Bibliografik xabar — bibliografik axborot elementi va ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bo‘lib, u og‘zaki yoki yozma shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa, siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish yo‘llari, ilg‘or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi. Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi bibliografik xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |