Bevosita potensiometriya



Download 50,95 Kb.
bet4/5
Sana18.07.2022
Hajmi50,95 Kb.
#824263
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza 17c1602a26e34191856bde7a88116e13

Taqqoslash elektrodlari sifatida elektrod potensialini o‘lchash uchun mo‘ljallangan qaytar elektrodlar ishlatiladi. Taqqoslash elektrodlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) potensialni belgilovchi elektrodning ichki reaksiyasi termodinamik qaytar bo‘lishi kerak;
2) elektrodning qutblanuvchanligi kam bo‘lishi, ya’ni undan tok o‘tganda o‘z potensialini nihoyatda kam o‘zgartirishi kerak;
3) elektrod uzoq vaqt saqlanganda va turli xil sharoitlarda ham o‘z potensialini o‘zgartirmasligi shart. Vodorod elektrodining potensiali shartli ravishda istalgan haroratda ham nolga teng deb olingan, uning sxemasini quyidagicha yozish mumkin:
Vodorod elektrodi platinaga mayda dispers platina kukuni qavati qoplangan elektrod bo‘lib, uning yuzasidan 101,325 kPa bosimda vodorod gazi o‘tkazilib turiladi. Bunda platina sirtida quyidagi elektr kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi: H2–2e2H+ yoki H++e(1/2)H2.
Vodorod elektrodining potensiali quyidagi formula bilan ifodalanadi: va Eo=0.
Metall sirtida adsorbilangan vodorodning oraliq reaksiyasi tufayli quyidagi muvozanat qaror topadi: H22Hads2H++2e
Bu reaksiya maxsus tayyorlangan Pt, Pd, Ni metallari sirtidagina qaytar bo‘lib, boshqa metallar sirtida qaytar emas.
Vodorod elektrodining potensiali quyidagi hollarda doimiy bo‘ladi:
1) tozaligi yuqori bo‘lgan vodorod va elektrolit qo‘llanilganda;
2) elektrod tekshiriladigan eritmaga muayyan chuqurlikkacha botirilganda;
3) elektrodga juda oz miqdorda tok berilganda.
Vodorod elektrodini nitrat, xlorat, permanganat, manganat, temir (III) singari oksidlovchilar va qaytarilishi mumkin bo‘lgan to‘yinmagan organik birikmalar, alkaloidlar va shu singari moddalar ishtirok etganda ishlatib bo‘lmaydi.
Kalomel elektrod nihoyatda ko‘p qo‘llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori bo‘lgan va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo‘ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Hg2Cl2+2e2Hg+2Cl-.
Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko‘ra, elektrod uch xil bo‘ladi:
1) To‘yingan kalomel elektrod – kaliy xloridning to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 V (t=25 oC). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsiyenti ancha yuqori.
2) Normal kalomel elektrodi – kaliy xloridning 1 N eritmasi bilan to‘ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25 oC). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq bo‘ladi.
3) Desinormallik kalomel elektrodi – 0,1 N kaliy xlorid eritmasi bilan to‘ldirilgan, uning potensiali +0,3365 V (t=25 oC).
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko‘p ishlatiladigan elektrod bo‘lib, bu elektrodning potensiali +0,2224 V (t=25 oC), uning doimiylik darajasi yuqori, elektrodning o‘lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko‘pincha, kumush va platina simiga elektrolitik cho‘ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi. Eng ko‘p tarqalgan zanjir: Pt, H2/HCl, MeCl/AgCl.
Potensialni belgilovchi reaksiyalar quyidagilardan iborat: (1/2)H2H++e; AgCl+eAg+Cl.

Download 50,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish