Baʼzi mulklar ham ijaradan daromad olish yoki kapital qiymatining qimmatlashishi maqsadida egalik qilinadigan qismni ham tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki maʼmuriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan qismni qamrab olishi mumkin. Agar ushbu qismlarni alohida sotish mumkin bo‘lsa, tadbirkorlik subyekti qismlarni alohida hisobga oladi. Agarda ushbu qismlarni alohida sotish mumkin bo‘lmasa, mulk investitsion mulk bo‘ladi, qachonki katta bo‘lmagan qismi tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki maʼmuriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |