3. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va
xususiyatlari
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi
bo‘lib xizmat qiladi» deb alohida ta‘kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa,
davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda
umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘yekti sifatida davlatning chiqishi
jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning
mulki», deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini
jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va
tashkilotlarga aylantirishdir.
30
Xususiylashtirish fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik
shaxslarning davlat mulki ob‘yektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining
aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga
qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish
- davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashiirishdan
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga
keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat
korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni
jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher)
bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi
savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga
ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali
xususiylashtirish.
Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-rasm
orqali
ifodalash
mumkin.
Mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini
tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini
vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy
xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy
etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat
edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab
olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning
31
kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga
berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim
usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,
ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi.
Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish,
bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining
ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga
qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat‘i
nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta‘minlaydi, chunki
davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek
qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l
va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning
davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum
darajada
haqiqiy
egalari
-
fuqarolarga
berish
demakdir.
Ko‘pincha
xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi.
Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi,
bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni
boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli
ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi.
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz
beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan,
biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiua sotib olish va korxona
mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirishni
amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini
ishlab chiqarish zarur.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |