Bhxs №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi



Download 34,09 Kb.
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi34,09 Kb.
#823270
1   2
Bog'liq
Moliyaviy xisobot standartlari RUSTAMOV Qarzlar bo\'yicha

Minimum darajada, moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot quyidagi miqdorlarni aks ettiradigan satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini o’z ichiga olishi lozim:

  1. asosiy vositalar;

  2. investitsion mulk;

(v) nomoddiy aktivlar;

  1. moliyaviy aktivlar ((d), (z) va (b) larda keltirilgan miqdorlardan



tashqari);



  1. ulushbay ishtirok etish usulidan foydalangan holda hisobga olingan investitsiyalar;

  2. biologik aktivlar;

(j) tovar-moddiy zaxiralar;

  1. savdo bo’yicha va boshqa debitorlik qarzlari;

  2. naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari;




  1. MHXS 5 Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyatlar ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;




  1. savdo bo’yicha va boshqa kreditorlik qarzlari;




  1. zaxiralar;

  2. moliyaviy majburiyatlar ((k) va (l) larda keltirilgan miqdorlardan

tashqari);



  1. BHXS 12 «Daromad solig’i» da ta’riflanganidek, joriy soliq bo’yicha majburiyatlar va aktivlar;




  1. BHXS 12da ta’riflanganidek, muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari;




  1. MHXS 5 ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar;

  2. kapital tarkibida aks ettirilgan nazorat kuchiga ega bo’lmagan hissalar; va




  1. bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalariga tegishli chiqarilgan kapital va zahiralar.7

Xo’jalik sub’ekti moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot satrlarida ko’rsatiladigan qo’shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdim etish xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini tushunishda o’rinli bo’lsa.

Agar xo’jalik sub’ekti o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati kechiktirilgan soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim.


Xo’jalik sub’ekti joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida alohida guruhlar sifatida taqdim etishi lozim, likvidlilik asosida taqdim etish ishonchli va o’rinliroq bo’lgan ma’lumotlarni ta’minlaydigan holat bundan mustasno. Agar bu istisno qo’llanilsa, xo’jalik sub’ekti barcha aktivlarni va majburiyatlarni ularning likvidliligi bo’yicha taqdim etishi lozim.


Taqdim etishning qaysi usuli qabul qilinishidan qat’iy nazar, xo’jalik sub’ekti:



  1. hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan va




  1. hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lgan davr mobaynida qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan miqdorlarni qamrab oladigan har bir aktiv va majburiyatning satrlarda ko’rsatiladigan moddasiga nisbatan o’n ikki oydan ortiq davrdan so’ng qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan summani oshkor etishi lozim.

Xo’jalik sub’ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:





  1. u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida aktivni pulga aylantirishni mo’ljallagan bo’lsa, yoki uni sotishni yoki iste’mol qilishni rejalashtirsa;

  2. u asosan savdo uchun aktivni o’zida saqlasa;




  1. u aktivni hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida pulga aylantirishni mo’ljallagan bo’lsa; yoki




  1. aktiv (BHXS 7 da ta’riflanganidek) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti bo’lsa, bunda hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy mobaynida aktiv almashtirilishi yoki majburiyatni so’ndirish uchun foydalanilishi taqiqlanmagan bo’lsa.

Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi


lozim.
Xo’jalik sub’ekti majburiyatni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:



  1. u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida majburiyatni so’ndirishni mo’ljallagan bo’lsa;

  2. u asosan savdo uchun majburiyatni o’zida saqlasa;




  1. majburiyat hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida so’ndirilishi lozim bo’lsa; yoki




  1. u majburiyatning so’ndirilishini hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy muddatga uzaytirish bo’yicha shartsiz huquqqa ega bo’lmasa. Majburiyatning, kontragentning hohishi bo’yicha, uni ulushli instrumentlar chiqarish orqali so’ndirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan shartlari, uning tasniflanishiga ta’sir etmaydi.

Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha majburiyatlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi lozim.


Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, uning faoliyatiga to’g’ri keladigan ravishda tasniflangan va aks ettirilgan, satrlarda ko’rsatiladigan moddalarining ikkilamchi batafsilroq qilib tasniflangan moddalarini oshkor etishi lozim.


Ikkilamchi tasniflashda taqdim etiladigan tafsilot darajasi MHXSlarning talablariga va qamrab olingan moddalarning kattaligi, xususiyati va vazifasiga bog’liq bo’ladi. Oshkor qilinadigan ma’lumotlar har bir modda uchun farqlanadi, masalan:





  1. Asosiy vositalar BHXS 16 ga muvofiq turkumlarga ajratiladi;




  1. Debitorlik qarzlari xaridorlardan (savdo bo’yicha) olinadigan schyotlar, o’zaro aloqador tomonlardan olinadigan schyotlar, bo’naklarga va boshqa to’lov

summalariga ajratiladi;



  1. Tovar-moddiy zaxiralar, BHXS 2 “Tovar-moddiy zaxiralar”ga muvofiq, tovarlar, ishlab chiqarish zaxiralari, xom-ashyolar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar kabi tasniflarga ajratiladi;




  1. zaxiralar (rezervlar) xodimlarga haq to’lash bo’yicha zaxiralar va boshqa moddalarga ajratiladi; va




  1. aktsiyadorlik kapitali va zaxiralar (rezervlar) to’langan kapital, qo’shilgan kapital va zaxiralar kabi har xil turkumlarga ajratiladi.

Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni oshkor etishi lozim:





  1. aktsiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo’yicha: - chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori;

- chiqarilgan va to’liq to’langan aktsiyalar soni hamda chiqarilgan ammo
to’liq to’lanmagan aktsiyalar soni;



  1. har bir aktsiyaning nominal qiymati, yoki aktsiyalar nominal qiymatga ega emasligi;

  2. muomaladagi aktsiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi;




  1. ushbu turkumga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar, jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarish bo’yicha cheklovlar,




  1. xo’jalik sub’ekti yoki uning shu’ba yoki qaram xo’jalik jamiyatlari egalik qilayotgan xo’jalik sub’ektidagi hissalari; va




  1. optsionlar va aktsiyalarni sotish shartnomalari bo’yicha chiqarish uchun saqlanayotgan aktsiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari; va




  1. kapitaldagi har bir zahira xususiyati va maqsadining tavsifi. Aktsiyadorlik kapitaliga ega bo’lmagan xo’jalik sub’ekti, masalan shirkat yoki

trast, talab etilgan ekvivalent bo’lgan ma’lumotlarni oshkor etishi lozim, bunda aktsiyadorlik ulushining har bir toifasidagi davr mobaynidagi o’zgarishlarni va aktsiyadorlik ulushining har bir toifasiga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlarni aks ettirgan holda.





  1. ulushli instrument sifatida tasniflangan qayta sotiladigan moliyaviy instrumentni, yoki faqat likvidatsiya jarayonida xo’jalik sub’ektiga uning sof aktivlaridagi proportsional ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan va ulushli instrument sifatida tasniflanadigan instrumentnimoliyaviy majburiyatlardan kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga qayta tasniflaganida, u bir toifadan boshqa toifaga qayta tasniflangan summani (moliyaviy majburiyatlardan kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga) hamda ushbu qayta tasniflashning vaqtini va sababini oshkor etishi lozim.

Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot (umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot), foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar boblariga qo’shimcha tarzda, quyidagilarni taqdim etishi lozim:





  1. foyda yoki zarar;

  2. jami boshqa umumlashgan daromadlar;




  1. jami foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni qamrab olgan holda, davr uchun umumlashgan daromadlar.

Agar xo’jalik sub’ekti alohida foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobotni taqdim etsa, u umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobotda foyda yoki zarar bo’limini taqdim etmaydi.


Xo’jalik sub’ekti, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar BOBlariga qo’shimcha tarzda, davr foydasi yoki zarari va boshqa umumlashgan daromadlarining taqsimlanishi sifatida quyidagi moddalarni oshkor etishi lozim:





  1. quyidagilarga tegishli bo’lgan davr foydasi yoki zarari: - nazorat huquqini bermaydigan ulushlar, va

- bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari.



  1. davr uchun quyidagilarga tegishli bo’lgan umumlashgan daromadlar: - nazorat huquqini bermaydigan ulushlar;

- bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari.

Agarda xo’jalik sub’ekti foyda yoki zararni alohida hisobotda taqdim etsa, u (a) ni ushbu hisobotda taqdim etishi lozim.


Boshqa MHXSlarda talab etilgan moddalarga qo’shimcha tarzda, foyda yoki zarar bo’limi yoki foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobot davr uchun quyidagi summalarni aks ettiradigan, satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini o’z ichiga olishi lozim:





  1. asosiy faoliyatdan olinadigan daromad;




  1. amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha hisobga olinadigan moliyaviy aktivlarni tan olishni to’xtatishdan yuzaga keladigan foyda va zararlar;

  2. moliyaviy xarajatlar;




  1. ulushli ishtirok usuli bo’yicha hisobga olingan qaram xo’jalik jamiyatlarining va qo’shma korxonalarining foyda yoki zararidagi ulushi;




  1. agar moliyaviy aktiv qayta tasniflanib, haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, oldingi balans qiymati bilan uning qayta tasniflash sanasidagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi farqdan yuzaga keladigan har qanday foyda yoki zarar (MHXS 9 da ta’riflanganidek); soliq xarajati; jami tugatilgan faoliyatlar bo’yicha yagona summa (MHXS 5 ga

qarang).

Boshqa umumlashgan daromadlar bo’limi davr uchun boshqa umumlashgan daromadlarning satrlarda ko’rsatiladigan moddlarini taqdim etishi lozim, bunda ular xususiyati bo’yicha tasniflangan (jumladan, ulushli ishtirok etish usuli bo’yicha hisobga olingan qaram xo’jalik jamiyatlarining va qo’shma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadlaridagi ulushi) va shunday guruhlarga guruhlangan bo’lishi kerakki, ular boshqa MHXSlarga muvofiq:





  1. keyinchalik foyda yoki zararg sifatida qayta tasniflanmaydi; va

  2. muayyan shartlar bajarilgandan keyin foyda yoki zarar sifatida qayta

tasniflanadi.

Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobot(lar)da qo’shimcha satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdimot xo’jalik sub’ektining moliyaviy natijalarini tushunishda o’rinli bo’lsa.


Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobot(lar)da yoki izohlarda daromad yoki xarajatning har qanday moddalarini favqulodda moddalar sifatida aks ettirmasligi lozim.


MHXS boshqa hollarda talab etilmaguncha yoki ruxsat berilmaguncha, xo’jalik sub’ekti davr uchun daromad va xarajatning barcha moddalarini foyda yoki zararda tan olishi lozim.


Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning har bir moddasiga tegishli daromad solig’i miqdorini, jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda oshkor etishi lozim.


Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning moddalarini:



  1. tegishli soliq ta’sirlarini chegirgan holda, yoki




  1. ushbu moddalarning ularga tegishli daromad solig’i solinguncha bo’lgan qiymatini alohida va umumiy daromad solig’ining yagona summasini alohida ko’rsatgan holda taqdim etishi mumkin.

Agar xo’jalik sub’ekti (b) muqobilini tanlasa, u soliq summasini foyda yoki zarar bo’limiga keyinchalik qayta tasniflanishi mumkin bo’lgan moddalar va foyda yoki zarar bo’limiga keyinchalik qayta tasniflanmaydigan moddalar o’rtasida taqsimlashi lozim.


Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning tarkibiy qismlariga tegishli bo’lgan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarni oshkor etishi lozim.


Daromad yoki xarajat moddalari ahamiyatli bo’lsa, xo’jalik sub’ekti ularning xususiyatini va summasini alohida oshkor etishi lozim.


Daromad va xarajat moddalarining alohida oshkor etilishini talab etishi mumkin bo’lgan holatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:





  1. tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatigacha yoki asosiy vositalarni qoplanadigan summasigacha kamaytirish hamda bunday kamaytirishlarning qayta tiklanishi holati;

xo’jalik sub’ekti faoliyati restrukturizatsiyasi va restrukturizatsiya x xarajatlari bo’yicha qilingan har qanday zaxiralarning tiklanishi;

  1. asosiy vositalar moddalarining hisobdan chiqarilishi;

  2. investitsiyalarning hisobdan chiqarilishi;

  3. tugallangan faoliyatlar;




  1. sud jarayonidagi hisob-kitoblar; va

(j) qilingan zaxiralarning boshqa qayta tiklanishi.

Xo’jalik sub’ekti foyda yoki zararda tan olingan xarajatlar tahlilini ularning xususiyatiga yoki xo’jalik sub’ektidagi vazifasidan kelib chiqqan tasniflashdan foydalangan holda, bunda qaysi biri ishonchli va o’rinliroq ma’lumotlarni ta’minlashiga qarab, taqdim etishi lozim.


Xarajatlar, moliyaviy natijalarning tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish maqsadida, tez-tez takrorlanishi, foyda yoki zarar keltirish potentsiali va ularni oldindan bilish mumkinligiga qarab farqlanishi mumkin bo’lgan ikkilamchi turkumlarga tasniflanadi. Bunday tahlil ikkita shakldan birida ta’minlanadi.


Tahlilning birinchi shakli «xarajatning xususiyati» bo’yicha tasniflash usulidir. Xo’jalik sub’ekti xarajatlarni foyda yoki zararda ularning xususiyatiga (masalan, eskirish, xom-ashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to’lash va reklama xarajatlari) qarab birlashtiradi va ularni xo’jalik sub’ektidagi funktsiyalar bo’yicha qayta taqsimlamaydi. Ushbu usul qo’llash uchun oddiy bo’lishi mumkin, chunki xarajatlarni funktsional turkumlarga taqsimlash zaruriyati yo’q. Xarajatning xususiyati bo’yicha tasniflash usulini qo’llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan:



Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar Boshqa daromadlar


X


X

Tayyor mahsulotlar zaxiralaridagi va tugallanmagan

ishlab chiqarishdagi o’zgarishlar Foydalanilgan xom-ashyolar va materiallar Xodimlarga haq to’lash xarajatlari Eskirish va amortizatsiya xarajatlari Boshqa xarajatlar


X


X

X


X

X


Jami xarajatlar
Soliqqacha bo’lgan foyda

(X)
X



Tahlilning ikkinchi shakli «xarajatning funktsiyasi» yoki «sotish tannarxi» usuli bo’lib, u xarajatlarni sotish tannarxining tarkibiy qismi sifatida ularning vazifasiga qarab tasniflaydi, masalan, sotish yoki ma’muriy xarajatlari. Xo’jalik sub’ekti ushbu usulda kamida o’zining sotish tannarxini boshqa xarajatlardan alohida oshkor etadi. Ushbu usul foydalanuvchilarga xarajatlarning xususiyati bo’yicha tasniflanishiga nisbatan o’rinliroq ma’lumotlarni ta’minlashi mumkin, ammo xarajatlarni vazifalarga qarab taqsimlash ixtiyoriy taqsimlashlarni va ancha hukm chiqarishni talab etishi mumkin. Xarajatning funktsiyasi bo’yicha tasniflash usulini qo’llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan:


Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar X


Sotish tannarxi


Yalpi foyda
Boshqa daromadlar
Sotish xarajatlari

Ma’muriy xarajatlar


Boshqa xarajatlar

Soliqqacha bo’lgan foyda


(X)
X


X

(X)

(X)

(X)
X



Xarajatlarni funktsiyasi bo’yicha tasniflaydigan xo’jalik sub’ekti xarajatlarning xususiyati, jumladan eskirish va amortizatsiya xarajatlari va xodimlarga haq to’lash xarajatlari, bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etishi lozim.


Kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:





  1. davr uchun jami umumlashgan daromad, bunda uning bosh xo’jalik sub’ekti egalariga va nazorat huquqini bermaydigan ulushlar egalariga tegishli jami miqdorlarni alohida ko’rsatgan holda;

  2. kapitalning har bir qismi uchun, MHXS 8 ga muvofiq tan olingan

retrospektiv qo’llashning yoki retrospektiv qayta hisoblashningta’sirlari; va





  1. kapitalning har bir qismi uchun, davr boshidagi va oxiridagi balans qiymati o’rtasidagi solishtirma, bunda quyidagilardan yuzaga keladigan o’zgarishlarni alohida oshkor etgan holda:

-foyda yoki zarar;


-boshqa umumlashgan daromadlar; va

- mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalar, bunda mulk egalari tomonidan qilingan qo’yilmalarni va ularga taqsimlanga summalarni hamda nazoratni yo’qotishga olib kelmaydigan sho’’ba xo’jalik jamiyatlaridagi egalik ulushidagi o’zgarishlarni alohida ko’rsatgan holda.


Kapitalning har bir qismi bo’yicha xo’jalik sub’ekti yoki kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, boshqa umumlashgan daromadlarni moddama-modda tahlilini taqdim etishi lozim.


Xo’jalik sub’ekti yoki kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, davr mobaynida mulk egalariga taqsimotlar sifatida tan olingan dividendlar summasini va bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan dividendlar summasini taqdim etishi lozim.


Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatini hamda xo’jalik sub’ektining ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojini baholashi uchun asos yaratadilar. BHXS 7 pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlarini taqdim etish va oshkor etish uchun talablarni belgilaydi.


Foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarni tushunishi va ularni boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan taqqoslashi oson bo’lishi uchun, xo’jalik sub’ekti odatda izohlarni quyidagi tartibda taqdim etadi:





  1. MHXSlarga muvofiqliq to’g’risida birdirish;

  2. qo’llanilgan muhim hisob siyosatlarining qisqa bayoni;

  3. moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotlarda, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to’g’risidagi hisobot(lar)da, kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotlarda va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlarda taqdim etilgan moddalar bo’yicha yordamchi ma’lumotlar, bunda ularning tartibi har bir hisobot va har bir modda taqdim etiladigan tartibda bo’ladi; va




  1. boshqa oshkor etiladigan ma’lumotlar, jumladan:




  1. shartli majburiyatlar (MHXS 37 ga qarang) va tan olinmagan shartnoma majburiyatlari, va




  1. nomoliyaviy oshkor etishlar, masalan xo’jalik sub’ektining moliyaviy xatarni boshqarish maqsadlari va siyosatlar (MHXS 7 ga qarang).

Xo’jalik sub’ekti muhim hisob siyosatlarining qisqa bayonida quyidagilarni oshkor etishi lozim:



  1. moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan baholash asoslari va




  1. moliyaviy hisobotlarni tushunishda o’rinli bo’lgan qo’llanilgan boshqa hisob siyosatlari.




  1. moliyaviy hisobotlarni chop etishga ruxsat etilishidan oldin taklif qilingan yoki e’lon qilingan, ammo davr davomida mulk egalariga taqsimot sifatida tan olinmagan dividendlar summasi hamda bunday dividendlarning bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan summasi; va




  1. tan olinmagan har qanday kumulyativ imtiyozli dividendlar summasi.

Xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etishi lozim, agarda moliyaviy hisobotlar bilan chop etilgan biror ma’lumotlarda oshkor etilmagan bo’lsa:





  1. xo’jalik sub’ektining doimiy yuridik adresi va uning yuridik shakli, uning tashkil etilgan mamlakati, uning ro’yxatdan o’tgan ofisning manzili (yoki biznesning asosiy joyi, agarda ro’yxatdan o’tgan ofisining adresidan farq qilsa);




  1. xo’jalik sub’ekti operatsiyalari va asosiy faoliyati xususiyatining tavsifi;

  2. guruhning bosh xo’jalik sub’ekti va yakuniy bosh xo’jalik sub’ektining

nomi; va



  1. agar xo’jalik sub’ektining faoliyati muddati cheklangan bo’lsa, uning faoliyatining muddati to’g’risidagi ma’lumotlar.







Download 34,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish