Beshbuloq maishiy xizmat kasb-hunar kollеji geografiya fani o’quvchisi



Download 0,73 Mb.
bet12/14
Sana09.05.2017
Hajmi0,73 Mb.
#8547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.

Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi:

1.Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.

2.Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda.

3.O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda.

4.O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin.

5.O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash-hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.



. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingI yutuqlari.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustahkam-lash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etilishiga bog'liq bo'lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan to'g'ri aloqa qilol-maydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar i. yorlovchi birorta ham o'quv yurti yo'q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi. O'z­bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko'p qirrali ishlarni boshi-dan boshlashga to'g'ri keldi.

Prezident Islom Karimov o'zining ,,O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O'zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun-lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. ,,O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida"gi, ,,Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, „Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.

Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o'z ifodasini topdi. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlay-digan hamma majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi.

Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.

Nazorat savollari:

1.O’zbekiston respublikasi mustaqillikka qachon erishdi

2.O’zbekiston gerbi va bayrog’i qachon qabul qilingan?

3.O’zbekistonning geosiyosiy salohiyatini qanday baholaysiz?

4.O’zbekistonning O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni qaysi davlatlarning e’tibo’rini tortmoqda?

5. O'zbekiston hududiga xos xususiyatlarni aytib bering.

6. Mamlakatning mikrogeografik o'rni qanday?

7. O'zbekiston Dunyo okeaniga chiqish uchun qanday yo'llarga ega?

8.O'zbekistonda qaysi tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi?

9. O'zbekiston qaysi mineral resurslari bilan dunyo mamlakatlari o'rtasida munosib o'rinlarni egallaydi?

10. O'zbekiston qaysi qishloq xo'jalik mahsulotlari bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlarda turadi?

11. Mamlakat aholisining soni bo'yicha O'rta Osiyoda va dunyoda qanday mavqega ega?

12.O'zbekiston qaysi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyo mamlakatlari o'rtasida ajralib turadi?


Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi.1. 13-mavzu. 109-111-113-115-betlar.2.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish
Darsni yakunlash: O`quvchilarni baholash, baholarni izoxlash.

Ijtimoiyva gumanitar fanlar kafedrasi mudiri:

_____________D.Rustamova. Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva.
18-dars reja

Fan: Amaliy geografiya

Guruh








































Sanalar.









































Mavzu: O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi,uning dunyo siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy xaritqsidagi o’rni.

Darsni o`tkazish joyi: Geografiya xonasi- 206

Dars turi: Nazariy.

Dars tipi: Yangi mavzuni ozlashtirish.

O`quv maqsadi:

1 XX asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan o'zgarishi, hududiy, ijtimoiy-ekologik va demografik muammolarning keskinlashuvi geosiyosat faniga bo'lgan e'tiborni kuchaytirib yubordi.

Geosiyosat fanini o'rganish geografiya, tarix, demografiya, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bo'yicha ham bilimlarga ega bo'lishni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi,uning dunyo siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy xaritqsidagi o’rni.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-90



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya


10


Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi.

. Savol-javob

Tarqatma materiallar.

. Globus-G-7




O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

25

Mavzu asosida savol – javob qilinadi Geosiyosat asoslari qismlarga bo’lib o’rganiladi1.Geosiyosat fani haqida tushuncha.

2. Geosiyosiy bosqichlar

3. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari.

4. Geosiyosat klassiklarining asosiy g’oyalari, tamoyillari va hozirgi

zamon geosiyosat maktablari, nazariyalari.

. Geosiyosat fanini o’rganish uchun yana qanday fanlar bo’yicha bilimlar bo’lishi taqozo etiladi?

2. Qanday omillar geosiyosiy omillar bo’lib hisoblanadi?

3. Geosiyosat fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?

4. Qaysi olim "geosiyosat" tushunchasini qachon fanga olib kirgan?

5. F. Ratsel tomonidan ishlab chiqilgan geosiyosiy qonunlarni aniqlang.

6. F. Ratsel katta davlatlar va geografik ekspansiya to’g’risida qanday fikr bildirgan?

7. F. Ratsel davlatning asosiy xususiyatlariga nimalarni kiritgan?

8. Davlat to’g’risida R. Chellen qanday fikr bildirgan?

9. Jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi kim?



Ma’ruza, .

Aqliy hujum.

Savol-javob metodlaridan foydalanish


Kodoskop, A-10, slayd.

Globus.


Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

Darslik,doska


Yangi mavzu bayoni

30

Mavzu tartib bilan o’rganilib boriladi. 1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida.

2.O’zbekistonning geosiyosiy o’rni.

3.O’zbekistonning geosiyosiy salohiyatini qanday baholaysiz?

4.O’zbekistonning O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni qaysi davlatlarning e’tibo’rini tortmoqda?



Aqliy hujum.

Ma’ruza.


Savol- javob metodlaridan.

. Venn diogrammasi, qor uyumi



Kodoskop, A- 10, slayd. Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.

Doska, Darslik,


Mustahkamlash

15

Mavzu asosida savol – javob qilinadi

1. Geosiyosat fanini o’rganish uchun yana qanday fanlar bo’yicha bilimlar bo’lishi taqozo etiladi?

2. Qanday omillar geosiyosiy omillar bo’lib hisoblanadi?

3. Geosiyosat fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?

4. Qaysi olim "geosiyosat" tushunchasini qachon fanga olib kirgan?


Savol- javob.

Aaqliy hujum.

Bahs -munozara.


Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.

Doska,

Darslik,


Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

O quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 13-mavzu. 109-111-113-115-betlar.2.Savol-javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali, kitob



Yangi mavzu bayoni.

O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyoning markazida joylash-gan bo'lib, hududi shimoli g'arbda Orol dengiz va Ustyurt platosidan, janubda Afg'oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyan-Shan va Hisor—Oloy tog'larigacha cho'zilgan.

Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho'qqilar, baland tog' muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepoyon cho'l va qir - adirlar mavjud.

1. O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan bo’lib, hududi shimoli g’arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg’oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyanshan va va Hisor-Oloy tog’larigacha cho’zilgan.

Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli cho’qqilar, baland tog’ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepoyon cho’l va qir-adirlar mavjud.

O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv. km, shuning to’rtdan uch qismini tekisliklar va platolar, qolgan to’rtdan bir qismini tog’oldi hududlari va tog’lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’tadil iqlim, faqat chekka janubida subtropik iqlim xukmron

O’zbekistonning makrogeografik o’rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonga Qozog’iston va Rossiya (Novorossisk, Naxodka), Latviya (Klaupeda) portlari, janubi-g’arb tomonda Fors korfazidagi (Abadan) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temir yo’llarda borish mumkin. Undan tashqari Xitoy hududlari orqali (Toshkent – Andijon O’sh – Ergashtom–Qashqar Tinch okean) Tinch okeanga, Afg’oniston va Pokiston hududlari orqali Xind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega Ammo oxirgi yo’nalish to’g’risida Afg’onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilangandan keyingina so’z yuritish mumkin.

O’zbekistonning mezogeografik o’rni ham makrogeografik o’rniga o’xshab ketadi. Shu Bilan birga mamlakatimizda mikrogeografik (yani O’rta Osiyo mintaqasidagi) o’rni qulay O’zbekiston O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida joylashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko’prik vazifasini bajaradi.

O’zbekiston xilma – xil tabiiy ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir.

Unda sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan paxtachilik. ipakchilik va qorako’chilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli O’zbekiston paxta, pilla etishtirish hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jaxon mamlakatlari orasida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda.

O’zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tarmoqlari ichida elektroenergetika, yoqilg’i sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik ), Kimyo va neftkimyosi, qurilish materiallari, engil va oziq – ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.

O’zbekistonda 2002 – yilda 2,5 mln tonna ko’mir , 7,5 mln tonna neft, 57 mlrd kub m tabiiy gaz qazib olindi. Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo’rg’oshin, mis va uran rudalari qazib olishda ham yuqori o’rinlarni egallaydi.

O’zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (Osh va kaliy tuzlari, fosforitlar) bezak toshlari ( granit, marmar) va qurilish materiallarning katta zaxiralariga ega. Bularning barchasi jaxon miqiyosida mamlakat obro’sini ko’taradi va uni dunyoga mashxur qiladi.

Shu bilan birga mineral resurslar, ayniqsa strategik ahamiyatga ega resurslarning (oltin neft gaz) katta zaxiralari mavjudligi O’zbekistonning geostrategik ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurslarga er – suv resurslari qo’shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko’tariladi.Chunki er – suv resurslari asosida dexqonchilik ekinlari etishtiriladigan sug’orma dexqonchilik rivojlangan. Respublikada 4 mln gektardan ortiq sug’orma erlar mavjud. Bu MDX davlatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko’rsatkichdir. Sug’orma erlarning deyarli 95% xaydaladigan erlardan iborat. Xaydaladigan erlarga yana bahorikor dexqonchilik erlari xam qo’shiladi. Xaydaladigan erlarning umumiy maydoni 4 mln gektardan oshadi.

Inson resurslarining 50,3 foizini mexnat resurslari tashkil etadi. O’zbekiston aholisining soni 2002 – yil 1 – yanvar ma’lumotlariga ko’ra 25,2 mln ga etdi. Shundan 12, 7 mln kishi mexnat resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston aholii soni bo’yicha 230 ta mamlakat ichida 37 – o’rinni egallaydi. Jami aholining 37,1 foizi shaxar va shaxarchalarda, 62,9 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shaxar aholisini xissasiga ko’ra O’zbekiston O’rta Osiyoda Turkmanistondan keyingi o’rinda turadi. Lekin mintaqadagi shaxar va shaxarchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shaxarlarning kupchiligi O’zbekistonda joylashgan.

O’zbekiston dunyo miqiyosida neft qazib olish bo’yicha 22 – 24, gaz bo’yicha 5-6 o’rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga xisoblaganda elektroenergiya (1900 kvt soat), mineral o’g’itlar, tsement ishlab chiqarish bo’yicha xam jaxon mamlakatlari ichida munosib o’rinlarni egallaydi xamda qator Osiyo va Afrika mamlakatlaridan oldinda turadi.

2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.

Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi:

1.Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.

2.Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda.

3.O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda.

4.O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin.

5.O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash-hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.



. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingI yutuqlari.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustahkam-lash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etilishiga bog'liq bo'lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan to'g'ri aloqa qilol-maydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar i. yorlovchi birorta ham o'quv yurti yo'q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi. O'z­bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko'p qirrali ishlarni boshi-dan boshlashga to'g'ri keldi.

Prezident Islom Karimov o'zining ,,O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O'zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun-lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. ,,O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida"gi, ,,Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, „Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.

Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o'z ifodasini topdi. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlay-digan hamma majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi.

Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.

Nazorat savollari:

1.O’zbekiston respublikasi mustaqillikka qachon erishdi

2.O’zbekiston gerbi va bayrog’i qachon qabul qilingan?

3.O’zbekistonning geosiyosiy salohiyatini qanday baholaysiz?

4.O’zbekistonning O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni qaysi davlatlarning e’tibo’rini tortmoqda?

5. O'zbekiston hududiga xos xususiyatlarni aytib bering.

6. Mamlakatning mikrogeografik o'rni qanday?

7. O'zbekiston Dunyo okeaniga chiqish uchun qanday yo'llarga ega?

8.O'zbekistonda qaysi tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi?

9. O'zbekiston qaysi mineral resurslari bilan dunyo mamlakatlari o'rtasida munosib o'rinlarni egallaydi?

10. O'zbekiston qaysi qishloq xo'jalik mahsulotlari bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlarda turadi?

11. Mamlakat aholisining soni bo'yicha O'rta Osiyoda va dunyoda qanday mavqega ega?

12.O'zbekiston qaysi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyo mamlakatlari o'rtasida ajralib turadi?


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish