O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUXANDISLIK– QURILISH INSTITUTI
“Qurilish texnologiya” fakulteti
“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish”
kafedrasi
“BETON VA TEMIR-BETON BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH”
fanidan kurs loyihasi
Mavzu: Ikki yelkali ustun ishlab chiqarish
Guruhi: 31 QMBKICH-17
Talaba Axmedov Ixtiyor
O’qituvchi: prof. A. Hamidov
Kurs loyihasining tarkibi
Kirish.
I. Texnologik qism
1. Maxsulot nomenklaturasi
2. Ishlab chiqarish usulini asoslash
3. Sexning ish rejimi
4. Buyum turlari bo’yicha sex maxsuldorligi
5. Xom ashyoga bo’lgan talabni aniqlash
6. Betonni tarkibini xisoblash (variant bo’yicha)
7. Texnologik liniyani loyihalash
8. Qoliplash liniyalarining maxsuldorligini hisoblash
9. Texnologik uskuna tanlash va hisoblash
II. Hayot faoliyati havfsizligi
III. Atrof muhit muhofazasi
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
V. Grafik qism.
Kirish
Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.
Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; q. x. qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |