173
qismdan iborat bo‘ladi:
asosiy va
yordamchi. Asosiy qismi matbuot
asarlarining bibliografik yozuvlaridan tashkil topadi. Ularning
joylashtirilishi qo‘llanmaning xarakteriga, maqsadiga, tanlangan
adabiyotlarning yo‘nalishiga, kitobxonlar guruhi va mavzuning
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuli ko‘rsatkichlarda adabiyotlar
bir-biriga bog‘liq masalalar bo‘yicha guruhlashtiriladi.
Shaxslarga
oid ko‘rsatkichlarda shaxslar familiyasining alifbosi tartibida yoki
hayoti va ijodining xronologiyasi tartibida joylashtiriladi. Mam-
lakatshunoslik masalalariga oid ko‘rsatkichlarda adabiyotlar mam-
lakatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha joylashtiriladi. Òavsiya
ko‘rsatkichlarida bibliografik yozuvlarning mantiqan joylashishini
e’tiborga olish kerak.
Bibliografik nashrning yordamchi qismi so‘zboshidan,
kutubxonachi yoki kitobxonga murojaat qismidan va yordamchi
ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Qo‘llanmaning maqsadi va matbuot
asarlarining mazmuniga ko‘ra mualliflar, ismlar,
geografik,
mavzuli, predmet yoki xronologik va badiiy asarlar nomlarining
alifboli yordamchi ko‘rsatkichlari beriladi. Ular o‘ziga yarasha
yo‘l ko‘rsatkichi bo‘lib, qo‘llanmaning biror qismiga yo‘naltiradi.
Masalan, agar qo‘llanmadagi yozuvlar sistemali tartibda joylash-
tirilgan bo‘lsa, predmet ko‘rsatkichi beriladi. Mamlakatshunoslik
va o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalarda geografik nomlar
ko‘rsatkichi beriladi. Ayrim shaxslarga bag‘ishlangan yoki mavzuli
qo‘llanmalarda ismlar, mavzuli asarlar
nomlarining alifboli yor-
damchi ko‘rsatkichi beriladi.
Qo‘llanmalar mazmunini o‘rganish bibliografik yozuvlarni,
bo‘limlarga berilgan kirish va tushuntirish matnlari, bo‘limlar va
bo‘limchalarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tugaydi. Qo‘llanmada
adabiyotlarga berilgan annotatsiyalarni ham diqqat bilan ko‘rib
chiqish, ularning qay darajada asar mazmunini yoritib berganiga
e’tiborni qaratish kerak. Qo‘llanmaning mazmuniga ko‘ra shu
sohaga oid mutaxassislarning fikrini bilish ham muhim aha-
miyatga ega.
Bibliografik guruhlashtirish vazifasi qo‘llanmaning tuzilishini
tanlash, asosiy bo‘lim va bo‘limchalarini
aniqlash, ularning ketma-
ketligini belgilashdan iborat. Bu kitobxonga bibliografik axborotni
mantiqan asoslangan holda yetkazishga olib keladi. Matbuot
asarlarini o‘rganish jarayonida asosiy mavzuni, masalani ajratib
olish, mazmuniga ko‘ra kitoblarni va maqolalarni guruhlashtirish,
har bir bo‘lim va bo‘limchani nomlash,
mantiqan ketma-ketlikni
174
aniqlash uchun zamin yaratilgan bo‘ladi.
Bibliografik qayta ishlash
yoki bibliografik ta’rif berishda har bir matbuot asari haqida uni
o‘rganish jarayonida olingan mulohazalar birlashtiriladi. Har
biriga bibliografik yozuv tayyorlanadi, annotatsiya yoziladi.
So‘zboshi va boshqa yordamchi elementlarni tayyorlashning asosiy
vazifasi kitobxonlarga tuzuvchining fikrini yetkazish,
mustaqil
ravishda qo‘llanmadan foydalanishga yo‘llashdir. Buning uchun
mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, qo‘llanmaning o‘ziga xos
tomonlarini ochib berish lozim.
Òahlil qilish va bibliografik
qo‘llanmani rasmiylashtirish, yakunlovchi bosqichda barcha matn
qaytadan ko‘rib, ilmiy, adabiy va bibliografik tahlil qilib chiqiladi.
Yo‘l qo‘yilgan
xatolar tuzatiladi, kamchiliklar to‘ldiriladi,
qo‘shimchalar kiritish, sarvarag‘ini bezash, boshqa yordamchi
elementlarni kiritish, muqova ko‘rinishini tayyorlash, so‘zboshi,
kirish so‘zi, xulosa kabi elementlarni joylashtirish, illustratsiyalar
joyini belgilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: