Beshikdan to qabrgacha ilm izla: qoraqalpogʻistonlik olim 72 yoshida fan doktori boʻldi



Download 17,71 Kb.
Sana06.01.2020
Hajmi17,71 Kb.
#32221
Bog'liq
Beshikdan to qabrgacha ilm izla

Beshikdan to qabrgacha ilm izla: qoraqalpogʻistonlik olim 72 yoshida fan doktori boʻldi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Jalgʻasboy Xoshniyazov qariyb 72 yoshida filologiya fanlari doktori ( DSc) darajasini oldi. Bu haqida ushbu institut direktori Aytmurat Alniyazov OʻzA muxbiriga xabar berdi.


— Institutimiz xodimi “Qoraqalpoq qahramonlik dostonlarining paydo boʻlish manbalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlandi. Bu yangilik biz uchun yangi yil sovgʻasi sovgʻasi boʻldi, deyish mumkin. Chunki qoraqalpoq folklori boʻyicha koʻpdan buyon institutimizda doktor yetishib chiqmagan edi, – deydi mazkur institut direktori Aytmurat Alniyazov. – Umuman olganda, oʻtib borayotgan yil institutimiz jamoasi uchun, shuningdek, qoraqalpoq ilm-fani uchun ham muvaffaqiyatli boʻldi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi shu yilda ikkita fan doktori (DSc) yetishib chiqmoqda. Kelgusi yilda bu boradagi ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz va 2019 yilda 3 ta falsafa doktori (PhD) va 3 ta fan doktori (DSc)ni chiqarishni rejalashtirganmiz.
Qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi juda boy. Institut tomonidan 100 jildlik “Qoraqalpoq folklori” chop qilingan. Bu oʻtgan asrda xalq orasidan yigʻib olingan materiallarning atigi 20 foizini tashkil qiladi. Institutning fondida yana koʻplab qoʻlyozmalar saqlanmoqda. Ayni paytda ularga ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish masalalari qoʻlga olingan.
Folkloshunos olim J.Xoshniyazov ham aynan shu qoʻlyozmalar fondidan va “Qoraqalpoq folklori” koʻpjildligidan olingan qoraqalpoq qahramonlik dostonlariga oid materiallar va matnlar, Rossiya davlat kutubxonasidan va Rossiya FA antropologiya va etnografiya institutining ilmiy kutubxonasidan olingan ilmiy va amaliy ahamiyatga molik materiallarni tadqiqot obyekti sifatidan tanlagan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iborat-ki, qoraqalpoq folklorshunosligida birinchi marta qahramonlik dostonlarining paydo boʻlishiga asos boʻlgan ilk syujetlar patriarxal-urugʻchilik tuzumi va uning miloddan avvalgi birinchi ming yillik oʻrtalarida inqirozga yuz tutishi davrida mifologik eposning tadrijiy rivoji natijasida shakllanganligi isbotlangan. Qahramonlik dostonlari oʻzining yaratilish davriga koʻra koʻp qatlamli boʻlib, uning arxaik eposga mansub qismi sak, massaget, xun va qadimgi turkiylar epik ijodiyotiga taalluqli mifologik tasavvurlar va syujetlardan iborat ekanini aniqlangan.
Qoraqalpoq folkloridagi Aruxon, Oqchoʻlpon, Guloyim obrazlari bilan bogʻliq qahramonlik dostonlarida sak-massagetlar ijodiyotiga xos vatanparvarlik gʻoyasi, chorvachilikdan iborat turmush tarzi, qizlarning kuyov tanlash maqsadida yigitlar bilan kuch sinashishi, matriarxat davriga xos davlat boshqaruvi tizimi badiiy aks ettirilganligi dalillangan.
Qoraqalpoq qahramonlik dostonlari syujetining badiiy evolyutsiyasida qipchoq, qoʻngʻirot, mangʻit, noʻgʻoy va boshqa qabilalar hayotida yuz bergan tarixiy voqealar, ularning oila va yurt himoyasi uchun olib borgan mardonavor kurashi muhim rol oʻynaganligi, jumladan, oʻgʻuzlarning Orolboʻyi hududida hukmronlik qilishi tufayli VIII-XI asrlarda “Kitobi dadam Qoʻrqit”ning asosini tashkil etuvchi epik syujetlar yuzaga kelganligi, XI-XII asrlarda qipchoqlarning tarix sahnasiga chiqishi natijasida “Qoʻblon” dostoni yaratilgani asoslangan, shuningdek, Orolboʻyi epik anʼanasida “Alpomish”, “Qoʻblon”, “Qirqqiz” kabi tub syujetli dostonlarning keng koʻlamda ommalashishi tufayli XIV-XVIII asrlarda turkiy qavmlar va qabilaviy uyushmalarning millat sifatida ittifoqlashishi jarayoni oʻzining yuksak choʻqqisiga yetgach, qahramonlik xarakteridagi “Edige”, “Er Shoʻra”, “Boʻzoʻgʻlon”, “Maspodsho”, “Goʻroʻgʻli”, “Er Sayim”, “Jaskelen”, “Er Qoʻsay”, “Er Zevar”, “Qurbonbek”, “Haji Gerey” kabi qoraqalpoq xalq dostonlari yuzaga kelganligi asoslab berilgan va hokazo.
Olim 1978 yilda Toshkent shahrida A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot institutining ixtisoslashtirilgan kengashida “Alpomish” dostonining qoraqalpoq versiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan edi.
Ilm-fandagi xizmatlari uchun 2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasining farmonib bilan“Shuxrat” medaliga sazovor boʻlgan.
Download 17,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish