshlarida Respublika davlat ilmiy kengashida kitob
palatasi masalasi ko‘rildi. Palatani tashkil etish loyihasini tay-
yorlashning maxsus komissiya yig‘ilishida Òurkiston davlat ku-
tubxonasining xodimi N. A. Burov ishtirok etdi. Oktabr oyi
o‘rtalarida Òurkiston davlat kutubxonasi direktori Y. K. Betger
Davlat ilmiy kengashi topshirig‘i bilan Òurkiston kitob palatasini
ta’sis etish bo‘yicha Xalq komissarlar sovetining qaror va Xalq
maorifi komissarligining respublikada matbuot asarlarining
majburiy nusxasini hisobga olib borish haqidagi yo‘riqnoma
loyihasini topshiradi.
1923- yil 15- yanvarda Davlat ilmiy kengashi qoshida ikkinchi
Òurkiston kitob palatasi tashkil etiladi, ammo shu yilning may
oyidayoq uning faoliyati to‘xtatiladi. 1923- yil yanvarining
o‘rtalaridan boshlab Òurkiston Avtonom Respublikasida matbuot
asarlarini hisobga olib borish boshlandi va Òurkiston kitob yilnomasi
ko‘rinishida ro‘yxat tayyorlanadi, unga asos matbuot asarlarining
majburiy nusxalari va Òurkiston davlat kutubxonasi fondiga kelib
tushayotgan adabiyotlar. Dastlab palata 1917 — 1922- yillarda nashr
etilgan matbuot asarlarini yig‘adi. Yilnomani nashr etish 1921-
yilda boshlandi va 1923- yildan boshlab Rossiya markaziy kitob
palatasidan Òurkistonga oid adabiyotlarning majburiy nusxalari
kelib tusha boshlaydi. Òurkiston davlat kutubxonasi fondining tez
o‘sib borishiga ta’sir etdi. Dastlab bibliografik tasvirlar kirill
yozuvida olib borildi, bu qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Chunki sharq tillaridagi va yozuvidagi adabiyotlarda rus kirill
yozuvidagi na tarjimasi, na izohlari deyarli uchramas edi. Y. K.
Betger Òurkiston nashrlarini asl tilida hisobga olish, zarur bo‘lgan
holda Rossiya kitob palatasining kirill yozuvida bo‘lmagan asarlarni
ro‘yxatga kiritmagandan ko‘ra, rus tilidagi tarjimasini yoki qisqacha


99
izohini berish kerak, deb talab qildi. U titul varag‘ining orqa
tomonida zarur bibliografik elementlarni rus tilida berish va bu
bilan Rossiya kitob palatasining hisobga olish ishlarini yengillatish.
O‘zbekiston hukumatining 1926- yil 3- yanvardagi 1930-
yilgacha O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Samarqandda davlat
kitob palatasini tashkil etish haqida qarori e’lon qilindi. Shu
kundan boshlab rejali, malakali holda davlat bibliografiyasini
tuzish boshlandi. Kitob palatasi O‘zbekiston Xalq komissariati
tarkibiga kiruvchi muassasalarning Akademik markaziga qarashli
edi. Qarorda kitob palatasi O‘zbekiston hududida nashr etilayotgan
barcha turdagi matbuot asarlarini bir necha nusxada saqlaydi va
hisobga olib boradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha paytda palataning shtati
2 kishidan iborat bo‘lib, bittasi I. Rahmatullayev direktor,
ikkinchisi D. P. Kvasnitskiy bibliograf edi. 1927- yildan boshlab
kitob palatasida majburiy nusxa ola boshlanadi va alifbo hamda
sistemali katalog yuritiladi. Shu kunga qadar faoliyat yuritib
kelayotgan kitob palatasi davlat bibliografiyasining, matbuot
asarlarining statistik, markazlashgan kataloglashtirish, ma’lu-
motnoma-bibliografiya, nashriyotchilik, poligrafik sanoat va kitob
savdosi sohasi hamda ilmiy-texnik axborot va targ‘ibotning tarmoq
markaziga aylandi. 1980- yillarga qadar kitob palatasida matbuot
asarlarini qabul qilish va nazorat qilish; davlat kundalik
bibliografiyasi; ma’lumotnoma-bibliografiya bo‘limi; matbuot
asarlarini hisobga olish bo‘limlari ish olib bordi.
Palataga kelgan har bir hujjat avval matbuot asarlarini qabul
qilish va nazorat qilish bo‘limiga tushadi. Bu bo‘limda kitoblar
bilan birga kelgan ilovali hujjatlar bosmaxona yoki nashriyotlarning
nomlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Kitoblar turli xil belgilariga
qarab alohida guruhlashtiriladi, har biriga inventar raqami
qo‘yiladi. Gazeta va jurnallarning nomlari bo‘yicha har biriga
alohida pasport yoziladi va tikib boriladi, keyinchalik muqovalanadi.
Bu yerda nazoratdan o‘tgan kitoblar statistika sho‘basida bibliografik
tavsif bilan boyitiladi. Bu bo‘limdan so‘ng adabiyotlar bibliografiya
bo‘limida alohida bibliografik hisobdan o‘tadi va „O‘zbekiston
matbuoti solnomasi“ uchun ma’lumotlar to‘plash jarayonida
ishtirok etadi. Ma’lumot va bibliografiya bo‘limi esa katalog va
kartotekalar uchun kartochkalarni tayyorlaydi va ularni yangi
ma’lumotlar bilan to‘ldirib boradi.
Palataning asosiy vazifasi — O‘zbekistonda nashr etilayotgan
matbuot asarlarini hisobga olib borish, uning raqamli hisobini


100
yuritish, gazeta va jurnallarga bosma va elektron mahsulotlar
haqida axborot berib turish. Kitob palatasining yuragi, matbuot
asarlarining arxivi 1927- yili tashkil etilgan. Har yili arxivga 46
ming dona matbuot asari kelib tushgan. O‘sha yillardanoq 7 ta
ko‘rsatkichdan iborat „O‘zbekiston matbuotining yilnomasi“
nashr etila boshlandi: 1928- yildan „O‘zbekiston kitob solnomasi“,
1931- yildan rus va 1938- yildan o‘zbek tilida „Jurnal maqolalari
solnomasi“, 1968- yildan „Taqrizlar solnomasi“ va „Tasviriy
san’at asarlarining bosma nashrlari solnomasi“, 1969- yildan
„Gazeta maqolalari solnomasi“, 1976- yildan boshlab kitob palatasi
„Åæåãîäíèê êíèãè ÓçÑÑГ va 1982- yildan „O‘zbekistonning
bibliografik qo‘llanmalari“ nomli yillik ko‘rsatkich nashr etdi.
1958- yil O‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliogra-
fiyasi tizimidagi qo‘llanmalar kartochka shaklida nashr etila
boshlandi. Bu ishda 1974 — 75- yillarda yangi nashr etilayotgan
adabiyotlarning annotatsiya kartochkalari nashr etildi. Kitob
palatasida o‘zbek tilidagi kitoblarning, 1915- yildan qoraqalpoq va
rus tilidagi kitoblarning alifbo katalogi, 1917- yildan rus va o‘zbek
tilidagi kitoblarning sistemali katalogi, o‘zbek va rus tilidagi jurnal
maqolalari katalogi, izografika katalogi, rus tilida avtoreferatlar
katalogi, mualliflarning familiyalari tartibida badiiy, o‘smirlar va
bolalar adabiyoti, ilmiy ishlar, to‘plamlarga kiritilgan mualliflar,
taqrizlar, tarjimonlar kartotekalari tuzilgan. Kitob palatasining
ma’lumot-bibliografiya apparati 800 ming bibliografik yozuvdan
tashkil topgan 20 dan oshiq turli katalog va kartotekalardan
iborat.
1994- yildan kitob palatasi Milliy bibliografiya markaziga
aylantirildi. Yangi status olganiga qaramay, palataning vazifalari
ancha qisqargan. 2002- yildan shu kungacha to‘plangan bibliografik
yozuvlar elektron ko‘rinishda, bosma holda nashr etilmadi va
tarqatilmadi. Hozirgi kunda mazkur markaz Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tarkibida faoliyat
ko‘rsatmoqda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish