Bibliografiya lat p65


N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi



Download 371,04 Kb.
bet56/147
Sana31.12.2021
Hajmi371,04 Kb.
#242922
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus (1)

N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi


„To‘plam“ni tiklash haqidagi masala o‘n yildan keyin 1898yili ko‘tarildi. 1907- yilga kelib, Òurkiston general-gubernatori N. I. Gardskov buyrug‘i bilan ish Òoshkentda davom ettirila boshlandi. 1907-yili na Moskva, na Peterburgda bunday muhim ahamiyatga ega ishni olib boruvchi fidoyilar bor edi, ammo Òoshkentda O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan adabiyotlar bilimdoni N. V. Dmitrovskiy (1841 —1910) kabi bibliograflar va Rus geografiya jamiyatining Òoshkent bo‘limi atrofida jiðslashgan bir qator taniqli o‘lkashunoslar bor edi. Bu davrga kelib xalq kutubxonasining fondi ham boyib bordi va mustahkamlandi.

Shunday qilib, „Turkiston to‘plami“ tarixida „Peterburg“ davri o‘rniga „Toshkent“ davri keldi. „To‘plam“ni tuzish bo‘yicha ishlarning barchasi, asosan, Òurkiston xalq kutubxonasi qoshida yetisha boshlagan mahalliy jonkuyarlar ishtirokida olib borildi. O‘lkashunos bibliograf N. V. Dmitrovskiy boshchiligida „Turkiston to‘plami“ni tuzish uchun Òurkiston xalq kutubxonasi nazorat qo‘mitasi a’zolaridan byuro tashkil etildi. Byuroning birinchi majlisida uning har bir a’zosiga vazifalar berildi. N. V. Dmitrovskiy byuroga rais etib saylandi va „Îðåíáóðã“, „Ñèáèðü“ gazetalarini, „Íîâîå âðåìÿ“, „Òîâàðèù“ kabi jurnallarni ko‘rib chiqishni o‘z zimmasiga oldi. Òurkmanistonda rus tilida chiqqan hamma gazetalarni I. I. Geyer, „Òóðêåñòàíñêàÿ òóçåìíàÿ ãàçåòà“ni A. A. Divayev va I. A.Òimeyevlar ko‘rib chiqishlari kerak edi. O‘sha majlisdayoq „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi materiallarini, O‘rta Osiyo haqidagi ba’zi asarlar (kitob, to‘plam)ni to‘plamga kiritmaslikka kelishdilar, chunki ularning to‘liq nusxalari kutubxonada saqlanar edi. Bundan tashqari, N. V. Dmitrovskiy „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasiga yillik yordamchi ko‘rsatkich tayyorlash vazifasini ham bajardi.

Ma’lum vaqt o‘tgach, byuroga I. A. Valiyevich, A. D. Kammikov, A. A. Zvarkinalar, 1910- yildan A. A. Semyonov kirdi. Òurkiston ilmiy jamiyatlarining a’zolari S.V. Bartold, BonchBruyevich, P.P. Semyonov-Òyanshanskiy va boshqalar byuro a’zolariga imkon boricha yordam berib turdilar.

Mejovdan keyingi davrdagi „Turkiston to‘plami“ jildlarining nomi o‘zgargan. Mejov bergan „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñî÷èíåíèé è ñòàòåé, îòíîñÿùèõñÿ äî Ñðåäíåé Àçèè è Òóðêåñòàíñêîãî êðàÿ â îñîáåííîñòè, ñîñòàâëÿåìûé ïî ïîðó÷åíèþ ã. Òóðêåñòàíñêîãî âîåííîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðྠÂ. È. Ìåæîâûì, ÑÏ“ deb berilgan chiqish joyi o‘rniga keyingi 175jildning titul varag‘ida „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê ñòàòåé è çàìåòîê èç ðóññêèõ è èíîñòðàííûõ ãàçåò. Ñáîðíèê ñîñòàâëÿåòñÿ ïî ïîðó÷åíèþ Òóðêåñòàíñêîãî ãåíåðàë-ãóáåðíàòîðà“ yozuvi bor, pastda chiqish joyi Òoshkent shahri deb ko‘rsatilgan. Dastlabki 34 tasiga (417—450) „Í. Ê. Ãîðîäåíêîãî“ so‘zi va „1907- yil“ yozilgan. 451- jilddan boshlab general-gubernator familiyasi qo‘yilmagan, „1906- yil“ 492 jildgacha ko‘rsatiladi. 494-jildga ham shu yil yozilgan, lekin 493, 495-jildlarida negadir „1907-yil“ yozilgan, 496-jilddan to oxirigacha chiqqan yillari ko‘rsatilmagan. Bu jildlarning tuzuvchilari imperiya markazidan uzoq hisoblangan O‘rta Osiyoda, rus madaniyati markazlaridan uzoqda bo‘lsa-da, gazeta qirqimlari byurosi xizmatidan foydalandilar va qirqim materiallari bilan to‘plamning keyingi jildlarini to‘ldirib bordilar. Òurkiston matbuotidan ham juda ko‘p materiallar olindi. Shuning uchun ham 127 jilddan 81 tasi, ko‘proq 1907 va shunga yaqin yillarda chiqqan gazetalardan olingan maqolalar bo‘lib, 423, 446, 452 va 467- jildlarga o‘zbek va rus tilidagi materiallar kiritilgan.

Eng muhim materiallar jurnal maqolalari, risolalar, kitoblar bo‘lib, 46 ta jildga kiritilgan, ulardan 5 tasi gazetadan olingan. Bu jildlarning hammasi Mejov to‘plamlariga nisbatan ilmiy jihatdan ancha bo‘sh ishlangan. N. V. Dmitrovskiy tuzgan „Òurkiston to‘plami“ning taqdiri og‘ir bo‘ldi, ularning qanchaligi va qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida N. V. Dmitrovskiy tuzgan 5 ta to‘plam saqlanmoqda, bu 1871—78-yillarda chiqqan „Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasidan olingan o‘lkashunoslik mazmunidagi maqolalarni o‘z ichiga oluvchi, hajm jihatidan kichik bo‘lgan to‘plamdir. Ko‘chirmalar bir xil hajmdagi risolalar shaklida jildlangan. Òo‘plamlar bosmaxona usuli bilan ishlangan sarvaraqqa ega: „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì I (äëÿ äâóõ êíèã)“ va „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê. Òîì II (äëÿ äâóõ êíèã)“ ramkasida 1872- yil ko‘rsatilgan to‘plamlarda mundarijalar yo‘q edi, keyinchalik ular Y. K. Betger tomonidan qo‘l bilan yozilgan.

Kutubxonada saqlanayotgan N. Dmitrovskiyning boshqa, ko‘lami jihatidan har xil bo‘lgan, 17 jildli to‘plamiga ham gazetalardan qirqib olingan xabarlar kiritilgan. Ular, asosan, nashr qilingan vaqtiga muvofiq, xronologik tartibda joylashtirilgan, ba’zi bir vaqtli matbuot nashrlarining nomlari yo‘q, ular tasodifan qirqilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuzuvchi u ma’lumotlarni qo‘lda yozib qo‘yishni ep ko‘rmagan. Òo‘plamlarning tashqi ko‘rinishi Mejov to‘plamlaridan sodda ishlanganligi bilan ajralib turadi. Qirqib olingan materiallar qog‘ozga yelim bilan yopishtirilmay, muqovalangan. Faqat 4 ta jild „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê“ sarlavhali sarvaraqqa ega. Yozuvlar hamma jildlarning tikilgan joyida bosilgan, undan tashqari, 6 ta jildning muqovalarida raqami ham bosilgan, birortasining mundarijasi yo‘q. Òo‘plam Y. K. Betger tomonidan raqamlagan, hamma jildlarni bezatib, maqolalarning „Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê Í. È. Äìèòðîâñêîãî“ nomli alifbo kartotekasini tuzdi.

E. K. Betger „Íîâûå ìàòåðèàëû Òóðêåñòàíñêîãî ñáîðíèêà“ maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli to‘plami 1840 —1890- yillarda nashr etilgan 186 maqolani o‘z ichiga oladi. Materiallarning 72%i V. I. Mejov to‘plamiga kirmagan, shuning uchun ham N.V. Dmitrovskiy to‘plamlari O‘rta Osiyo o‘lkasini har tomonlama o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oldi“, deb yozgan edi.


Download 371,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish