Mehnatning mazmuni — bu ishlaming kasbiy mansubligi, ularning tarkibiy murakkabligi, bajarishdagi izchilligi bilan belgilanadigan mehnat elementlari bo‘lib, xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o'zaro munosabatga kirishuvidir. Masalan, tikuvchi tikuv mashinasidan foydalangan holda gazlama bilan ishlaydi, oshpaz taom tayyorlashda oziq- ovqat xom ashyosi va mahsulotlaridan, shuningdek, o‘zi uchun zarur bo'lgan pishirish jihozlaridan, gaz plitasidan foydalanadi.
Mehnat mazmuni quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: mehnatning murakkabligi; xodimning kasbga yaroqliligi; xodimning mustaqillik darajasi. Aytib o'tilgan belgilarni batafsilroq qarab chiqamiz. Mehnat mazmunining birinchi belgisi uning murakkablik darajasi bilan farq qilishidir. O lim ning m ehnati chilangarning m ehnatidan murakkabroqligi, do‘kon rahbarining mehnati kassir mehnatidan qiyinroqligi tushunarlidir. Biroq turli mehnat xillariga haq to‘lash o’chovlarini asoslash uchun ularni taqqoslash kerak bo‘ladi. Murakkab va oddiy mehnatni o‘lchash uchun «mehnat reduktsiyasi» tushunchasi qoilaniladi.
Mehnat reduktsiyasi — murakkab m ehnatni oddiy mehnatga aylantirishdir. Bundan maqsad — turli murakkablikdagi mehnatga haq to ‘lash o ‘lchovlarini aniqlashdir. Jamiyat rivojlanganligi bilan murakkab mehnat ulushi ortib boradi. Bunga sabab korxonaning texnika bilan quroUanish darajasi oshganligi, xodimlarning ma’lumoti va rivojlanisbiga qo‘yiladigan talablarning ortganligidir.
Murakkab mehnat oddiy mehnatdan farq qilib, bir qator xususiyatlarga ega bo'ladi:
xodimning harakatlarini rejalashtirish, tahlil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish kabi aqliy mehnat funksiyalarini bajarish;
xodimning faol fikrlashi, fikrini bir joyga to‘plashi va aniq maqsad bilan intilishi;
qarorlar qabul qilish va harakatlardagi izchillik;
xodim organizmining tashqi ta’sirlarga aniq va to‘g‘ri aks-sado berishi;
tez, chaqqon va xilma-xil mehnat harakatlari;
mehnat natijalari uchun javobgarlik.
Mehnat mazmunining ikkinchi belgisi — xodimning kasbga yaroqliligidir. Mehnat mazmunining uchinchi belgisi — xodimning mustaqillik darajasi bo‘lib, u mulkchilik shakli bilan bog’liq tashqi cheklanishlarga ham, shuningdek, ishning murakkablik miqyosi va darajasi taqozo etuvchi ichki cheklanishlarga ham aloqadordir.
Mehnat jarayonida quyidagi funksiyalar amalga oshirilishi hisobga olinadi:
zarur mehnat operatsiyalari tizimining maqsadi va uni tayyodash
bilan bog’liq bo‘lgan mantiqiy funksiya;
ijro etuvchilik funksiyasi
ishlab chiqaruvchi kuchlaming holatiga bog'liq ravishda mehnat vositalarini turli usullar bilan harakatga keltirish va mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko'rsatish;
qayd etish va nazorat qilish funksiyasi
texnologiya jarayonini, belgilangan dastumi bajarishning borishini kuzatish;
tartibga solish funksiyasi berilgan dastumi tuzatish, unga aniqlik kiritish.
Qayd etib o‘tilgan funksiyalardan har biri ayrim olingan xodimning mehnatida ma’lum darajada ishtirok etishi mumkin, lekin u, albatta, yalpi mehnatga ham xos bo'ladi. Inson mehnat faoliyatida qaysi funksiya ustunlik qilishiga qarab aqliy va jismoniy mehnat funksiyalarining muayyan nisbati qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |