1-Sentyabr mustaqillik tadbir ssenariysi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 24 YILLIGIGA BAG`ISHLAB “BETAKRORIMSAN, YAGONASAN ONA VATANIM – O‘ZBEKISTONIM” SHIORI OSTIDA TAYYORLANGAN TADBIR SENARIYSI
Maqsad: a) O`quvchilarning erk,istiqlol,vatan tuyg`usi haqidagi
bilimlarini yanada mustahkamlash;
b) ularda tug`ilib o`sgan yurtiga,ona zaminga
sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini
qaror toptirish, ajdodlardan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,aqlan barkamol,ma`nan yetuk,komil insonlar etib tarbiyalash;
s) bolalarning dunyoqarashini,bilim va tafakkurini,mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Maktab hovlisi bayramona bezatilgan. Yon atrof vatanimizni madh etuvchi “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!”, ”Qadr-qimmatim, tayanchim, iftixorimsan, mustaqil Vatan!” kabi shior va plakatlar, rang-barang sharlar, anvoyi gullar, turfa xil bayroqchalar bilan bezatilgan.
Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta`limi xodimlari, ota-onalar, mahalla faollari, ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.
(Sahnaga davrani boshqarib boruvchi milliy kiyimdagi suxandonlar-yigit va qiz kirib kelishadi).
1-suxandon:
Assalom,ona yurtim,go`zal diyorim,
Salom senga tuprog`i zar,buyuk Turonim!
Salom senga,jannatmakon bog`im,chamanim,
Mustaqil diyorim,O`zbekistonim!
2-suxandon:
Assalom,ulug` xalq,o`zbegim,
Dili pok,qutlug` xalq,o`zbegim!
Assalom,hur taqdir,istiqlol,
Iqbolim,sharafim,o`zligim!
Tong bilan yayraydi madhiyam,
Porlaydi yuksakda quyoshim,
Yo`l ko`rkam,el ko`rkam,dil ko`rkam,
Karvoning boshlayver,yurtboshim!
So`ngra O`zbekiston Respublikasining madhiyasi yangraydi.
1-suxandon:
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
2-suxandon:
Aziz ustozlar,hurmatli o`quvchilar! Barchalaringizni eng aziz,eng ulug` bayram –Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz.
(Sahnaga kichik yoshdagi qizaloq va yigitcha kirib keladi).
Qizaloq:Otalari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Onalari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Jannatmakon deydilar ajab,
Yigitcha:Bog`-rog`lari chiroyli,yurtim.
Qizaloq:Yigitlari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Gul qizlari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Aslo senga ko`zlar tegmasin,
Yigitcha:Bayramlari chiroyli,yurtim!
(Qizaloq va yigitcha asta-sekin parda ortiga chekinishadi).
1-suxandon: Ha,aziz do`stlar,biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go`zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug`,eng suyukli bayramdir.
2-suxandon:Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O`zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi bayonoti,O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
1-suxandon:Har yili 1- sentyabrni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Mustaqilligimizning 24 yilligiga atab tayyorlangan, ”Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilaman. Barchalaringizga vatan ravnaqi yo`lidagi sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omad yor bo`lsin!
2-suxandon: Yurtimizda bayramlar ko`p,to`ylar ko`p,
Orzu-havas, intilishlar, o`ylar ko`p.
O`zbekiston madhi yangrab taralar,
Dildan kuylab, jo`r bo`laylik, jo`ralar!
(Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi ,,Shunday bayram dunyoda yo`q!” ashulasi magnit lentasi orqali eshittiriladi, raqsida maktab raqs to`garagi qizlari).
Do`qqa, do`qqa, do`q,
Olamda yoq.
Shunday go`zal
Dunyoda yoq, voy doda.
Do`qqa,do`qqa,do`q
Olamda yo`q
Shunday bayram
Dunyoda yo`q,voy doda.
Navoiyning yo`llari soz,
Yo`llarida o`ynaydi g`oz,voy doda.
Sho`x qizlari, qo`qon gilos
Yigitlari ishqiboza, voy doda.
(“Omonyor” ashulasi va raqsi ijro etiladi).
1-suxandon:
(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi).Dastlabki tabrik so`zini maktab direktoridan eshitamiz.Marhamat.
Maktab direktori:
Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, ota-onalar va hurmatli o`quvchilar!
O`zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrdan beri mustaqillik kunini doimo tantanali tarzda nishonlab kelmoqda.Istiqlol bayramingiz muborak bo`lsin!
Mustaqillik –xalqimiz uchun asriy armon bo`lib kelayotgan edi. Uni qo`lga kiritish oson kechmadi.Mustaqillik uchun minglab dono va oqil kishilarimizdan judo bo`ldik.Xalqimizning ko`pgina suyukli farzandlari qatag`onlik qurbonlariga aylandi.
O`zbekistonning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyati juda katta. O`zbekiston mustaqillik tufayli qaramlikdan butunlay qutuldi.Erkin,ozod mamlakatga aylandi.O`zining yer osti va yer usti boyliklariga o`zi egalik qilish huquqini qo`lga kiritdi.
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o`z oldiga huquqiy demokratik davlat tuzish masalasini ko`ndalang qilib qo`ydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “O`zbek modeli”deb nomlangan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi.Bu taraqqiyot modelining respublika sharoitiga mos holda tuzilgani ko`pgina xorijiy davlatlar tomonidan ham e`tirof etilmoqda.
Davlatimiz mustaqillik tufayli 24yil davomida iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi.Milliy an`analar,qadriyatlar,tarixiy yodgorliklarimiz qayta tiklandi.
Ta`lim sohasida ham ko`p o`zgarishlar yuz berdi.
XXI asr, albatta, o`zbeklar asri bo`ladi deb ishonaman. Barchalaringizga ishlaringizda,o`qishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.
1-suxandon: Rahmat,ustoz,doimo ishlaringizga omad tilaymiz.
2-suxandon:
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga,
Yarqirab taqdir yo`li baxsh aylagan iqbol senga.
Sho`x navo,shodlik bilan olamga ko`rsat o`zliging,
Toki yulduzli samolar boqsa boqsin lol senga.
1-suxandon:
Hayrat-u faxr ichra madhingni qilurmiz,ey Vatan,
Har nigohda mehrimiz izhor etib yaqqol senga.
Do`stlig-u tinchlik bilan olamga mashhursan o`zing,
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga!
2-suxandon:
Mustaqil O`zbekiston! Qarang,bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Ko`ngillarga oroyish-tahsin bag`ishlaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik, erk uchun kurashgan qo`rqmas, mard, jasur ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ularning orzulari armonligicha qolib ketdi.Lekin ularning ruhlari tirik. Eslaysizmi,ular kimlar edi?
(“Cho`li Iroq”kuyi chalinadi.Sahnaga birin-ketin To`maris, Shiroq, Muqanna, Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Cho`lpon timsolidagi o`quvchilar kirib kelishadi).
To`maris:
Men, To`maris, olis moziydan
Keldim sizning huzuringizga.
Ajdodlarim dildan istagan
Erkin, obod diyoringizga.
Sadqa qildim yolg`iz farzandim,
Ona xalqim va yurtim uchun.
Bosh ko`tarsa,agar g`animlar,
Zarb beraman yig`ib bor kuchim.
Shiroq:
Kimki Vatanimga ko`z olaytirsa,
Yomon niyat bilan gar bossa qadam.
Ko`zlari ko`r bo`lib,shal bo`lgusidir,
Toabad badnom bo`lib,xor bo`lgusidir.
Muqanna:
Xalqqa ayting,men also o`lganim yo`q,
Yov qo`lida taslim ham bo`lganim yo`q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
Najmiddin Kubro:
U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,
Dunyolarga sotmadik nomusimizni.
Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,
Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.
Amir Temur:
Men yarim dunyoni darbadar kezdim,
Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.
Dushmanni yurtimdan badarg`a etdim,
Bitta oyoq bilan,bitta o`ch bilan.
Taajjub noo`rin,gumonlar xato,
Tavallo qilurman,amr qilurman.
Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,
Yakka-yu yagona Amir Temurman.
Jaloliddin Manguberdi:
Nomus uchun nomni emas,ruhni o`stir,
Og`ir kunda yovdan qochgan yovga do`stdir.
Yurt chorlasa,suvlarni kech,o`tlarga kir,
Fidoyi bo`l,yurting uchun fidoyi bo`l.
Mirzo Ulug`bek:
Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,
Mergan bolam,lochin ko`z bolam ,
Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?
Cho`lpon:
G`ururi bo`g`ilib,erki yanchilgan,
Xalqim taqdirini o`ylagan edim.
Mustabid tuzimning tig`i sanchilgan,
Ozodlik va erkni kuylagan edim.
Ozod bo`larmikan o`zbegim,armon.
Haqsizlik qurboni bo`lganman,Cho`lpon.
Abdulla Qodiriy:
Moziyga guvohdir “O`tgan kunlarim”
Oromni bilmasdan oqshom,tunlarim.
Zamondoshim edi Munavvar Qori,
Zamonni titratdi Behbudiy zori.
Davr qurbonimiz bizda yo`q gunoh,
Otildik, bizlarga bo`lmadi guvoh.
(Asta-sekin timsollar sahna ortiga chekinishadi).
1-suxandon:Ulug` vatan urushi va qatag`onlik yillarida qurbon bo`lgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz ham o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ular ham yashashga haqli edilar. Biz hamisha ularni qadrlaymiz,esga olamiz. Hozir qatag`onlik yillari hayoti haqida sahna ko`rinishi namoyish etamiz. Biz hech qachon ularni unutmaymiz, chunki ular biz va bizning bugungi kundagi tinch hayotimiz uchun jonlarini fido qilishgan.
(“So`roq”, To`lan Nizom she`ri, Cho`lpon haqida).
“Yorqinoy”ni kim yozgan?
Men yozganman.
“Qurboni jaholat”ni?
Uni ham men.
“Kecha-kunduz”senikimi?
Albatta,meniki.
“Hamlet”ning tarjimoni?
Eng avvalo,men.
Pushkin o`zbekchasini?
Men qilganman.
“Ona”ni o`zbekchaga kim o`girgan?
Men birinchi kitobin.
Hofizni o`qiysanmi?
O`qiyman.
Mashrabni ham bilasan?
Ayibdorsan,bo`yningga ol.
Mehnatim halol.
Ana aytmadimmi,sensan qasoskor,
Asarlaring g`oyasi chatoq.
Tarjimangda ko`p illat bor.
U teskari,ming yamoq.
Shular bari senikimi?
Bular bari meniki.
Bu jinoyat, vassalom.
Imzo chek, o’ nodon, bedod!
Imzo qo`yildi, hayhot.
2-suxandon: Ha, do`stlar,mustaqillik ana shunday og`ir kunlar hisobiga qo`lga kiritilgan. Biz buni unutmasligimiz lozim.
1-suxandon: Endi bayram bilan tabriklash uchun so`z navbatini shahar xalq ta`limi vakiliga bersak. Marhamat.
Xalq ta`limi vakili:
O`zbekiston o`z mustaqil taraqqiyotining ilk kunidan boshlab inson, uning huquq va manfaatlarini oily qadriyat sifatida ulug`lab kelmoqda.Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan inson manfaatlarini ta`minlash barcha o`zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.Buni birgina ta`lim sohasidagi o`zgarishlar misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Mamlakatimizning bu borada erishayotgan natijalari xalqaro hamjamiyatlar tomonidan ham yuksak e`tirof etilmoqda.Bu aniq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjatlarda ham o`z aksini topmoqda.
Biz uchun g`oyat quvonarli narsa shuki,ta`lim sohasidagi innovatsiyalar ko`rsatgichi bo`yicha O`zbekiston reytinglar ro`yxatida 75.38 ball bilan dunyoda ikkinchi o`rinni egallagan. Birinchi o`rinni esa Irlandiya band etgan. Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Belgiya singari bir guruh rivojlangan Evropa va boshqa qit`a mamlakatlari ushbu ro`yxatning keyingi o`rinlaridan joy olgan.
Ko`rdingizmi,O`zbekistonni ta`lim sohasida jahon tan olmoqda.Kelajak avlodlarimiz bizdan-da kuchli,bizdan-da qudratli bo`lishini chin dildan istab qolaman.
2-suxandon: Hozir sizlarning e`tiborlaringizga havola etilayotgan Dilshod Rajab so`zi bilan “Bulbulcha” dastasi ijrosida aytiladigan “Istiqlol bolalari”ashulasini bayram tuhfasi sifatida qabul qilingizlar.
Istiqloldan bahra olgan,
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
Chaqin chaqar ko`zimizda,
Olov bor-da ko`ksimizda,
Yolg`on yo`qdir so`zimizda,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
Vatan ozod — Vatan obod,
Kelajakka boramiz shod,
Shodon avlod-sog`lom avlod,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
A`lo o`qish — chin ontimiz,
O`zbek elin quvonchimiz,
Ulug` Vatan ishonchimiz,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar!
1-suxandon:Endigi tabrik so`zini mahalla oqsoqolidan eshitsak. (U kishi maktab, mahalla, jamoatchilik hamkorligini rivojlantirish haqida gapirib o`tadi).
2-suxandon:
Yangi davr keldi,o`zgardi zamon.
Zamon zayli bilan o`zgardi inson.
O`zgardi jamiyat,o`zgardi hayot,
O`zgardi qo`shig`-u o`zgardi bayot.
(Ekranda mustaqillik tufayli O`zbekistonda yuz berayotgan hayot lavhalari namoyish etiladi).
1-suxandon: Mustaqil O`zbekistonning kelajagi buyukdir. Mustaqillikni mustahkamlash biz, yoshlarning zimmamizdadir.Biz ona yurtimizni, xalqimizni, madaniy merosimizni avaylab-asrashga har birimiz burchlimiz. Yurtboshimiz aytganlariday: “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo`lmaymiz”.
2-suxandon:Jannatmakon O`zbekistonimiz mustaqillik yillarida tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketdi.Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750.Namanganning 2000 yilligi va Toshkentning 2200 yillik to`ylari nishonlandi.Toshkent shahri Islom madaniyatining poytaxti deb e`lon qilindi.O`zbekiston 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`ldi.Hozirgi kunda yurtimizda xorijiy davlatlar bilan birgalikda ko`plab qo`shma korxonalar ishga tushdi.
1-suxandon:Bugungi kunda 130dan ortiq millat vakillari Vatanimizda tinch-totuv,ahil yashab kelmoqda.Yurtimiz tinchligi ham Prezidentimiz I.A.Karimovning dono rahbarligi tufaylidir.
(“Do`stlik” raqsi ijro etiladi).
Maydon uzra davra qurar o`zbek kurashda,
To`nlarni yelka-la surar o`zbek kurashda.
O`zbekning kurashi o`zidek halol
Dast ko`tarib yerga urar o`zbek kurashsa!
Polvonlar yurt maydonida qo`llasin sizni,
Alpomishlar ruhi doim qo`llasin sizni!
1-suxandon: Hademay mustaqil O`zbekistonimiz dunyodagi rivojlangan davlatlardan biriga aylanadi.
2-suxandon: Nasib etsa, barchamiz buning guvohi bo`lamiz, albatta. Biz mustaqil ozod va obod yurtimiz bilan hamisha faxrlanamiz. O`zbekiston bizning qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimizdir.
1-suxandon:
Onam-O`zbekiston,nurlar yurtisan,
Bepayon xazinam,durlar yurtisan,
Donishmandlar yurti,hurlar yurtisan,
Olloh nazar slogan yurtlar yurtisan,
Seni jon ichida asrash ahdimiz,
O`zingsan muqaddas,oily faxrimiz!
2-suxandon:
To jahon boricha baxting bor bo`lgay,
Osmoning hamisha beg`ubor bo`lgay,
Istiqloling mangu,barqaror bo`lgay,
Yurtboshimiz mehri doim yor bo`lgay.
O`zingsan borligim,jon-tanim o`zing,
Jonlar fido senga,Vatanim mening!
1-suxandon: Hammalaringizni yana bir bor yurtimizning 24 yillik mustaqillik to`yi bilan qutlaymiz.Osmonimiz hamisha tinch,musaffo,xalqimiz sog`-salomat bo`lishsin!
(Tadbir “To`ying muborak!”ashulasi bilan yakunlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |