Muammoli savollar
Davlat byudjeti g’azna ijrosini takomillashtirish yo’nalishlari?
G'aznachilik tizimini joriy etilishi byudjet tizimiga Yagona g'azna hisobvarag'i orqali harajatlarni amalga oshirish hamda dastlabki va joriy nazorat kabi mexanizmlarni joriy etilishiga, byudjet tashkilotlari bilan tovarlar yetkazib beruvchilar o'rtasida tuzilgan shartnomalarni harajatlar smetasi doirasida va belgilangan maqsadlarga yo'naltirilishi ustidan qat'iy nazorat tizimini o'rnatib, byudjet tashkilotlari tomonidan asossiz harajatlar qilishning oldi olish.
O'zbekiston Davlat byudjeti ijrosi tizimining g'aznachilik tizimiga o'tkazilishi to'g'risida alohida qayd etilib, yaratilgan tizim xalqaro standartlarga javob beradigan, bir qator rivojlangan mamlakatlar moliya tizimining ilg'or tajribasi va prinsiplarini o'zida mujassam etgan milliy g'aznachilik tizimi yaratilganligi va islohotlar shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ko’rsatma va yo'nalishlar asosida amalga oshirilganligi, bugungi kunda davlat mablag'laridan foydalanishning samarali mexanizmining yaratilishiga sabab bo'lganligi
Davlat moliyasi tizimidagi islohotlarni rivojlantirish kontseptsiyasi?
Davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini – davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy etishning ilk yakunlari va istiqbol vazifalari?
Davlat budjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlar daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007 yil 28 fevralda “Davlat budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan G’aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunda aks etgan G’aznachilikning vazifalariga yanada aniqlik kiritdi. Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorda qator vazifalar belgilandi:
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligini va uning hududiy bo’linmalarini moliya organlari bo’yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish ;
- G’aznachilik tomonidan davlat budjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
- Davlat budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
- budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat budjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
- budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
- xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
- Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |