Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro‘yxatdan o‘tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi. Offshor yurisdiktsiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi.
Kompleks erkin iqtisodiy zonalar. Amaliyotda bir funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko‘p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funktsiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funktsiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funktsiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda (shahar, tuman, viloyatlarni qamrab oluvchi) yangi ma‘muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin. Hudud chegaralari va faoliyat yuritish tartibiga qarab erkin iqtisodiy zonalar ikki turga bo‘linadi: anklav (yopiq) va integratsion. Anklav EIZda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot eksportga chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, maqsadi erkin almashinadigan valyutada daromad olishga qaratilgan bo‘ladi. Integratsion zonalar - milliy va jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, erkin faoliyat yuritish tartibiga ega. Xalqaro mehnat taqsimotiga keng jalb qilingan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan hudud hisoblanadi.
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, EIZni barpo etishdagi asosiy afzallik xorijiy investorlar uchun yaratiladigan imtiyozlar va ularning katta hududlarni egallamasligi hisoblanadi.
2. Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalar, ularning mazmuni va tarkibi.
Investitsiya dasturi – bu Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir - biri bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir.
O‘zbekistonda investitsiya dasturining ustuvorliklarini belgilashda va mamlakatimizga chet el kapitalini jalb etishda davlatning ustuvorligi saqlanib kelinmoqda. Birinchi bosqichda (1992 – 1993 yillar) islohatlar siyosatida keng investitsiyalar dasturi va davlat korxonalariga markazlashtirilgan kreditlar ajratish nazarda tutildi, bu esa kattagina byudjet taqchilligiga olib keldi. Ikkinchi bosqichda (1994 – 1996 yillar) islohatlar siyosati byudjet boshqaruvini kengaytirishga qaratilgan qattiq moliya siyosati bilan ajralib turdi. Islohatlarning uchinchi bosqichida (1997 – 1999 yillar) savdo va valyuta cheklashlarining kuchayishi, ochiq valyuta kursining joriy qilinishi, moliya sektorini isloh qilish, soliq tizimini mustahkamlash, import qat‘iy cheklashlarning joriy qilinishi bilan tavsiflandi. Islohatlarning xozirgi bosqichida savdo, valyuta cheklashlarini erkinlashtirish va soliq islohatlarini o‘tkazish (soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish) qishloq xo‘jaligi va moliya sektorini isloh qilish yirik korxonalarni xususiylashtirish su‘atlarini jadallashtirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va yashashga qobil davlat korxonalarini qayta tashkil qilish hamda zarar ko‘rib ishlaydiganlarni tugatish va boshqalarni nazarda tutadi.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat sohalarni qo‘llab quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta‘lim, soliqni saqlash) birinchi navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga etkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish;
- ilgari boshlangan ob‘ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga extiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi.
Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o‘ta muhim loyixalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
3.Soliq siyosati deganda nimani tushunasiz va u investitsion faoliyatni rivojlantirishga qanday ta’sir ko’rsatadi?
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
kontsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan kontsessiyalar olish;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortish tartibi
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan huddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi.
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
Radioelektron sanoat buyumlari va kompьyuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish.
Engil sanoat:
Ipakchilik sanoati:
Qurilish materiallari sanoati:
Parranda go‘shti va tuxum etishtirish.
Oziq-ovqat sanoati:
Sut-go‘sht mahsulotlari sanoati:
Kimyo-farmatsevtika sanoati:
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |