Talabalar mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar
1-masala.
Korxona ikki yil muddatga yillik 15% stavkada 100 mln so’m kredit oldi, kredit muddati tugagach, u ssudani foizlar bilan qaytarib berishi lozim. Korxona qancha pul to’lashi lozim? Foizlar oddiy.
2-masala.
Firma bir yil muddatga yillik 16% stavkada 300 mln so’m miqdorida kredit oldi. To’lanadigan kredit miqdorini aniqlang.
3-masala.
Yosh oila bankdan uy-joy qurilishi uchun yillik 16% oddiy stavkada uch yil muddatga 60 mln so’m miqdorida ssuda oldi. Kredit miqdori va foizlarni aniqlang.
4-masala.
«Ipotekabank» tomonidan banklararo resurs bozorida 20 mln. so’mlik kredit “Asaka” bankiga berildi. Bunda kredit 18 martdan 18 maygacha berildi. Berilgan kredit bo’yicha 28 mart holatiga “Ipotekabank”oladigan daromadni hisoblang.
Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |