Beshbuloq maishiy xizmat kasb-hunar kollеji geografiya fani o’quvchisi



Download 0,73 Mb.
bet7/14
Sana09.05.2017
Hajmi0,73 Mb.
#8547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

Jamoa ekspertiza usuli jamoaga kiradigan ekspertylarning mustaqil xulosalari tahlili asosida umumlashgan ekspertiza xulosalarini ishlab chiqishiga asoslangan.

Ekspertlar komissiyasi usuli tegishli ekspertiza guruhlari tomonidan ma’lum bir hudud yoki obyekyning alohida jihatlari bo’yicha ishlab chiqilgan ekspertiza xulosalarining yagona ekspertiza xulosasiga birlashtirilishiga asoslanadi. Ekspertiza ma’lum bir ma’lumotlaqr jamlangan loyiohalarning tahlili natijasida amalga oshiriladi. Ma’lum bir obyekt yoki muhandislik inshootining loyihasini o’tkazish uchun ekspertga yoki eksprlar guruhiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.

1. Obyekt yoki muhandislik inshoati joylashgan hudud to’g’;risidagi tibbiy geografik ma’lumotlar. U quytidagilarni o’z ichiga oladi: obyekt yopki muhandislik in shooti hududining geografik joylashishi; hududning giologik tuzilishi, ya’ni mazkur joyda tarqalgan tog’ jinslari; hudud yer yuzasini9ng tuzilishi nasosiy relf shakllarining joylashishi; yerosti suvlarei ularning sathi va sho’rligi; yer usti suvlari ( daryo, ko’l, botqoq ), ularning suv sarfi, me’yopri, minerallashish darajasi, huidudning iqlimi, hidudda Tarqalgan asosiy tuproq turlari ularning sho’rlanish dqarajasi; o’simlik qoplami va ularning turlari, hayvonot dunyosi, asoisiy lanshaft turlari.

2Obyekt yoki muhandislik inshooti joylashgan hudud to’g’risioda iqtisodiy geografik ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: hududning iqtisodiy geografik joylashishi, ya’ni yirik transport yo’llariga yaqin yoki uzoqligi; hudud aholisining soni va joylashishi; hududning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi; huidudsda joylashgan sanoat korxonalari; hu8dud qishloq xo’jaligi, asosiy dehqonchilik ekinlari, yaylavlar, hudud transporti, hududning yonilg’I va elektroenergiya hamda suv ta’minoti.

3.Hudud to’g’risida ekoplogik ma’lumotlar. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: hudud tabiiy muhitining ifloslanishiga ta’sir etadigan manbalar; tabiiy manbalar ( shamol, surilma, zilzila, sel, suv toshqinlari va h.k.), sun’iy omillar (zavot, fabrika, kommunal xo’jalik korxonalari, qishloq xo’jaligida qo’llanadigan o’g’it, pestitsidlar va h.k.); atmosferaga chi9qariladigan chiqindilar; suvning ifloslanish darajasi; tuproq, o’simlik va hayvonat dunyosining o’zgarishi; aholi salomatligi, keng tarqalgan kasalliklar va ularning sabablari.

4.Obyektr yoki inshoot to’g’risidagi ma’lumotlar. Bu ma’lumotlar quyidagiol;arni o’z ichiga oladi: obyekt yoki inshootning naydoni, balandligi, chuqurligi, qismlari, qurilish muddatlari, faoliyati mahsuloti xomashyosi. Masalan, obyekt foydali qazilma koni bo’ladigan bo’lsa, quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: foydali qazilma turi, zaxirasi, maydoni, chuqurligi, qazib olish usuli ( ochiq yoki yopiq ); chiqindilar hajmi va ular egallaydigan maydon, yordamchi inshootlarning joylashishi, shaxtaning yillik quvvati ( mln t ); shaxtaning ishlash muddati ( 50, 100 yil va h.k. ).

Ushbu ma’lumotlar asosida ekapertlar tomonidan mazkur obyekt yoki inshootning qurilishi maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi aniq lanadi. Taqdim etilgan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik, ekologik va muxandislik (inshoat yoki obyekt to’g’risida ) ma’lumotlarning tahlili asosida ekspert xulosasi tayyorlanadi.

Ekspert xulosasi quydagi qismlarni o’z ichiga oladi.

1. Loyiha amalga oshirilgandan so’ng, ya’ni obyekt yoki korxona ishga tushirilgandan keyin uning faoliyati davomida tabiiy muhitda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishiga baho beriladi.

Agar foydali qazilma koni ishga tushiriladigan bo’lsa, uning tabiatga ta’siri quydagi yo’nalishlardaq baholanishi mumkin:a) kon ochiq usulda qazib olinadigan bo’lsa, uning chuqurligi va maydoni, ishdan chiqadigan qishloq xo’jalik yerlari, aholi manzilgohlari va ularni ko’chirish masalalari, tuproq, o’simlik qop[lamining o’zgarish, ularni qayta tiklash muammosi; b) yerosti suvlari sathining pasayishi va ularning atrofidagi landshaflarning o’zgarishiga ta’sir, yerosti va yer usti suvlarining ifloslanishi, ularga qarshi kurash choralari atmossferaning ifloslaninshi, tabiiy vca tabiiy texnogen jaerayonlarning rivojlanishi hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish, kon to’la qazib bo’lingandan so’ng undan foydalanish va buzilgan yerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya)masalalari; d) aholi salomatligi va unga tabiiy muhit ifloslanishinig ta’siri.

2. Tabiiy sharoit yoki tabiiy geografik jarayonlarning obyekt yoki inshoat faoliyatiga ta’siri.

Tabiiy sharoiti murakkab bo’lgan baland tog’larda foydali qazilmalar5 yopiq usulda qazib olinadi. Chunki bunday sharoitda konlarni ochiq usulda qazib olish katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Konlarning maydoni aniq va to’g’ri o’lchangan bo’lmog’i lozim. Bu maydon doirasida aholi manzilgohlari va yirik muhandislik inshoatlarini qurish man etiladi. Masalan, Angren ko’mir konida tabiiy sharoitni hisobga olmaslik natijasida angren shahri ikki marta ko’chirilgan. Hozirgi ko’mir trarqalgan maydondan tashqarida Angren shahri qurilgan.

3. Ekspertlar guruhiga jalb qilingan mutaxassislarning to’liq hulosalari olingandan so’ng, umumiy hulosalar ishlab chiqariladi. Qulay va mahsuldor yer, yaylov resuslari kamroq o’zgarishini e’tiborga olib konni qazib olishning optimal usuli tanlanishi mumkin (yopiq, ochiq yoki mahsus usulda).tabiatga bo’ladigan ta’sirni kamaytirish maqsadida ekologik chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish, uni loyihaga kiritish tavsiya etiladi.

Ekspertlar guruhi olingan ma’lumotlar asosida umimiy asoslangan hulosaga keladi. Ekspertiza natijasiga qarab, loyiha qaytarilishi ham mumkin, bu holda u qayta ishlashga yuboriladi yoki korxona qurilishiga umuman ruxsat berilmaydi.Hozirgi kunga kelib dunyoda geografik – ekologik ekapertiza keng tarqalmoqda. Ayrim yirik muhandislik inshoatlarining loyihalari hatto xalqaro ekspertlar guruhlari tomonidan ekspertizadan o’tqazilmoqda. Masalan, Xitoyning Yanszi daryosidagi eng yirik “Uch daryo” GESi ekspertizasi Amerikalik mutahasislar tomonidan amalga oshirilgan.

Daryo bo’yicha juda ko’p inshoatlarning tabiiy sharoitini hisobga olmasdan qurilishi natijasida bir qancha falokatlarning ro’y berishi, ayrimj inshootlarning tabiatga kuchli salbiy ta’siri oqibatida qator ekologik muommolarning yuzagfa kelishi loyihalarining geografik-ekologik ekspertizadan o’tkazishni shart qi9lib qo’ydi. Shu maqsadda O’zbekistonda o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik –ekologik ekspertyizadan o’tkazila boshladi. Hozirgi paytda O’zbekistonda yanbgi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallshtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, uylarni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o’rnatishga katta ahamiyat berimoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o’rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jaroyonida atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarishi me’yorda bo’lishi kafolatlanadi. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qoravulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o’tkazilgan. Sanoat korxonalarini joylashtirishda har bir hududning tabiiy sharoiti etiborga olinishi zarur. Tog’ etaklari, vodiylar va botiqlarda qurilishi mo’ljallangan inshootlarni loyihalashda hududning iqlim sharoiti, yerosti suvlari tartibi, yer usti suvlari hususiyatlari, tuproq, o’simlik qoplami, chorva mollari hamda aholi salomatligi ta’siri masalasi oldindan to’liq va atroflicha hal etilishi lozim bo’ladi.

O’zbekistonda qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish maqsadida juda ko’p suv inshootlari qurilgan. XX asrning 80-yillarida qurigan suv inshootlari ekologik ekspertizadan o’tkazilgan emas. Bu esa tabiatda nohush xodisalar yuzaga kelishiga ijtimoiy – ekologik sharoitning yomonlashuviga olib keladi. Masalan, Tuyamo’min suv ombori qurib ishga tushirilishi bilan Xorazm vohasida yerlarning meliorativ holati o’zgara boshladi. Yerosti suvlarining sathi ko’tarilib, tuproqda tuz to’plana boshladi. Bunday ahvol suv omboridan vohaga suv sizib o’tishi natijasida yuzaga kelgan edi. Demak, to’g’on ostidan suvning chetiga sizib o’tishi loyihada jiddiy hisob qilinmagan. Bunday jarayon Karkidin, Tolimarjon, Chimqo’rg’on, Uchqizil, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlarida ham kuzatilgan.



O’tgan asrning 80-yillarida So’x daryosida So’x suv ombori qurilishi amalga oshirildi. Ammo ekspertiza natijasida So’x suv ombori qurilganidan so’ng atrifdagi hududda botqoqlanish jarayoni boshlanib, o’simliklarning vegitatsiyasi sharoiti o’zgarishio aniqlandi. Natijada suv ombori loyihasi o’zgartirilib srl suvlari yig’iladigan selxonaga aylantiriladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Ekspertiza deganda nimani tushunasiz?

  2. Ekspertiza ekologik ekspertiza deb nimaga aytiladi?

  3. Ekspertiza qanday usullarda olib boriladi?

  4. Ekspertizaga taqdim etilayotgan ma’lumotlar nimalarni o’z ichiga oladi?

  5. Ekspertizaga qanday iqtisodiy geografik ma’lumotlar taqdim etiladi?

  6. Ekspertiza xulosasi qanday qismlardan iborat?

  7. Ekspertiza xulosasi salbiy bo’lgan hollarda qanday ishlar bajariladi?

  8. Umumiy xulosalar qachon ishlab chiqiladi?

  9. O’zbekistonda geografik – ekologik ekspertiza qachondan boshlab amalga oshirila boshlangan?

10. Tuyamo’min suv ombori qurilgandan so’ng Xorazm vohasida qanday noxush jarayonlar ro’y berdi?

Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi.1. 9-mavzu. 83-84-85-87-88-betlar.2.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.

Darsni yakunlash: O`quvchilarni baholash, baholarni izoxlash.
Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri:
_____________D.Rustamova . Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva.

11- dars reja

Fan: Amaliy geografiya

Guruh











































Sanalar.













































Mavzu:Insoniyatning global muammolari haqida umumiy tushuncha.

Darsni o`tkazish joyi: Geografiya xonasi- 206

Dars turi: Nazariy

Dars tipi: Mustaqil bilim o’zlashtirish darsi.

O`quv maqsadi:

1O’quvchilarga insoniyatning hozirgi kundagi global muammolari turlari va ularning guruhlash masalalari, tinchlik va qurolsizlanish, kosmosni tinch maqsadlarda o’rganish, demografik, dunyo okeani, ekologik, qoloq mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish, global oziq-ovqat muammolari haqidagi ma’lumotlarni i o’quvchilar ongia singdirish.

2.O`quvchilarda insoniyatning global muammolari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1.Hozirgi kundagi global muammolari turlari va ularning guruhlash masalalari haqidagi ma’lumotlarni o’rganish.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-90



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya

O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

10

25


Insoniyatning global uammolari haqidagi bilimlar,va boshqa bo’limlar amaliy ish sifatida beriladi
1Global so’zining ma’nosi nima?

2.Insoniyatning global muammolari deganda nimani tushunasiz?

3. Insoniyatning global muammolari dunyoning turli regionlarida qanday namoyon bo’lmoqda? 4Global muammolar o’zaro bir-biriga ta’sir etib qanday uchburchakni hosil qiladi?

.5.Global energetika va xom ashyo muammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi?

6Global oziq-ovqat uammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi?

.

Kichik guruhlarda ishlash. Ma’ruza . Aqliy hujum metodlaridan foydalanish



Tarqatma materiallar.

. Globus-G-7


Kompyuter, A -.1

Globus.


Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

Darslik,doska


Yangi mavzu bayoni

30

Insoniyatning global uammolari bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi..

1Global so’zining ma’nosi nima? 2Insoniyatning global muammolari deganda nimani tushunasiz?

3. Insoniyatning global muammolari dunyoning turli regionlarida qanday namoyon bo’lmoqda? 4Global muammolar o’zaro bir-biriga ta’sir etib qanday uchburchakni hosil qiladi?

.5.Global energetika va xom ashyo muammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi?

6Global oziq-ovqat uammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi? 7.Tinchlik va qurolsizlanish muammolarini qanday hal qilish mumkin?

8.Ekologik muammolarga qanday muammolar kiradi?.



Ma’ruza , aqliy hujum, Savol- javob Pinbort metodlaridan.Yozma metodlardan foydalanish. Venn diogrammasi, qor uyumi

Kompyuter, A -1, Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.

Doska, Darslik,



Mustahkamlash

15

Mavzular asosida savol – javob qilinadi

1Ekologik inqiroz chuqurlashgan mintaqalar deb qanday mintaqalarga aytamiz?.

2.Sanoatlashish-urbanizatsiya jarayonlari chiqindilari bilan ifloslangan regiyonlar nomini ayting.

3.Sh.Amerika, G’arbiy Yevropa, Rossiya,Yaponiya, Xitoy, Xindiston,Braziliya, va Argentinaning Atlantika sohillari nimalar bilan ifloslangan regionlarga kiradi?

4Dunyo okeanining dengiz transporti o’ta rivojlangan qismlariga qayerlar kiradi

Savol- javob.Aaqliy hujum.Bahs -munozara.Suhbat.



Globus.


Dunyo siyosiy xaritasi.

Doska,


Darslik,

Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

` O quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 10-mavzu. 83-84-85-87-88-betlar.2.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali, kitob

Yangi mavzu bayoni. .

Insoniyatning global-dunyoviy(sayyoraviy) muammolari olimlar,siyosiy arboblar va keng jamoatchilikning diqqat markazida bo’lib, ularni ko’p fanlar, shu jumladan geografiya fani ham o’rganadi. Buning sababi shuki, bu muammolarni har birining geografik jihatlari mavjud.va ular dunyoning turli regionlarida turlicha namoyon boladilar.

Global muammolar deb, shunday muammolarga aytiladiki ular ko’lami jihatidan butun dunyo, butun insoniyatni qamrab olib, uning hozirgi va kelajagi uchun xavf tug’diradi. Hamda o’zlarining yechimi uchun barcha davlat va xalqlar kuchlarining birlashuvi, birgalikda jipslashib harakat qilishni talab etadi.

Global muammolar o’zaro bir biriga ta’sir qilib o’ziga xos quyidagi uchburchakni hosil qiladi: aholi- ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish- atrof muhit.

Tinchlik va qurolsizlanish . Barcha tarixiy davrlar va bosqichlarda urushlar jamiyat rivojida o’z muhrini qoldiradi. Biroq ilgari hech qachon butun- butun mamlakatlar va hatto materiklarning yo’q bo’lib ketish real “imkoniyati”bo’lmagan. Bunday imkoniyat, global xavf 20-asrning ikkinchi yarmida yadro qurolining va shu bilan birga raketa texnikasining yaratilishi munosabati bilan vujudga keldi. Mana shuning uchun ham tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish, insoniyatning qirilib ketmay o’zini-o’zi saqlab qolishi muammosi haqiqatdan ham hozirgi kunimizning eng birinchi muammosiga aylandi. Faqat 80- yillar oxiri 90- yillar boshiga kelib ,uni haqiqiy yechishga asos solindi.(Sovuq urush) tugatildi. Ilgari o’n yilliklar mobaynida G’arb bilan Sharqni ajratib kelgan “Temir panjara”endi yo’q.

Dunyo okeanidan foydalanish muammosi: yangi bosqich. Yer yuzasining 71 foizini egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida har doim muhim rol o’ynab kelgan. Biroq to 20-asrning o’rtalarigacha kishilik foliyatining dunyo okeanidagi barcha barcha turlari jahondagi daromadning atigi 1-2 foizini bergan xolos. Biroq fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari dunyo okeanini har tomonlama tadqiq etish va o’zlashtirish butunlay boshqacha ko’lam kashf etdi.

Birinchidan, global energetika va xom ashyo muammolarining o’tkirlashuvi dengiz tog’-kon hamda kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo’lishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiyoti muvoffaqiyatlari kelgusida neft va gazlarni temir-marganesli konkretsiyalarni qazib olishni yanada ko’paytirib, dengiz suvidan vodorodning izotopi bo’lmish deyteriyni ajratib olish, suv qalqishi asosida qurilgan ulkan elektr stansiyalar va dengiz suvini chuchitish inshootlarini qurishda yangidan-yangi istiqbollar ochdi.

Ikkinchidan global “dunyoviy”ko’lamdan oziq ovqat muammolarining o’tkirlashuvi okeanning biologik resurslariga bo’lgan qiziqishni oshirdi.Vaholanki hozirgi dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojining atigi 2 foizini ta’minlaydi xolos. Biroq okeanda hayvon oqsilining 12-15 foizini ajratib olinmoqda. Albatta baliq ovlash va dengiz mahsulotlarini olishni tobora ko’paytira borish lozim. Okeandagi mavjud balansni buzmagan holda bu mahsulotlarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari turli mamlakatlar olimlarining hisobiga ko’ra 100 mln.t. dan 150 mln. t.gacha yetadi. Dengizda suv o’tlarini yetishtirishni rivojlantirish esa, qo’shimcha katta zahira hisoblanadi.

Uchinchidan xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, jahon savdosining tezkorlik bilan o’sishi dengizda yuk tashish ishlari hajmini tobora oshirmoqda. Bu birinchi navbatda ishlab chiqarish va aholini dengiz sari siljishiga va shu munosabat bilan bir qancha dengizbo’yi regionlarining shiddat bilan rivojlanishiga sabab bo’ldi.

Masalan: ko’pdan-ko’p yirik dengiz portlari sanoat port majmualariga aylandi:bu majmualar uchun kemasozlik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya kabi sohalar eng xarakterlidir. Keyingi vaqtda esa ba’zi bir eng yangi tarmoqlar ham rivojlana boshladi. Dengiz bo’yi urbanizasiyasi nihoyatda keng miqyosda rivoj topmoqda.

Kosmos-dunyo miqyosidagi muhim insoniyatning umumiy mulki (boyligi)hisoblanadi.Kosmik dasturlar ancha murakkablashgan hozirgi vaqtda bu dasturlarni bajarish, ko’plab mamlakatlar va xalqlarning texnikaviy,iqtisodiy aqliy imkoniyatlarini jipslashtirishni talab etadi.Shu sababli kosmosni o’zlashtirish eng muhim xalqaro, global muammolardan biri bo’lib qoldi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1Global so’zining ma’nosi nima?

2.Insoniyatning global muammolari deganda nimani tushunasiz?

3. Insoniyatning global muammolari dunyoning turli regionlarida qanday namoyon bo’lmoqda? 4Global muammolar o’zaro bir-biriga ta’sir etib qanday uchburchakni hosil qiladi?

.5.Global energetika va xom ashyo muammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi?

6Global oziq-ovqat uammolarining o’tkirlashuvi nimaga sabab bo’ldi?

7.Ekologik inqiroz chuqurlashgan mintaqalar deb qanday mintaqalarga aytamiz?.

8..Sanoatlashish-urbanizatsiya jarayonlari chiqindilari bilan ifloslangan regiyonlar nomini ayting.



Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi.1. 10-mavzu. 90-92-93-94-betlar.2.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.
Darsni yakunlash:O`quvchilarni baholash, baholarni izoxlash.
Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri:

_____________D.Rustamova . Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva.


12-dars reja

Fan: Amaliy geografiya

Guruh


































Sanalar.



































Mavzu: Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi.

Darsni o`tkazish joyi: Geografiya xonasi- 206

Dars turi: Amaliy

Dars tipi: Mustaqil bilim o’zlashtirish darsi.

O`quv maqsadi:

1O’quvchilarga insoniyatning hozirgi kundagi global muammolari turlari va ularning guruhlash masalalari, tinchlik va qurolsizlanish, kosmosni tinch maqsadlarda o’rganish, demografik, dunyo okeani, ekologik, qoloq mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish, global oziq-ovqat muammolari haqidagi ma’lumotlarni i o’quvchilar ongia singdirish.

2.O`quvchilarda insoniyatning global muammolari haqidagi bilimlarni shakllantirish.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish